Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti astronomiya yo


Ekzosayyoralarni qayd qilish usuli



Download 7,07 Mb.
bet19/36
Sana02.07.2022
Hajmi7,07 Mb.
#731185
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
Xudoynazarova

Ekzosayyoralarni qayd qilish usuli:Ekzosayyoralarning spektrlari ular toʻgʻrisida muhim ma’lumot olish imkonini beradi. Masalan olimlar oq karliklar atrofida halqani koʻrishadi. Bu holat juda qiziqarli. Bu halqa sayyoraning yemirilishi natijasida hosil boʻlgan moddalarning bir qismi bevosita oq karlikka kelib tushadi. Biz bu orqali halqaning tarkibini aniqlash imkoniga ega boʻlamiz. Bir holda tarkibida juda katta miqdorda suv boʻlgan tosh boʻlgan sayyora yemirilganligi aniqlandi. Lekin bu degani tarkibida suv boʻlgan tosh sayyorani kashf qildik degani emas. Lekin bu juda muhim natija ya’ni tarkibida suv boʻlgan sayyoralarni tasdiqlaydi. Biz spektrlarni oʻrganganimizda faqat ularning atmosferasini koʻzatish bilan chegaralanmaymiz balki boshqa fizikaviy jarayonlarni ham oʻrganamiz. Shunday izlanishlardan biri shuni koʻrsatdiki sayyoraning sirti qalin gaz qobogʻi bilan qoplanib sirti butunlay bulut bilan yopilganligi aniqlandi. Bu gʻoya juda ham sodda: agar bulutlar umuman boʻlmaganda edi u yerda juda bir shaffof atmosfera boʻlar edi va spektr chiziqlarini koʻrgan boʻlar edik. Ya’ni yulduzlardan chiqqan yorugʻlik atmosferaga kelib tushar, qaytar va tashqariga chiqib ketib spektrga chiziqlarni hosil qilar edi. Atmosfera qalin bulut bilan qoplangani uchun ularning spektrida hech qanday chiziq koʻzatilmaydi. Ajablanarli tomoni shundaki teskari natijalar qiziqarli ijobiy xulosalarni beradi. Ya’ni butun sayyora bulut bilan qoplangani uchun, atmosferaning ichiga yorugʻlik tushmaydi va shuning uchun u yerdan hech qanday yorugʻlik qaytib chiqmaydi.
Sayyoralarni spektrlarni har xil diopozonada oʻrganiladi. Optik dipozondan tashqari infra qizil kuzatishlar ham olib borilmoqda. Ichki infraqizil kuzatishlar olib borilmoqda. Chunki infra qizil kuzatishlar olib borilishiga sabab, koʻp hollarda ekzosayyoralarning harorati yuzlab ayrim hollarda minglab gradusga teng boʻladi issiq sayyoralar oʻzining yaqin joylashgan boʻlishi uchun yoki bu ekzosayyora endigina shakillangan boʻlishi mumkin. Ya’ni u hali siqilayotgan boʻlishi va oʻzini oʻzi qizdirayotgan boʻlishi mumkin. Shuning uchun u yulduzdan yutayotgan yorugʻlikdan koʻra koʻproq yorugʻlik chiqaradi. Shuning uchun infra qizil kuzatishlarni olib borish bunday yirik sayyoralar toʻgʻrisida muhim ma’lumot olish imkonini beradi. Lekin bu kuzatishlarni kosmosda turib olib borilsa natija yaxshi boʻladi. Shuning uchun ham Spetser kosmik orbitasida olingan natijalar juda ham qiziqarlidir.
Bizda bir yaxshi odat bor teleskoplarni yoki yirik yoʻldoshlarni biror bir olimning nomi bilan atashadi. Shuningdek Spetser yuldoshi ikkita muhim natijalarni oldi. Birinchidan ekzosayyoralarni infraqizil nurlanishini qayd qildi. Nurlanishniajratish mumkin chunki, sayyora goh yulduzni oldida, gohida yulduzning orqa tomonida boʻlib qoladi. Biz bir necha kuzatishlar asosida birini ikkinchisidan ayirib olishimiz mumkin. Ekzosayyorani nurlanishini aniqlashimiz mumkin. Bunday oʻlchashlar bu obektlarni tuzilishini koʻproq oʻrganish va modelini yaratish imkonini beradi.
Natijada ekzosayyoraning xaritasini chizish imkonini berdi. Lekin bu yerda qisman boʻrttirish bor. Chunki bu xarita bizning tasavvurimizdagi odatdagi xaritadan tubdan farq qiladi. Biz sayyorani gohida yulduz oldida gohida yulduz orqasida faqat shunday koʻrmaymiz, biz sayyoraning yulduz orqasiga qanday ketish jarayonini kuzatishimiz, bu jarayon davomida oʻlchamlar olib boramiz. Buda yulduz sayyorani xuddi skaner qilgandek boʻladi, bunda biz haroratning sirt boʻylab taqsimlanishini kuzatamiz. Bu kuzatishlar zamonaviy texnik imkoniyatlarini chegarasini namoish etadi. Olimlar ekzosayyoralar sirtida harorat taqsimlanishini kuzatishdi va ular haroratning taqsimlanishi bir tekis emas ekan. Tabiiy hol, chunki bu sayyoralar gigant sayyoralar boʻlgani uchun, ularda juda kuchli gaz qobiqlari mavjud. Shuning uchun ham bu qobiqda konvektiv jarayon sodir boʻladi. Issiq gaz yuqoriga koʻtariladi, sovuq gaz pastga tushadi. Shuning uchun ham sirtning hamma joyida ham harorat bir xil boʻlmaydi. Lekin buni nazariy hisoblash bor va uni bevosita oʻlchash boshqa.
Ekzosayyoralarni oʻrganishni bugungi kunda olib borilgan ishlarning koʻp qismini, ekzosayyoralikga nomzod boʻlgan osmon jismlari toʻgʻrisidadir. Shuni qayd qilish kerakki oʻzining dastur doirasidagi ishlarni bajarib boʻlgan “Kepler” bugungi kunda shtat tartibida ishlamaydi. Ya’ni bugungi kunda olimlar oldida 20 mingga yaqin ekzosayyoralikka nomzod jismlarni oʻrganib xulosa qilishimiz kerak.
Birinchidan: bu osmon jismlarini professanal darajada tahlil qilib chiqish zarur. Shuning uchun ham bugungi kunda olimlar oldida mukammmal nazariyani yaratish masalasi turibdi. Shuni qayd qilish kerakki “Kepler” stansiyasi ayrim bir hollarda juda bir antiqa obektlarni kuzatib qoladi. Masalan: Qushaloq yulduzlar atrofidagi sayyoralar shular qatoriga kiradi. Lekin endi bu obektlar sayyorani yoki sayyora tipidagi osmon jismlarini degan muammoni tasdiqlashimiz lozim. Aynan ushbu vazifalarni yuqorida qayd qilingan kichik teleskoplarda bajarish mumkin.
Shunday qilib, ekzosayyoralarni kuzatishni zamonaviy usullari har xil darajada olib borilmoqda. Ya’ni eng katta teleskoplardan tortib, juda kichik teleskoplar yordamida kuzatishlar olib borilmoqda. Shuningdek kuzatishlar ham yerdan turib ham kosmosda olib borilmoqda.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish