Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti astronomiya yo


Yoʻldoshlarni ushlab qolish



Download 7,07 Mb.
bet16/36
Sana02.07.2022
Hajmi7,07 Mb.
#731185
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
Xudoynazarova

Yoʻldoshlarni ushlab qolish
Agar yuldosh sayyora yonidan uchib oʻtayotgan boʻlsa uni ushlab qolish juda ham murakkab lekin yuldoshlar juft juft boʻlib ham uchishi mumkin. Agar juftlik sayyoraga yaqin joydan uchayotgan boʻlsa bu juftlikni buzish mumkin. Odatda bunda yengil obekt uloqtirilib yuboriladi va u ortiqcha energiya olib ketadi. Ogʻir obekt esa sayyora atrofida qolib ketadi va uning yuldoshiga aylanib qoladi. Bu jarayon ham olimlar tomonidan nazariy yoʻl bilan moddiylashtirilgan, shuningdek hisoblash natijalari ham shuni koʻrsatadiki massiv sayyoralar yirik yoʻldoshlarini ushlab qolish ehtimoli juda ham katta u yoʻldoshlarning massasi taxminan Marsning massasiga teng boʻladi. Demak bunday fikrlar yoʻldoshlar qachonlardir koinotning qaynoq bagʻrida shakillanib, keyinchalik oʻzining harakati natjasida yirik yoʻldoshlar ta’sir doirasiga tushib qolgan. Ya’ni boshqa joydan koʻchib kelgan degan gʻoyani ilgari surish mumkin. Yoʻldoshlar bundaykoʻchish jarayonida yoʻqolib qoladi. Shuning uchun ham juda koʻp sondagi yuldoshlar toʻgʻrisida oʻylamasa ham boʻladi. Shuni qayd qilish kerakki qaynoq yupiterlar (yoʻldoshlar) oʻz yulduzlaridan juda uzoqda joylashgan. Shuning uchun ham bu yoʻldoshlarda hayot borligi toʻgʻrisida fikir yuritmasa ham boʻladi.
Demak sayyoralar yoʻldoshlari yetarli darajada tabbiy boʻlishi kerak. Ularni qanday qilib kashf qilish mumkin? Umuman olganda yoʻldoshlarni kashf qilish usuli, sayyoralarni kashf qilish usuliga oʻxshash boʻladi. Ya’ni sayyoralarni kashf qilishda qoʻllanilgan, biz yuqorida qayt qilgan usullarni barchasini yuldoshlarni izlashda va ularni kashf qilish va ochishda qoʻllashimiz mumkin. Hattoki mikrolinzalanish usulidan foydalanib ham yoʻldoshlarni kuzatish mumkin. Xuddi shunday bu linzalanish usulidan foydalanib massasi kichik boʻlgan obektlarni ham topish mumkin. Lekin bu usullar ham yaqin kelajakda yaxshi natijalar bermaydi. Shuning uchun bugungi kunda yoʻldoshlarni izlab topishda Tranzit sayyoralar usulidan foydalanish yaxshi natija beradi.
Tranzit sayyoralarni biz oʻzining yulduzi halqasidan oʻtish jarayonida kuzatamiz. Tabiiy holda halqadan qora jism oʻtish vaqtida yulduzning yorqinligi kamayadi. Agar sayyoraning yuldoshi boʻlsa, u holda biz juda bir qiziq holatni kuzatamiz. Birinchidan bunda ikkinchi obekt juda katta boʻlib koʻrinadi. Chunki yuldosh sayyora atrofida aylanadi va u yulduz halqasidan oʻtgan vaqtda bir koʻrinib, bir koʻrinmay qoladi. Shunday qilib bu obekt (dogʻ) yulduz yuzidagi dogʻ emas, balki qandaydir yoʻldosh degan xulosaga kelamiz. Shuningdek bundan tashqari yanada ishonchli usul ham bor. Bu usuldan yaqin kelajakda ishonarli natijalar kutilmoqda.
Birinchidan biz bilamizki sayyoralar yulduz atrofida ideal Kepler orbitasi boʻylab harakatlanadi. Demak biz bir marta aylanib oʻtishini yoki bir tranzitni, kuzatib ikkinchi marta takroriy oʻtishini aytib bera olamiz: Agar sayyoraning yoʻldoshi boʻlsa, endi uning orbitasi Keplerorbitasidekboʻlmaydi. Chunki sayyora va yoʻldosh bitta umumiy massa atrofida aylanadi. Agar bu tizimga biz qutibdan turib qarasak, biz ularning orbitasi elips shaklida ekanligini koʻramiz. Shuning uchun ham tranzitlar, yoki yulduzlar halqasidan oʻtish bir vaqtlar oldinroq, bir vaqtlar kechiroq oʻtishni koʻramiz. Shuni qayd qilish kerakki bu boshqa bir osmon jismlarining ta’siri emas balki aynan oʻsha yoʻldoshning ta’siri tufayli shunday boʻladi.
Ikkinchi effekt ham aynan shu sirtmoq bilan bogʻliq boʻlib u quyidagicha boʻladi: endi demak tranzitlar nafaqat oldiroq yoki keyinroq sodir boʻladi, balki endi ular tezroq ham sodir boʻladi. Chunki sayyoralarga yoʻldoshning ta’siri tufayli qoʻshimcha tezlik yuzaga keladi. Demak u oʻz orbitasi boʻylab ayrim hollarda tezroq harakat qiladi va natijada halqani tezroq kesib oʻtadi. Bu yerda tranzitlarning davomiyligi har xil boʻlar ekan. Ya’ni bu chuqurlikni yorqinligi bir joyda yorqin, ikkinchi bir joyda sust boʻladi.
Uchinchi effekt ham bu sirtmoq bilan bogʻliqdir. Sayyoralar yuldoshning ta’siri tufayli oʻz orbitasining tekisligini oʻzgartirishi mumkin. Natijada sayyora yulduz halqasiga nisbatan yoki u kenglikdan yoki bu kenglikdan oʻtishi mumkin. Buni tranzitning davomiyligicha qarab kuzatish mumkin. Shunday qilib ekzooylarni, tranzitlariga qarab aniqlash usullari mavjud ekan. Hozirgi kunda ekzooylarni aniqlashda olingan natijalarning eng ishonarlisi va aniqligi yuqori boʻlgani bu “Kepler” yoʻldoshida olingan natijalardir. Aynan shu yoʻldosh orqali olingan natijalar. Asosida ilk bor ekzosayyoralarning yoʻldoshlarini izlash borasida urinishlar boshlangan. Olimlar yetarlicha aniq ma’lumotlar olingan bir necha sayyoralarni tanlab olib, ularning atrofida yoʻldoshi boʻlganida qanday hodisalar boʻlishini oʻrganib chiqishdi. Ming afsuski tanlab olingan 20 ga yaqin sayyoralarning birortasida ham yoʻldosh borligini aniqlash imkoni boʻlmadi. Umuman yirik yoʻldoshlarni aniqlash va kuzatish mumkin, lekin yulduz bilan yoʻldosh orasidagi nisbat hech boʻlmaganda quyosh bilan yer orasidagi nisbatga yaqin boʻlishi kerak lekin olimlarning fikricha hech boʻlmaganda 100 ta sayyoradan bittasida yoʻldosh boʻlishi kerak. Buning uchun 100 ta sayyorani oʻrganib chiqish kerak. Hozirgacha olimlar tomonidan 16-17- yulduzlar atroflicha oʻrganilgan holos. “Kepler” yoʻldoshi yordamida bizning nazarimizda ekzoyoʻldoshlarni kashf qilish mumkin emas. Chunki u har doim osmonni bir yoʻnalishini kuzatib tura olmaydi. Ikkinchidan “Kepler” yoʻldoshi oʻzining asosiy dasturini bajarib boʻldi. Lekin shuni qayd qilish kerakki “Kepler” yoʻldoshida ham jud koʻplab olingan ma’lumotlar mavjud. Oʻrganib taxlil qilib chiqish zarur.
Kelgusida yangi apparatlar uchirilishi nazarda tutilgan. Xuddi shunday 2024 yilda uchirilishi rejalashtirilgan PLATO apparati yordamida koinot toʻgʻrisida, xususan ekzosayyoralar va ularning yoʻldoshlari toʻgʻrisida ma’lumotlar olishga umid qilmoqdalar. Xuddi shunday yana bir boshqa kosmik apparat Djeym Uebba nomi bilan bogʻliq. Bu apparat (qurilma) yordamida ham ekzosayyoralar toʻgʻrisida koʻproq ma’lumot olishga umid qilinmoqda. Bu qurilma yordamida toʻgʻridan-toʻgʻri sayyoralarni tasvirini olishga umid qilmoqda olimlar. Biz hozir toʻgʻridan-toʻgʻri tasvirni kuzatgan taqdirda ham, biz uchun noodatiy tasvirlarni koʻramiz. Biz sayyoralarni yulduzdan tushgan nurlarni qaytargani uchun emas balki oʻzidan nur chiqarayotgani uchun ham bu yosh sayyoralarni koʻramiz. Bu sayyoralarda hali siqilish davom etayotgan boʻladi va oʻzlaridan nur chiqarib turadi. U holda biz qaynoq obektni koʻramiz.[9]
Shuni qayd qilish kerakki yoʻldoshlar ham juda qaynoq boʻlishi mumkin. Chunki sayyoralar oʻz yoʻldoshlarini qizdirib turadi. Agar sayyora yulduzga yaqin orbitada aylansa yoki sayyora radiusining 10 baravari masofasida aylansa u holda sayyora yoʻldoshni juda ham qizdiradi. Bunda yoʻldoshning harorati bir necha 100ºC gacha yetishi mumkin. Bu juda ham yuqori haroratdir. Infra qizil diapazonda ishlatiladigan Djeym Uebba teleskopi bu yoʻldoshlarni bemalol koʻrishi mumkin. Bu obektlar oʻzi juda ham qiziqdir. Bunday sayyoralar toʻgʻrisida gapirganimizda, Yer tipidagi sayyoralar sirtida hayot bormi degan savolga javob berish juda ham muhim. Buning uchun bir necha shartlar bajarilishi kerak. Birinchidan sayyoraning atmosferasi boʻlishi kerak. Buning uchun u juda massiv boʻlishi kerak. Ikkinchidan sayyora yulduzga juda yaqin boʻlmasligi kerak, chunki sayyoraning sirti juda issiq boʻlmasligi kerak. Uchinchidan yulduzdan juda ham uzoq boʻlmasligi kerak. Chunki aks holda suv muz holatda boʻlib keladi, xuddi shunday mulohazalarni yoʻldoshlar uchun ham qoʻllash mumkin.
Bir tomondan qaraganda yerning oʻrniga boshqa bir katta sayyora qoʻyilsa-yu uning yoʻldoshi yerning oʻlchamiga teng boʻlgan jism boʻlsa bu juda kulgili koʻrinadi. Demak u yerda hayot boʻladi deb aytish bir hayratlanarli boʻladi. Balki shunday boʻlishi mumkin. Lekin yoʻldoshlar uchun yana bir imkoniyat bor. Biz massiv sayyorani olib, uni yulduzdan uzoq masofaga olib borib qoʻysak, yani koinotdan tashqariga chiqarib qoʻysak, sayyora oʻzining yoʻldoshini qizdirib turadi natijada yoʻldosh ma’lum bir haroratgacha qiziydi. Bu harorat yerdagi singari hayot boʻlishi uchun yetarli boʻladi. Lekin buning uchun albatta yoʻldosh massiv va uning atmosferasi boʻlishi kerak. Shuni qayd qilish kerakki agar yoʻldosh sayyoraga juda yaqin joylashgan boʻlsa uni sayyora juda qizdirib yuborishi mumkin, u holda yoʻldosh sirtida Parnik effekti vujudga kelib u yerda yer sirtidagi hayot boʻlishi mumkin emas. Chunki yoʻldosh oʻzining sayyorasi bilan oʻz yulduzidan bir necha astronomik masofada joylashgan boʻlsa ham uning sirtida harorat juda yuqori boʻladi. Shunga qaramasdan ekzooylar juda ham qiziqarli kashf qilinishi va oʻrganilishi kerak boʻlgan muhim osmon jismlaridir. Lekin haroratning keng diapozoni va atmosferaning mavjudligi bu u yoki yoʻldoshda hayot boʻlishi uchun yetarli emas. Hayot boʻlish uchun yana bir omillardan yana biri bu yoʻldoshning magnit maydoni boʻlishi kerak. Bu yerda ekzooylarda muommo bor. Chunki ularning yerning oʻlchamidan juda kichik, demak ularda kuchli magnit maydon boʻlmasligi mumkin. Ya’ni yoʻldosh oʻzini magnitosferasi bilan oʻzini-oʻzi himoyalashi kerak. Demak ekzooylarda hayot boʻlishi juda murakkab jarayon ekan. Biz bilamizki hayot paydo boʻlishi uchun zaruriy shartlar juda murakkabdir. Agar quyosh sistemasidagi yuldoshlarni qaraydigan boʻlsak biz hozircha mavjud yirik yoʻldoshlar Yevropa, Ganimed, Titan, Entsella kabi yoʻldoshlarda hayot boʻlishi mumkin deb bashorat qilish mumkin. Shuni qayd qilish kerakki yoʻldoshlarda hayot boʻlishi uchun sayyora tomonidan yoʻldoshni qizdirilishi juda ham muhim. Bu issiqlik yoʻldoshni shu darajada qizdirishi kerakki, u harorat undagi muzlarni eritishga yetarli boʻlsin va katta hajimda suvni hosil qilsin. Natijada bunday katta hajmdagi suvda bir necha oʻn yillar evalutsiya jarayonida hayot paydo boʻlishi mumkin.



Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish