b) 4 xil qo’sh tirqishli (b = 0,20 mm) diafragmada difraksiya:
4-Rasmda tirqishlarning turli oraliqlari g = 0,25 mm, 0,50 mm, 0,75 mm va 1,00 mm uchun intensivlikning taqsimotlari 4 xil qo’sh tirqishli diafragma uchun keltirilgan. Bunda a) tajribadan farqli, intensivlik taqsimotlaridagi yirik strukturaning (qobig’) asosiy maksimumlari intensivligi o’zgarmaydi. Tirqishlar oralig’ining g o’zgarishi, intensivlikning ikkilamchi minimumlari orasidagi masofaning sezilarli o’zgarishiga olib keladi, ya’ni u difraksion tasvirning nozik strukturasini belgilaydi. Tirqishlar oralig’ini g ortishi bilan, ikkilamchi maksimumlar bir-biriga yaqinlashadi.
4-Rasm. Qo’sh tirqishning (N = 2) tirqishlar oralig’iga g (qorachiziq) bog’liq difraksion tasvirlari. Qizil chiziq tenglama (1) ga asosan modellashtirishga mos keladi.
Baholash:
O’lchangan intensivlik taqsimoti bilan hisoblangan taqsimotni I (α) taqqoslash orqali tirqishlar oralig’ini g aniqlash mumkin. - a) da bayon qilingan amal orqali tirqishlar oralig’ini g o’zgaruvchan parametr qilib kiritib, intensivlikning taqsimotini modellashtiring. 4-Rasmdan ko’rinib turibdiki, modellashtirish vositasida hisoblangan intensivlik egriliklari intensivlikning o’lchangan taqsimoti bilan muvofiq kelgan. O’lchash aniqligi chegarasida bu yo’l bilan olingan tirqishlar oralig’i g berilgan nominal
qiymat bilan yaxshi mos keladi.
5-Rasmda tirqishlar soni N = 2, 3, 4 va 5 bo’lgan ko’psonli tirqishlar diafragmasi uchun difraksion tasvirlarning intensivlik taqsimotlari keltirilgan. Tirqish kengligi b va tirqishlar oralig’i g doimiy qo’lganda, intensivlik taqsimotida N ga mos ravishda , asosiy maksimum atrofida N-1 ikkilamchi minimumlar va N-2 ikkilamchi maksimumlar namoyon bo’ladi. Asosiy maksimumning intensivligi N2 ga proposional tarzda ortadi. N
ortib borgan sari, ikkilamchi maksimumlarning intensivligi kamayadi va asosiy maksimum yaqqolroq bo’lib boradi. Tirqishlar soni o’zgarganda, difraksion tasvirdagi asosiy maksimumning o’rni o’zgarmaydi.
5-Rasmdan ko’rinib turibdiki, modellashtirish vositasida hisoblangan intensivlik egriliklari o’lchangan intensivlik taqsimotlariga muvofiq kelgan. O’lchash aniqligi chegarasida bu usul bilan olingan tirqish kengligi b va tirqishlar oralig’i g nominal qiymatlar bilan yaxshi mos keladi.
Baholash.
Hisoblangan intensivlik taqsimoti I (α) bilan o’lchangan intensivlik taqsimotini taqqoslash orqali tirqishning kengligini b va tirqishlarning oralig’ini g aniqlash mumkin.
- tirqish kengligini b va tirqishlar oralig’i g o’zgaruvchan parametr deb olib, a)da keltirilgan amal bo’yicha intensivlik taqsimotini modellashtirishni bajaring.
Natijalar
Kengligi b bo’lgan, bir xil masofada joylashgan N tirqishlardan o’tgan lazer nuridan difraksion tasvir olinganda, intensivlik taqsimoti tenglama (1) orqali yaxshi muvofiqlikda ifodalanishi mumkin.
Intensivlik taqsimoti tirqishning kengiligiga b, tirqishlarning oralig’iga g va tirqishlarning soniga N bog’liq. Tirqishlar soni kam bo’lganda, tirqishning kengligi b geometrik soya sohasiga kengayishni belgilaydi. Ikkilamchi minimumlarning soni
tirqishlarning oralig’iga g bog’liq. Tirqishlarning soni N ortishi bilan asosiy maksimum yanada intensivroq bo’ladi; ikkilamchi maksimumlarning intensivligi esa sustlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |