3. Baholash funksiyasi. Iboralarning turli struktural tiplari uchun biror predmet yoki voqea-hodisani nomlash bilan birga, ularga salbiy yoki ijobiy baho berish funksiyasi ham haarakterlidir. Ba'zi hollarda iboraning baholash funksiyasi undagi nominativ funksiyani keyingi planga o'tkazsa, ba'zan esa iboralarda nominativ ma'no ustunlik qiladi.
Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, gapda aniqlovchi va ot kesim funksiyasini bajaruvchi substantiv va obektiv iboralarda baholash xususiyati kuchliroq ifodalanadi. Masalan:
1. “ Tomoqdan o'tib ketgan bo'lsa-chi. Tuyaniyam butun yutadiganlar bor, bu-ku sigir ekan, -kuladi yana birov “ ( Oybek.Bolalik)
2. “ Chirog'im... sizga o'xshab so'zga chechan bo'lmasam ham, mulla, tashvish tog'i ostida qolgan hokisor dehqonlarga barcha aytganlaringizni oqizmay-tomizmay yetkazaman “ ( Oybek.Ulug' yo'l )
O'zbek tilida ayrim fe'l iboralar mayl formalarini qo'llashda ham cheklanishlarga egadir. Masalan, “ oq yo'l bo'lsin “, “ yo'l bo'lsin “, “ uying bug'doyga to'lsin “, “ yo'ling bexatar bo'lsin, “ boshing toshdan bo'lsin “ kabi so'zlashuv nutqi iboralari buyruq maylining bo'lishli formasida, “ qo'ling dard ko'rmasin “ kabi iboralar esa buyruq maylining bo'lishsiz formasida qo'llanishi bilan xarakterlanadi. Bunday cheklanishlar ham iboraning baholash funksiyasiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Shuningdek, “ Xushi boshidan uchmoq “, “Gapi qochmoq “, “ Sevinchi ichiga sig'madi “, “ Yuragida o't o'ynamoq “, “ Ko'ngli joyiga tushmaslik “, “ Boshi toshga tegdi “ singari ikki bosh bo'lakli sodda gap modelidagi iboralar og'zaki so'zlashuv nutqida, badiiy va publitsistik asarlarda baholash-aniqlash, xarakterlash funksiyasini reallashtiradi. Masalan:
1. “ Bo'taboy qo'shiqqa quloq solib ancha vaqtgacha uning harakatlaridan ko'z uzolmay qoldi. Devor mingan bu yigitning yuragida o't o'ynaydi “ ( S.Ahmad. Xukm )
2. “ Yo'q, albatta dilini og'ritib, uni ham o'zimni ham qiynab, yutak o’ynog'i qilmasam ko'nglim joyiga tushmaydi! “ (O'.Usmonov. Girdob )
Ayrim ravish iboralar ham baholash funksiyasini bajaradi. Lekin ularning bunday funksiyani ado etishi bevosita bo'lmay, balki bevosita amalga oshadi, chunki ravish iboralar shaxsni emas, uning xatti-harakatini baholaydi, xatti-harakat orqali o'sha shaxsga baho beriladi. Masalan:
Iqlima o’zida yo’q shod bo'lib ularni qarshi oladi. ( Sh.Xolmirzayev. Qil ko'prik )
Ko’pgina polisemantik iboralarning ma’nolari baholash faktoriga bir xil munosabatda emas. Masalan, “o’zini qayerga qo’yishini bilmaslik” iborasi uch ma’noga ega5. Shundan “ kuchli hayajonlangan holda toqatsizlanmoq ” va “ sevinchdan kuchli hayajonlanmoq ” ma’nolari bilan bu ibora baholash uchun ko’proq xizmat qilsa, “ bekorchilikdan zerikib toqatsizlanmoq” ma’nosida baholash faktori kuchsizroqdir.
Ba'zi hollarda ravish iboralarning ikkilamchi baholash funksiyasi haqida gaoirish mumkin, ya'ni ravish ibora ham prefmwtni, ham shaxsni bir vaqtning o'zida baholashi mumkin. Masalan, kuchaytiruv ravish iboralari “ uchiga chiqqan “, “ besh battar “ kabilar ham shu xususiyatga ega:
O'zingiz uchiga chiqqan g'arazgo'ysiz-u, meni g'arazgo'y deb tuhmat qilasiz. Men endi bildim sizni! ( P.Qodirov.” Uch ildiz “ ).
Baho funksiyali iboralar badiiy asarlarda faol xarakterlovchi vositalardir. Ular yordamida turli voqea- hodisalarga, predmetlarga bo'lgan muallif munosabati ifodalanadi, bir personaj ikkinchisini ham ana shunday iboralar yordamida xarakterlaydi. Masalan:
Arslonbek aka, garaj mudiri, paxtani bilmaydigan Usmonjon byuro a'zosi bo'lgani yaxshimi, yoki tanglayi paxta bilan ko'tarilgan, tajribali brigadir... Ismoiljon bo'lgani yaxshimi? ( A.Qahhor.Sinchalak )
Do'stlaringiz bilan baham: |