Ekzosayyoralarni oʻrganishning kelajagi:Ekzosayyoralarning radiusi va massasini qanday aniqlaymiz? “Kepler”ni qanday yoʻldoshlar almashtiradi? Nima uchun ekzosayyoralarni faqat Yerdan turib atroflicha oʻrganish mumkin?
Ekzosayyoralar astrofizikasi – bu soha ayrim fizikani oʻrganishni endi boshlovchilar uchun juda yaxshi sohadir. Chunki faqat astronomiya bilan yoki qora tuynuklarni oʻrganish bilan shugʻillanish emas, natijalar olish juda muhimdir. Ekzosayyoralarni kuzatish va ularni oʻrganish keyingi oʻn yilliklarda juda rivojlanadi. Bunday ayrim yoʻnalishlarni oldindan aytish mumkin. Bu esa endilikda juda mukammal qurilmalarni yaratilishi bilan bogʻliqdir. Albatta bu dasturlar juda ham tan narxi qimmat boʻlgan qurilmalardir. Buni kimlar mablagʻ bilan taminlaydi degan savol turibdi. Hozirgi kunda dasturlashtirilayotgan loyihalar taxminan 5-7-yildan keyin ishlashi koʻzda tutilmoqda.
Nimalar rejalashtirilmoqda? Birinchidan keng koʻlamda izlanishlar olib boriladi. Bunday koʻlamli ishlar ekzosayyoralarni kuzatishga moʻljallangan mayda teleskoplar yordamida amalga oshiriladi. Yuqorida qayd qilganimiz singari juda koʻplab ekzosayyoralar “Kepler” yoʻldoshi yordamida aniqlandi. U sayyoralarning halqadan oʻtishini kuzatdi. Lekin bunda faqat ekzosayyoralarning radiusini aniqlashni imkoniga ega boʻldik. Massasini aniqlash imkoni boʻlmadi Ekzosayyoralarni ham massasini ham radiusini aniqlash ular toʻgʻrisida muhim ma’lumot olish imkonini beradi. Shuning uchun ham ekzosayyoralarni massasini aniqlashda dasturni amalga oshirish mumkindir. Buni amalga oshirish qiyin emas. Chunki biz ekzosayyoralarning qanday davr bilan harakatlanishini bilamiz shuningdek biz ekzosayyoralarni bizga tomon qachon harakatlanishini bilamiz. Shuning uchun ham har xil shovqinlar orasida sust singnalni ajratib olish juda osondir. Shunga qaramasdan maxsus dasturlar ishlab chiqilib, ya’ni moslamalar ishlab chiqilmoqda bu qurilmalar yordamida ekzosayyoralarni massasi yuqori aniqlikda oʻlchanadi. Shuningdek teskari jarayon ham bor. Juda koʻp sondagi yulduzlar uchun Yerdagi qurilmalar yordamida ekzosayyoralar kuzatiladi. Hamda bu ekzosayyoralarning massasi aniqlangan. Demak ekzosayyoralarning ma’lum boʻlmasa ham ularning massasini aniqlash mumkin. Yevropa kosmos agentligi tomonidan maxsus yuldosh uchirilishi (Cheops) natijasida endilikda massasi ma’lum boʻlgan ekzosayyoralarning radiuslarini oʻlchash imkoni tugʻildi. Shuni qayd qilish kerakki yerdan turib ekzosayyoralarni massasini aniqlashda eng yaxshi natijalarni VLT teleskopida olingan natijalar berdi. Shuning uchun ham bugungi kunda Yevropa kosmik agentligi juda muhim ma’lumotlarni olmoqda. Xuddi shunday bu borada amerika kosmik agentligi NASAning olib borilayotgan ilmiy izlanishlarini ham etirof etish kerak.
Navbatdagi ya’ni bir dastur loyihasi bu yorqin yulduzlarga yaqin sohadagi ekzosayyoralarni aniqlashga yoʻnaltirilgan bunday zamonaviy teleskoplar ekzosayyorani mukammal oʻrnatishga yordam beradi. Endi muhim vazifalardan biri, endilikda butun osmondagi ekzosayyoralarni izlashdan iborat.
TESS kosmik (sputnigi) yoʻldoshi 2017 yilda uchirilishi rejalashtirilgan. Agar hamma jarayonlar reja boʻyicha ketsa koinotda Djeyms Vebb nomli teleskop ish boshlaydi. Ushbu dastur quydagicha : TESS yorqin yulduz atrofidagi ekzosayyorani izlab topadi, yangi teliskop esa ushbu ekzosayyoralarni mukammal oʻrganadi. Ushbu Djeyms Vebb teliskopining ajrata olish qobiliyati juda juda yuqori boʻlib, u oʻlchami katta boʻlmagan tosh sayyoralarni ham qayt qilish imkoniyatiga egadir.
Navbatdagi eng katta Yevropa loyihalardan biri – bu Cheops loyihasidir. Bu kosmik yoʻldosh PLATO deb nomlanadi. Bu teliskop koʻp sondagi Yer tipidagi sayyoralarni izlab topishga moʻljallangan. Bu gʻoyaga koʻra millionga yaqin yulduzlarni kuzatib ular toʻgʻrisida ilmiy ma’lumotlar olishdan iborat. Shunday qilib koʻp sondagi tosh sayyoralarni kashf etish nazarda tutilmoqda. Bunday sayyoralarni tabiatini oʻrganish ularni tahlil qilish quyosh sistemasida hayot qanday paydo boʻlgan degan muommoni yechimini topish oz boʻlsada yaqinlashtiradi. PLATO kosmik yoʻldoshi qancha sayyoralarni kashf qilinishi mumkin. Umuman olganda tosh sayyoralar koinotda juda koʻp uchraydi. Hozirgi hisob kitoblar koʻrsatadiki taxminan 10% yulduzlar atrofida tosh sayyoralar boʻlishi mumkin. Bu degani yuz minglab sayyoralar demakdir. Lekin bu sayyoralarni kashf qilish oson emas. Chunki sayyoralar bizga ma’lumki yulduz halqalarida boʻladi. Yulduzlarning halqalarini kuzatish oson emas. Shuning uchun ham umuman olganda kashf qilingan sayyoralarning soni yuz mingdan ancha kam boʻladi. Lekin shunga qaramasdan bu yerda juda koʻp sondagi kichik tosh sayyoralar toʻgʻrisida gap boradi.[9]