Sayyoralar tuzilishining shakillanishi: Shuni qayd qilish kerakki ekzosayyoralarning yulduzlardan har xil masofalarda kuzatish mumkin. Lekin oʻzining yulduziga yaqin sayyoralarni kashf qilish ancha oson boʻladi. Bu sayyoralarni kuzatish koʻp vaqtdan buyon olib borilmoqdadir. Lekin bu sayyoralar juda ogʻir va yirik boʻlgani uchun biz ularni juda uzoq masofalarda koʻramiz. Lekin bu sayyoralarni shakillanishi modeli ularning oʻz yulduzlaridan bir necha astronomik masofada shakillanishini koʻrsatadi. Bu sayyoralar keyinchalik orbita boʻylab yulduzga yaqinroq koʻchib qoladi. Bu juda qiziqarli jarayon boʻlib nazariy kam oʻrganilgandir. U jarayon juda murakkab jarayondir. Ikkinchi tomondan oladigan boʻlsak hali bungacha oʻrganilgan protasayyoralar halqasi soni koʻp emas. Shuning uchun ham kuzatilayotgan sayyoralarni shakillanishida umumiylik bormi degan savolga javob topish juda ham muhimdir. Shuning uchun ham bu sayyoralar bunda muhim rol oʻynashi mumkin. Birinchidan haqiqatdan ham ularning soni juda koʻp. bunday tipdagi sayyoralar bizning galaktikamizdagi eng koʻp tarqalgani boʻlishi mumkin. Boshqa tomondan ekzosayyoralar har xil xususiyatga ega boʻlgani uchun va ular haqida har xil jarayonlarda shakillangani uchun ularning shakillanish tarixi ham geografiyasi ham har xil boʻladi. Shuning uchun ham ularning halqa boʻylab koʻchishi har xil boʻladi.
Shuning uchun ham bu obektlarni oʻrganishga yani bizning Yerimizga oʻxshash sayyoralarni oʻrganish yaqin kelajakda yaxshi natijalar berishi mumkin. Yerga oʻxshash sayyoralarning ichki tarkibini oʻrganish va muhokama qilishda olimlar birinchi navbatda nazariy modellarga tayanishadi. Shuningdek “massa – radius” kuzatish diagrammasi ham muhim ahamiyatga ega. Parametrlarning bunday keng masofada sochilib yotishi bu borada bizga nomalum boʻlgan holatlarni koʻproq oʻrganish va kuzatishni taqozo etadi. Masalan: eng bir sirli sayyoralar qatoriga yerdan katta sayyoralarni kiritish mumkin. Bu sayyoralar juda ham murakkab xususiyatga ega. Ularning massasi yer massasidan bir necha marta katta boʻlgan holda uning radiusi taxminan yer radiusidan 10 marta katta. Demak ularning zichligi juda ham kichik. Demak bu sayyoralarning yadrosi juda kichik boʻlib, sayyora asosan gazlardan yoki vodorod qobiqlardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Bu juda ham qiziq chunki bunday yengil obektni hosil qilish juda ham qiyin. Ya’ni bir butun sayyorani gaz holatda boʻlishi juda ham sirlidir. Lekin biz bilamiz massasi Yupetrga teng boʻlgan sayyoralar gaz holatda boʻlishi mumkin. Lekin massasi yerdan bir muncha katta boʻlgan sayyoralarni gaz holatda boʻlishi juda ham qiziqdir.
Fanni rivojlantirishda biror-bir muammoli vazifani topish va uni ilmiy oʻrganish juda muhimdir. Chunki muammolar nazariyotchilar oldiga muhim vazifani va masalani qoʻyadi ular esa ushbu masalani yechimini topish yoʻllarini izlashadi – bu esa tabiatni oʻrganish borasidagi izlanishlarni oshiradi.[5]