2.6 Ekzsayyoralarda hayot namunalari
Ekzosayyoralarda qandaydir bir hayot belgilarini topish, ularda hayot borligini tasdiqlaydi. Umuman qanday qilib biomarkerlarni izlash kerak? Kelajakda qaysi kosmik proektlar biomarkerlar topish imkonini beradi.
Hozirgacha juda koʻp sondagi ekzosayyoralar ma’lum. Hozirda 20 mingga yaqin ekzosayyoralar ma’lum. Haqiqatdan ham ularning soni juda koʻp bu sayyoralarning koʻpchiligida hayot boʻlishi mumkin. Bizning galaktikamizda millionlab sayyoralarda hayot boʻlishi mumkin. Qanday qilib u yoki bu sayyorada hayot bor yoki yuqligini aniqlaymiz bu juda ham qiziq muammo. Faraz qilaylik Yer sayyorasini qandaydir ekzosayyoraliklar oʻrganmoqchi boʻlsin. Bizga ma’lumki Yer 4.5 milliard yildan buyon mavjud. Shuning uchun ham ular vaqtning istalgan momentida bizni kuzatishi mumkin. U holda ular hech qanday texnik sivilizatsiyani koʻrmagan boʻlar edi. Faraz qilaylikki ular Yerga 200 yorugʻlik yili masofadan qaraganda ular hech narsani koʻra olmagan boʻlar va yerni kashf qilmagan boʻlar edilar.
Faraz qilaylik Quyosh endigina shakillangan deb qaraylik Yer paydo boʻldi lekin hali unda hayot yoʻq. 1 million, 10 million, 100 million yillar oʻtadi, Yerda hali hayot yoʻq. Milliard yillar oʻtgandan keyin Yerda hayot belgilari paydo boʻla boshlaydi. Natijada Yerda hayot boshlanadi. Tirik organizim rivojlana boshlaydi.
Yer sirtida har xil mayda xashoratlar paydo boʻla boshlaydi. Undan keyin asta sekin odamsimon mavjudodlar paydo boʻla boshlaydi. Keyinchalik bizning ajdodlarimiz mamintlarni ovlashni boshlaydilar. Toshlardan har xil qurollarni yasashni oʻrganadilar. Piramidalarni va har xil inshoatlarni qura boshlaydilar. Shuni qayd qilish kerakki insoniyat sivilizatsiyasi juda sekin rivojlangan atiga 120 yil avval inson birinchi radian kashf etdi va birinchi signal joʻnatildi. Hozirgi kunda bu signallar ekzosayyoralrgcha uchib bormoqda. Bu signallar hozircha 120 yorugʻlik yili masofagacha yetib boradi. Ikkinchi jahon urishidan keyin yer haqiqatdan ham kuchli signallar manbaiga aylandi. Har xil turdagi radiolokatorlarning ishlab chiqilishi, atrofiga juda koʻp miqdorda signal yuborish imkonini berdi. Demak texnik sivilizatsiyani tashqaridan kuzatib boʻlmaydi. Agar biz boshqa sayyoralardan nimanidir izlamoqchi boʻlsak, biz birinchi navbatda uning atmosferasini tarkibini oʻrganishimiz zarur. Ekzosayyoralarning atmosferasini atroflicha oʻrganib, ularda hayot bor yoki yoʻqligini aniqlashga umid qilamiz. Agar u yoki bu sayyorada aynan yirik mavjudodni bevosita kuzatish va uni koʻrish juda katta bir yangilik boʻlar edi. Biz oʻzimizning yer sayyoramizga yuz million kilometr masofadan qaraganimizda ham bizning qurilmalarimiz yerdagi elimentlar hodisalarni kuzata olmaydi. Lekin spektrlarga qarab yerdagi hayotni tasdiqlovchi juda koʻp parametrlarni aniqlash mumkin. Ularni biomarkerlar deb atashadi. Biomarker – bu hayot belgilari demakdir. Asosiy biomarkerlar bu beshta – bu kislarod, azon, vodorod, metan va korbanat angidrid. Agar massasi va radiusi yernikiga oʻxshash boʻlgan sayyorada yuqorida qayt qilingan 5 ta elemintlar mavjud boʻlsa, u holda katta ishonch bilan hayot bor deb aytish mumkin. Bu 5 ta biomarkerlarning har biri alohida tabiiy kelib chiqishga ega. Agar yuqorida qayd qilingan 5 ta elimentlardan bittasi yoki ikkitasi qaysi bir ekzosayyoralarda mavjud boʻlsa, u sayyorada hayot bor deb ayta olmaymiz. Agar kislorod metan bir joyda mavjud boʻlsa ular bir-birini yuqotadi. Demak u yoki bu ekzosayyorada xuddi yerdagi singari hayot boʻlishi uchun, bu sayyoralar atmosferasida yetarli darjada biz yuqorida qayd qilgan elemintlar boʻlishi kerak. Shuning uchun yuqorida qayd qilingan biomarkerlarning ekzosayyora atmosferasida bir vaqtda mavjud boʻlishi u yerda hayot mavjud boʻlishiga asos boʻlar ekan. Ya’ni ushbu sayyora sirtida qandaydir biologik jarayon boʻlayotganligini bildiradi. Oʻsha biologik jarayon tufayli biomarkerlar atmosferaga chiqadi. Masalan: Yerda kislorodni biz bilamizki asosan oʻsimliklar oʻsib chiqadi. Bunga juda koʻp misollar keltirishimiz mumkin. Demak ekzosayyora atmosferasi tarkibida yuqoridagi elementlar mavjud boʻlsa, biz ishonch bilan u yoki bu ekzosayyorada biologik jarayon boʻlayapti deb ayta olamiz.
Bizga ma’lumki sayyoralar spektrlari vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi chunki hayot rivojlanadi va evalutsiya davom etadi. Agar biz yerning spektrini 3-4 milliard yil avval olganimizda, balki u yerda umuman kislarod umuman boʻlmagan boʻlar edi. Agar biz kichik tosh sayyorani kuzatib, uning atmosferasida metan va suv borligini aniqlasak, biz bu sayyorada qachonlardir hayot paydo boʻladi deb ayta olamiz. Bu juda ham qiziqarli. Biz kelajakda sirtida hayot belgilari paydo boʻlayotgan sayyoralarni kashf qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |