4.Emotsional funksiya. O'zbek tili frazeologik sistemasida iboralarning katta guruhi faqat ma'noni ifodalab qolmasdan, balki so'zlovchining shodligi, g'azabi, nafrati, o'kinchi, qo'rquvi, kinoyasi, jirkanishi singari emotsional munosabatlarni ham ifodalab keladi. Masalan, “ yuzi nurga to'lmoq “, “ ko'ngli gul-gul ochilmoq “ singari iboralar shodlik va baxtni ifodalasa, “ diydoring qursin “, “ beti qursin”, “ yer yutkur “ kabi iboralar qarg'ishni, nafratni ifodalaydi. Bu iboralar kishilarning xis-hayajonini, emotsiyalarini anglatadi:
Yer yutsin o'sha to'rani ( Cho'lpon.Kecha va kunduz).
Emotsional funksiya bajaruvchi iboralar orasida undov iboralar alohida o'rin tutadi, chunki emotsionallik ular mazmunining asosini tashkil etadi. Turli xil xis-tuyg'ularni, emotsiyalarni ifodalovchi undov iboralar garchi nominativ funksiya bajarmasa ham, xuddi undov so'zlar singari kishilarning xis-tuyg'ularini, emotsiya va ruhiy holatini bildirishga xizmat qiladi. Masalan, “ baraka top “ undov iborasi “ yasha, kam bo'lma “ ma'nosidagi olqish ifodalasa, “ otangga rahmat “ iborasi ham xuddi shunday emotsional funksiyani bajarish uchun xizmat qiladi.
5. Ekspressiv funksiya. Hozirgi tilshunoslikda “ Ekspressivlik “ atamasi aniq, konkret ta'rifga ega bo'lganicha yo'q. Shunga ko'ra, bu atama ko'pincha emotsionallik bilan aralashtiriladi, ular o'zaro bir- biriga sinonim sifatida qo'llanadi.
Tilshunoslikda ko'pincha “ Emotsionallik “ va “ Ekspressivlik “ atamalarini qo'llashda chalkashlik seziladi.Masalan, E.M.Galkina Fedorukning fikricha, “ Tilda emotsiyaning ifodalanishi doim ekspressivdir, biroq tildagi ekspressiya doim rmotsional bo'lmaydi”. Boshqacha qilib aytganda, emotsionallikning ekspressivlik tushunchasiga bo'lgan munosabati xususiyat holatning umumiy holatga bo'lgan munosabati singari. Ana shu xususiyatni hisobga olgan ayrimolimlar “ har qanday emotsionallik ekspresaivlikdir. Shuning uchun fanda “ Emotsional-eksprrssiv “ atamaai qo'llanadi “,-deb ta'kidlaganlar.
O'zbek tili frazeologik sistemasida stilistik ma'noli iboralarning xarakterli belgisi bir vaqtning o'zida bir necha uzual va okkozional funksiyalarni bajarishdir. Shuning uchun iboralarning turli xil uzual uslubiy funksiyalari haqida so'z yuritilayotganda, ularning u yoki bu uzual funksiyani bajatishi haqidagi fikrining shartli xarakterini ham inobatga olish lozim bo'ladi.Masalan,
Erining bu so'ziga O'zbek oyim ortiqcha qizishadi, labi-labiga tegmay bobillab beradi. ( A.Qodiriy. O'tkan kunlar ). Bu gapda labi-labiga tegmay iborasi O'zbek oyim xarakteridagi tez gapirish odatiga ishora qiladi, personaj xatti-harakatini nomlaydi, shu bilan birga, matnni ixchamlashtirish uchun ham xizmat qiladi. Agar keltirilgan matnda ushbu ibora bo'lmaganda, O'zbek oyim eriga gap bermasdan, uning gaoini yulib olishga, o'z hukmini unga o'tkazishga intilardi singari uzundan-uzoq tasvirni keltirishga zarurat sezilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |