2. Obrazli ifodalash funksiyasi. Ko'pgina iboralar konkret, ko'rgazmali tasvir uchun xizmat qiladi, shaxs-predmet, voqea-hodisaning obrazli ifodasi bo'lib keladi.Masalan, quyidagi parchada “ bir oyog'i go'rga osilib qolmoq “ va “ balo-qazoga giriftor bo'lmoq” iboralari obrazli tasvir uchun xizmat qilmoqda:ellipsiyaga “ Yoqubali xoji ancha toliqqandi. U uyquga ketgan odamday ko'zini yumdi, so'ng yana gapirdi,-aytgancha, bu dadamning bir oyog'i go'rga osilib qoldi, o'ladi-yu, hamma balo-qazoga o'zim griftor bo'laman deyotganing yo'qmi, o'g'lim?” (Y.Yoqubalixo’jayev.Qaytar dunyo).
“ Tili uzun”, “ Qo'l siltamoq “, “ Dunyoni suv bossa, to'pig'iga chiqmaydi “, “ Bir oyog'i to’rda, bir oyog'i go'rda “, “ Tili bir qarich “ singari qator iboralar oddiy so'zlashuvda, shuningdek, badiiy va qisman publitsistik nutqqa fikrni ko'rgazmali-obrazli ifodalash funksiyasini bajaradi.A.M.Emirova iboralarning bunday funksiyasini simvolik funksiya deb izohlaydi.
Shuni takidlash lozimki, obrazli ifodalash funksiyasi jonli ichki formaga-obrazli tasavvurga ega bo'lgan iboralar uchun ko'proq harakterlidir. Masalan, ko'pgina o'shatishoborotlar asosida yuzaga kelgan iboralar obrazliligi bilan ajralib turadi. “ Tomdan tarasha tushganday “, “ Bir qoshiq suv bilan yutguday “, “ Oyog'i kuygan tovuqday “, “ Xamirdan qil sug'urganday “, “Yog’ tushsa yalaguday “, “ Og'ziga talqon solganday “, “ Osmondan tushganday “, “ To'ygan qo'ziday ” kabilar.
Bunday birliklar tilshunoslikda komparativ frazeologik birliklar deb yuritiladi. Erkin birikmalarni ko'chma, frazeologik ma'noda qo'llash asosida yuzaga kelgan iboralar ayniqsa kuchli obrazli xususiyatga ega. Bunday iboralar badiiy va publitsistik nutqda jonli metaforalardek tasavvur uyg'otadi.Masalan:
Mudira jahl otiga qattiq qamchi bosdi.
Shuningdek, xalq fantaziyasi, mushohadasining mahsuli bo'lgan “ po'stagini qoqmoq “, “ ilon po'st tashlaydi “, “ podadan oldin chang chiqarmoq “ singari iboralar ham shunday obrazli ifodalash uchun xizmat qiladi.
Shunday bo'lsa-da, iboralardagi obrazlilik hodisasini bo'rttirish yaramaydi, ayrim tadqiqotlarda obrazlilikni iboralarning kategorial belgisi deyilishiga qo'shilib bo'lmaydi, chunki barcha iboralar ham obrazli xususiyatga ega emas.
Voqelikni obrazli aks ettirish imkoniyatiga faqat iboralarning bir turi frazeologik butunliklarning ichki, tabiiy xususiyati sanaladi. Shunga ko'ra, bunday iboralar motivatsiyalashgan iboralar deb ham yuritiladi: “ To'ydan oldin nog'ora chalmoq “, “ Yog' tushsa yalagudek “, “ Katta og'iz “ kabilar. Bunday iboralarda ularning dastlabki ma'nosi aktuallashgan, frazeologik ma'nosidan alohida, yakka holda ifodalanmaydi. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiyalashgan iboralarda etimologik, ya'ni dastlabki ma'no unchalik o'tmishga aylanib ketmaydi, etimologik va frazeologik ma'nolarning o'zaro to'qnashuvi esa ularda obrazlilikning ifodalashiga asos bo'ladi. Masalan, ko'pgina motivatsiyalashgan iboralar Sharof Boshbekovning “ Temir xotin “ komediyasida obrazli tasvirlash funksiyasini bajargan: “ Paxtakorman “ deb ko'kragingizga urasiz-u, ko'rpangizga paxta topolmaysiz “, “ Ikki marta Toshkentga borganman “ deb maqtanasiz, odamlar kabilar.
U yoki bu iboraning matn tarkibida g'oyaviy-badiiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlashga lingvistik tajriba, ya'ni “ matnga uslubiy variantlar qidirib topish “ usuli ham yordam beradi. Masalan, Ne'mat Yoqubovning “ Rohat “ Operatsiyasi”qissasida ministr o'rinbosari Toshmat Umarov nohaq qamalgan hisobchi Oqilovning xotini Shirinoyga shunday deb murojaat qiladi: “Tuhmat. Qopqonga ilingach, hammasi bahona izlab, oyog'i kuygan tovuqday pitirchilab qoladi. Tuhmat emish, tuppa-tuzik ayol ekansiz. Halol yashasalaring bo'lmaydimi?...”(H.Yoqubov. “ Rohat” operatsiyasi ). Keltirilgan parchada ” qopqonga ilinmoq “ iborasini “ qamoqqa tushmoq “ birikmasi bilan, “ oyog'i kuygan tovuqday “ iborasini esa “ bezovtalik bilan zir yugurmoq, o'zini har yoqqa urmoq “ birikmalari bilan almashtirish mumkin, lekin bunday almashtirishlar matn orqali ifodalanayotgan obrazlilikka jiddiy putur yetkazadi. Shuning uchun ham yozuvchi bu o'rinda iboralarga ma'no jihatdan mos keluvchi bitikmalarni emas, balki iboralarning o'zlarini qo'llagan. Ayrim hollarda personaj nutqi tarkibida bir iborani qayta-qayta qo'llaah o'sha ibora orqali ifodalanyotgan obrazlilik “ radiatsiyasi “ ni matnga kuchliroq yoyishga xizmat qiladi. Masalan:
-Menga qarang, uka. Shu so'zlarimni u qulog'ingizga ham, bu qulog'ingizga ham qo'rg'oshinday qo'yvoling. Siz unaqa mushtday boshingizdan menga bir xil, unga bir xil, yana boshqasiga yana boshqa xil gapirishni bas qiling. Lat yeysiz, lat yeganda ham ochig'ini aytib qo'yay, o'lguncha o'nglanmaydigan bo’lib lat yeysiz tushunarlimi? ( O’.usmonov.Girdob )
Do'stlaringiz bilan baham: |