Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti astronomiya yo


Ekzosayyoralarning oʻrganishning zamonaviy usullari. Transit usul



Download 7,07 Mb.
bet18/36
Sana02.07.2022
Hajmi7,07 Mb.
#731185
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Xudoynazarova

2.4 Ekzosayyoralarning oʻrganishning zamonaviy usullari. Transit usul

Ekzosayyoralar qaysi usullar yordamida ochiladi? Ekzosayyoralarning spektrlarini oʻlchab, ular toʻgʻrisida qanday ma’lumot olish mumkin? Spetser nomli kosmik observatoriyasida qanday natijalar olingan? Shu va boshqa savollarga Sergiy Papovning qator ilmiy ishlari bagʻishlangan.


Astrofizikada bugungi kunda eng jadal rivojlanayotgan boʻlim bu ekzosayyoralar astrofizikasidir. Bunga qator sabablar bor. Birinchidan bu sohani oʻrganishni boshlaganiga koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. yani bu soha 1980-1990-yillardan boshlab oʻrganila boshlandi. Shuning uchun ham ekzosayyoralarni koʻp oʻrganish va ilmiy ma’lumotlar olish mumkin. Ikkinchidan hozirgi kunda qator ilmiy izlanishlar olib borish usullari ishlab chiqildiki, endilikda koʻplab ekzosayyoralarni kashf qilish mumkin. Uchinchidan boshqa sohalardan farqli ravishda, masalan kosmologiyadan farqli ravishda ekzosayyoralar toʻgʻrisida ma’lumot olish uchun juda ham qimmatbaho asboblar talab qilinmaydi. Chunki ekzosayyoralarni kuzatish uchun kichik ilmiy qurilmalar ham yetarli boʻladi. Bu faktlarning hammasi ekzosayyoralar toʻgʻrisida koʻplab natijalar olish imkonini beradi.
Ekzosayyoralarni oʻrganish: Hozirgi vaqtda ekzosayyoralar qanday qilib oʻrganilmoqda. Bizga ma’lumki haligacha ekzosayyoralar toʻgʻrisida mukammal ma’lumot olish juda qiyin. Shuning uchun ham koʻp hollarda ekzosayyoralarning kashf qilinishi haqida gap boradi. Olimlar har xil usullar bilan ekzosayyoralarni ochishga harakat qilishadi. Olimlar har xil usullar bilan koʻrinmaydigan yengil yoʻldoshlarni izlab topishadi. Yulduzlarni tezligini oʻlchashadi. Tranzitlarni oʻrganishadi. Xuddi shunday ikkilangan tizimlarni, radiopulsarlarni va gravitatsion linzalanishlardan foydalanib oʻrganishadi. Bularning hammasi ekzosayyoralarni kashf qilish uchun ishlatiladi.
Agar juda ham qulay usul transit usulini oladigan boʻlsak, unga albatta kosmik apparatlar zarur boʻladi. Bunda narxi milliard dollir boʻlgan “Kepler” yoʻldoshidangina emas, narxi juda ham qimmat boʻlgan oddiy suniy yoʻldoshlardan foydalanib ekzosayyoralarni kashf qilish mumkin. Xuddi shunday COROT – suniy yoʻldoshi yordamida yulduzlarning pulsatsiyasini oʻrganish borasida qator izlanishlar olib borilmoqda. Natijada aynan shu qurilma yordamida bir necha ekzosayyoralar kashf qilindi. Shundan keyin “Kepler” teleskopi yordamida juda koʻplab ekzosayyoralar kashf etildi.
Shuni etirof etish kerakki “Kepler” teleskopi boʻlishiga qaramasdan Kanadaliklar kichik teleskopni uchirishdi. Bu suniy yoʻldoshning oʻlchami juda kichik boʻlib, u taxminan chelakning oʻlchamiga teng. Bu teleskop yordamida ekzosayyoralar kuzatish mumkin. Aynan shu kichik teleskop yordamida Yerga eng yaqin joylashgan ekzosayyorani koʻrish va kuzatish ishlari olib boriladi. Natijada biror bir yulduz atrofidagi aylanayotgan ekzosayyorani kuzatish imkoni paydo boʻladi.
Bu holat boshqa usullar uchun ham oʻrinlidir. Masalan “tayming” boʻyicha yoki qandaydir davriy jarayon kuzatish orqali biror bir sayyorani izlab topish uchun oʻlchami juda kichik boʻlgan teleskoplardan foydalanish mumkin. Demak aynan shunday kichik teleskoplar yordamida qoʻsholoq yulduzlani kuzatib, ekzosayyoralarni kashf qilish mumkin. Hozirda bunday teleskoplar butun dunyo boʻylab keng tarqalgan. Olimlar ushbu teleskoplar yordmida koʻplab ilmiy natijalarni olmoqdalar.
Shuni qayd qilish kerakki eng birinchi ekzosayyora Quyosh tipidagi yulduz atrofida massa markazi atrofida yulduzning tezligning oʻzgarishiga qarab aniqlangan. 1990 yillarning oʻrtalarida oʻn metr sekund tezliklar toʻgʻrisida gap borar edi. Bu tezlikBoynning yugurish tezligidan juda katta. Olimlar hozir ham shunday teleskoplardan foydalanmoqdalar lekin endi bu teleskoplarga ancha zamonaviy qurilmalar joylashtirilgan. Bu juda ham muhim yondashuv. Shuning uchun ham olimlar hozirgi vaqtda bu teleskoplarga oʻta zamonaviy qurilmalarni oʻrnatib yangi ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda endi umuman boshqa tezliklar toʻgʻrisida gap boradi. Masalan Yer tipidagi birinchi sayyorani kashf qilish uchun, yoki sirtida suv va kislorod mavjud boʻlgan sayyorani kuzatish uchun tezlikni santimetr aniqlikda oʻlchash zarur boʻladi. Shuni qayd qilish kerakki bizdan yuzlab yorugʻlik yili masofada joylashgan yulduzlarning tezligni bunday aniqlikda oʻlchash ancha murakkabdir.
Ayrim hollarda olimlar nafaqat ularni masofasini, aylanish davrini, massasini va oʻlchamini aniqlabgina emas, balki ular toʻgʻrisida boshqa muhim ma’lumotlarni ham olishadi. Lekin shuni ham etiborga olish kerakki har doim ham massa bilan oʻlchamni bir vaqtda aniqlab boʻlmaydi. Bu esa oʻz navbatida alohida bir vazifadir. Chunki massani va radiusni oʻlchash usullari umuman bir-biridan tubdan farq qiladi. Bundan tashqari ayrim hollarda qoʻshimcha ma’lumotlar olish imkoniyati ham boʻladi. XVI asrga kelib olimlar ekzosayyoralarni spektrlarini olish imkoniga ega boʻldilar. Faqat hozircha yirik ekzosayyoralarning spektrlari qayd qilingan. Shunga qaramasdan bu juda katta yutuqdir. Demak biz endilikda bu sayyoralarning atmosferasi nimadan tuzilganligini aniqlashimiz mumkin. Bu esa ekzosayyoralar toʻgʻrisidagi modellarni aniq tuzish imkonini beradi. Shuni qayd qilish kerakki biz gigant sayyoralarning ichki tuzilishi qanday ekanligi toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega emasmiz. Hatto hali biz quyosh sistemasidagi gigant sayyoralarning ichki tuzilishini toʻliq oʻrganmaganmiz. [9]

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish