2.Frazemalarning uzual uslubiy vazifalari
Bunday vazifalar umumiy va doimiy xarakterga ega bo'lib, har qanday matnda ham reallashadi hamda ular frazeologik birliklarning o'ziga xos, kategorial xususiyatlari bilan aloqadordir.Frazeologik birliklarning o'ziga xos, kategorial xususiyatlari bilan aloqadordir. Frazeologik birliklarning uzual uslubiy funksiyalari qatoriga asosan quyidagilar kiradi.
1.Nominativ funksiya. Frazeologik birliklarning nominativ funksiyasiga ega yoki ega emasligi haqida olimlar turli xil fikrlarni bayon etmoqdalar.Masalan, A.I.Fedorovning fikricha, “Frazemalar nominatsiya jarayonida mustaqil o'ringa ega emas, ular faqat konnotativ xarakterdagi funksiyalarni bajarishga xizmat qiladi”
L.I.Royzenzoning fikricha, har qanday frazema birinchi navbatda nominativ vazifaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi, chunki tilda obektiv borliqni ifodalash vositasi bo'lishdan boshqa narsa yo'q. Bu qarash leksik birliklarni 4 yoki 5 struktural-semantik kategoriya ( so'z-nomlar, yordamchi so'zlar, modal so'zlar, undovlar va taqlidiy so'zlar ) ga bo'lishdek an'anaga tamomila ziddir. Shu besh tip leksik birliklardan faqat birinchisiga nominativ funksiya xosdir. Mazkur nazariyani iboralarning barcha tiplari uchun birdek taalluqli deyish qiyin.Chunki “Xudo biladi”, “ Xudo xohlasa”, “Kim biladi” singari
modal iboralardan nominativ xususiyat qidirib bo'lmaydi. Prof. Sh.Rahmatullayev ma'no turlari jihatidan iboralarni ikkiga ajratadi3:
A) Nomlovchi iboralar
B) Ifodalovchi iboralar
Nomlovchi iboralar deyilganda olim predmetga xos xususiyatlarini to'la ro'yobga chiqishiga monelik qiladi.Masalan: “-Falonchi duppa-durust yigit-u, ammo og'zining oshiq-moshig'i chatoq. Qachon qarasang, iljaygani-iljaygan...”4. Keltirilgan parchada “ Og'zining oshiq-moshig'i chatoq ” iborasi nutqqa ixchamlik va obrazlilik bag'ishlamoqda, uni oddiy so'z birikma bilan almashtirish orqali o'sha ixchamlik hamda obrazlilikka erishish ancha mushkul.
Yoki oddiy so'zlashuvda, badiiy nutqda biror aybi, kamchiligi tufayli dadil gapirishga, e'tiroz bildirishga botinolmaydigan, haddi sig'maydigan kishilarga nisbatan ixcham shakldagi “tili qisiq” iborasi qo'llanadi. Bu ibora qo'llangan matn ixchamligi va obrazliligi bilan ajralib turadi: “-Pilla xususida tili qisiqlik joyim yo'q, planni bir yuz o'n, bir yuz bir protsent qilib qo'yganman” (S.Ahmad.Hikoyalar).
Maqollarning qisqargan, ellipsiyaga uchragan shakllari ham nutqda ixchamlik va obrazlilik uchun xizmat qiladi. Bunday paremiologik iboralar ham ko'pincha sarlavha sifatida qo'llanadi: “ Qalovini topsang...”, “ Qozonda bo'lsa...” kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |