Radial tezlik usuli:Ushbu usulda yulduzning harakat tezligi uning nurlanishi yordamida oʻlchanadi. Agarda yulduz atrofida sayyora boʻlsa, u xolda yulduzning nuriy tezligi oʻzgarib turadi va bu oʻzgarishni oʻlchash mumkin. Ushbu oʻzgarishlar asosida sayyoraning massasi, oʻlchami, oʻz yulduzdan uzoqligi kabi parametrlari topiladi
Tranzit usuli: Sayyoraning oʻz yulduzi gardishidan oʻtishiga tranzit deyiladi. Boshqacha qilib aytsak, Yerdan turib kuzatilayotgan yulduzni sayyora toʻsib qoʻyadi. Albatta, sayyoraning oʻlchami yulduznikiga nisbatan ancha kichik boʻlgani uchun u yulduzni toʻla toʻsib qoʻya olmaydi, lekin bunda yulduzning yorqinligi oʻzgaradi. SHuning uchun yulduz yorqinligining oʻzgarishiga koʻra sayyora mavjudligini va uning parametrlarini hisoblab topish mumkin.
Gravitadsion mikrolinzalanish usuli: Har qanday osmon jismi, xususan ekzosayyora ham, u kuzatuvchiga koʻrinadimi yoki koʻrinmaydimi oʻzining gravitatsiya maydoni orqali yorug‘lik nurlarining tarqalishiga ta’sir koʻrsatadi, ya’ni nur yoʻlini oʻzgartirib yuboradi. Buni qayd etish g‘oyatda murakkab, ekzo planetalarni ushbu usul bilan ochish mumkin.
Astrometriya metodi: Koinotdagi jismlarga tashqi kuchlar ta’siri natijasida uning xususiyatlari oʻzgarib turadi. Shu oʻzgarishlar gravitadsion ta’siri tufayli vujudga kelgan xususiy xarakatni oʻlchashga asoslangan metod astrometriya metodidir. Astrometriya usuli yordamida bir nechta ekzosayyoraning, xususan Eridianning Epsilon sayyorasining massalari aniqlashtirilgan.
Pul’sarlarni radio diopazonida kuzatish: Agarda pul’sar atrofida sayyora harakatlansa, unda tarqalayotgan signal tebranma xususiyatga ega. Nurlanishning kuchli darajada yunaltirilgan dastalari fozoda konik yuzalar hosil qiladi. Xududda ana shunday yuzada yer turub qolsa ushbu nurlanishni qayd qilish imkoni toʻgʻiladi.
2.1-rasm. Har-xil usullar yordamida ochilgan ekzosayyoralar diagrammasi
Bizgama’lumkibizyulduzlarnispektrinianiqqaydqilamiz. Agar yulduz biz tomonga qarab harakatlanayotgan boʻlsa bizga ma’lumki barcha spektral chiziqlar yashil tomonga siljiydi, agar bizdan uzoqlashganda esa spektral soha qizil tomonga siljiydi. Agar quyosh sistemasiga uzoqdan qaralsa boshqa sayyoralarga nisbatan yupetr sayyorasining ta’siri kattaroq boʻladi va uzoqdan kuzatuvchiga yupetr sayyorasi davriy ravishda uzoqlashadi yoki yaqinlashadi va u xuddi pulsatsiyalanayotganday boʻlib tuyiladi. Buni esa oʻz navbatida koʻrinmay turgan yoʻldosh singari qarash mumkin, shuning uchun ham bu tezlikni juda ham aniq va juda uzoq vaqt davomida kuzatish zarur. Bunda qanday vaqt muammosi bor. Masalan sizni soatingiz bor u juda ham aniq yuradi. Lekin bunday sistemada vaqtning bir xil oʻtishi toʻgʻrisida gapirish juda qiyin 1980-yillariga kelib olimlar bu muammolarning yechimini topishdi. Xuddi shu usul bilan1995-yilda birinchi ekzosayyora kashf qilindi. Bunda olimlar tezlikni 5-10m/s larda oʻlchashdi bu bugunki kun oʻlchashlari bilan qarasak juda ham katta miqdordir.
Faras qilaylik vaqtning qandaydir momentida sayyora biz bilan yulduz oraligʻidan oʻtsin. Xuddi Venera yoki Merkuriy sayyoralari Quyosh diskidan oʻtishini har holda juda koʻp kuzatamiz, Bunda qanday hodisa roʻy beradi Biz hech qanday sayyorani ham yulduzdagi qora dogʻni ham koʻrmaymiz, lekin yulduzning yarqirashi ancha kamayganini koʻramiz. Yulduzlarning diski yorqin sayyora esa qorongʻuroq boʻladi faras qilaylik biz yulduzni kuzatayapmiz va uning yorqinligini aniq oʻlchaymiz. Biz yulduzning yorqinligini ham hech qanday qisimlarini koʻrmaymiz lekin yorqikligini yuqori aniqlikda oʻlchab, yorqinlikning qisman kamayganligini koʻramiz. Haqiqatdan ham kamayishi juda kam, u oʻndan bir yoki bir necha oʻndan bir ulushga teng boʻlishi mumkin. Agar bu jarayon davriy ravishta boʻlsa, buning yagona sababi sayyoralarning yulduz diskidan oʻtishidir. Bunday sayyoralar “ Tranzit sayyoralar” deyiladi. Bu jarayonning oʻzi esa tranzit deb ataladi va ekzosayyoralarni kashf qilishni eng qulay usulidir. Bu usulning murakkabligi shundaki yulduzlarni yorqinligini juda uzoq va aniq oʻlchash zarur. Bunda yerdan turib oʻlchanganda bizga atmosfera xalaqit beradi. Shuning uchun ham bunday kuzatishlarni kosmosdan turib olib boriladi. Koinotga chiqarilgan teleskop katta boʻlishi shart emas. Lekin bu yerda teleskopning oʻlchash aniqligi yuqori boʻlishi kerak va shunday ham boʻladi. Chunki unga atmosfera halaqit bermaydi. Aynan shunday usul bilan Kepler yoʻldoshini, mingga yaqin ekzosayyoralarni kashf etdi. Xuddi shunday minglab ekzosayyora deb nomlashga nomzod osmon jismlari ham mavjud. Lekin ularni tasdiqlash zarur. Bu ikkita usuldan tashqari ekzosayyoralarni kashf qilishni boshqa qiziqarli usullari ham mavjud.
Gravitatsiyaning zamonaviy nazariyalari va nisbiylik nazariyasi yordamida gravitatsion linzalanish xodisasini tushuntirish mumkin. Juda massiv jisimlar oʻz atrofidagi fazo muhitini cheklantiradi. Xuddi shunday massiv jism atrofidan oʻtayotgan yorugʻlik nuri ham cheklanadi. Natijada jismning (yulduzning) tasviri fazoning ma’lum bir nuqtasida hosil boʻladi. Shuning uchun ham istalgan massiv jismni xuddi yigʻuvchi linza singari qarash mumkin. Ya’ni bizdan juda uzoqda joylashgan yulduzning yorqinligini oʻlchmoqchi boʻlsak biz bilan yulduz oraligʻidan massiv jism uchib oʻtadi. Bu massiv jism bu boshqa yulduz, qora tuynuk yoki neytron yulduz boʻlishi mumkin.bunda yulduzning yorugʻligi bir muncha ortadi. Shunday qilib gravitatsion linzalanish hodisasidan foydalanib yulduz atrofida aylanayotgan sayyorani kashf qilish mumkin. Bu usul juda ham yaxshi usul boʻlib, bu usul yordamida juda ham uzoqdagi sayyoralarni qayt qilish mumkin. Demak agar biz tezlikni yoki tranzitlarni oʻlchash uchun biz bu oʻlchashlarni bir necha bor takrorlashimiz kerak. Chunki bu usullarda halaqit beruvchi faktorlarni etiborga olishimiz zarur. Masalan biz besh yil davomida kuzatishlar olib borib aylanish davri 6 yil boʻlgan sayyorani kashf qila olmaymiz. Linzalanish usulidan foydalanib bu planetani darhol kashf qilishimiz mumkin. Ya’ni bu usulning ustunligi shundaki bu usul yordamida sayyoralarni kashf qilishda davriylik etiborga olinmaydi. Shuni qayd qilish kerakki bu usul avval yuqorida qayd qilingan ikki usulni toʻldiradi va natijalari bir-biriga mos tushadi.
Bizga ma’lumki yulduz umumiy massa atrofida harakatlanadi. Biz bu harakatni toʻgʻridan toʻgʻri koʻrishimiz mumkin. Biz yulduzlar koordinatasini aniq oʻlchasak u xolda yulduzlarning tasvirini, holatini aniq oʻlchash imkoni boʻladi. Yulduzlar koordinatasini bugun belgilab olamiz, yarim yildan keyin yana belgilaymiz, bunda koʻramiz yulduz siljigan boʻladi. Bu jarayonni shunday davom ettirsak bunda biz qandaydir davriylikni kuzatamiz. Shuday usul bilan olimlar koʻrinmaydigan yoʻldoshlar kashf etishadi. Masalan Siriusning oq karlik yoʻldoshi shunday yoʻl bilan kashf qilingan. Kuzatish jarayonida Sirius harakatlanadi va koʻrinmas hamrohi bor. Bu hamrohining massasi Quyosh massasiga teng boʻlgan oq karlik boʻlishi mumkin ekan. Shuni qayd qilish kerakki bunday usul bilan ekzosayyoralarni topish qiyin, lekin topish mumkin.
Hozirgi vaqtda koinotda Gaya kosmik yoʻldosh uchirilgan boʻlib uning yordamida juda koʻplab sondagi yulduzlarning holati oʻta aniqlikda oʻrganiladi. Gaya kosmik yoʻldoshlari ekzosayyoralarni kashf qilish uchun moʻljallangan emas. Lekin kuzatishlar jarayonida minglab ekzosayyoralarni kashf qilish mumkin.
Ayrim hollarda biz toʻgʻridan-toʻgʻri ekzosayyoralarni koʻrishimiz ham mumkin. Ekzosayyoralarni kuzatishni yana bir usuli bu ularning energiya manbalari orqali aniqlash usulidir. Masalan ekzosayyora yulduzga juda yaqin joylashgan boʻlishi mumkin, va u juda yuqori haroratgacha qizigan boʻladi. Yoki u endigina shakillanayotgan boʻlib, u ham siqilayotgan boʻladi va uning oʻzini xususiy energiya manbaii boʻlishi mumkin. Natijada biz ortiqcha nurni koʻramiz. Bu nurni bevosita ekzosayyoraniki deb aytishimiz mumkin. Xuddi shunday usullardan yana biri spektrdagi yulduzlarga xos boʻlmagan detallar orqali aniqlash usulidir. Bu detallar davriy ravishda paydo boʻladi va yuqolib ketadi. Shuning uchun ham ularni ekzosayyoralar qatoriga qoʻshish mumkin.
Nihoyatda oxirgi va juda ajoyib usul – bu toʻgʻridan-toʻgri tasvirni olish usulidir, hozirgacha bir necha ekzosayyoralarning toʻgʻridan-toʻgʻri tasvirlari olingan. Lekin bu sayyoralarning bevosita tasvirini toʻgʻridan-toʻgʻri kam hollarda koʻrish mumkin. Ekzosayyoralar ham oʻzining orbitasidan qandaydir miqdorda siljiydi. Shunday qilib ekzosayyoralarni aniqlashni bir necha juda ham xilma xil usullari mavjud ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |