3. Dinamika bolimini oqitishga doir talim texnalogiyasi loyihasi.
Dinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga kora, dinamika qonunlarini oz ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika qonunlarini organishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani organishni boshlayotgan har bir oquvchida harakat togrisida va uning kuchlar bilan bogliqligi haqida malum hayotiy tasavvur bor. Massa tushunchasi bilan oquvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish boladilar. Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki jism ozaro tasirini xarakterlaydigan kuch va ozaro tasirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi boglanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik olchovi bolgan massaning mohiyatini ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib korsatish muhimdir: katta massaga ega bolgan jism ozaro tasirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik massaga ega bolgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda oquvchilarga savollar berilsa, oquvchilar turmushda korib yurganlariga tayanib togri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik bilan kelayotgan massasi 200 t bolgan vagonni toxtatish osonmi yoki oshanday tezlik bilan ketayotgan 200 kg bolgan mototsiklnimi?
Albatta berilgan savollarga oquvchilar togri javob beradilar, ammo uni tajribada namoyish qilib korsatish, yani massa jism inertligining olchovi ekanligini amalda isbotlab korsatish ilmiy ahamiyatga ega. Buning uchun biz teng hajmli (temir, allyuminiy, yogoch) parallelopiped shaklidagi jismlarni olib, ularni bir xil buyoq bilan buyab (uni qanday materialdan yasalganligini yashirish uchun) nomerlab, qiya novdan dumalab toshayotgan sharni yoliga birin-ketin quyib, dumalayotgan shar nomerlangan teng hajmli jism-tosiqlarni qay birini koproq masofaga siljita oldi?-degan savol oquvchilarga berilsa, ular togri javob bera olmaydilar. Songra oquvchilar koz ongida tajriba qilinib, har bir nomerlangan jism bilan novda dumalayotgan shar ozaro tasirlashganda qancha masofaga siljigani belgilab beriladi. Tajriba natijasidan song qaysi jism sharning tasiriga koproq qarshilik korsatdi yoki ozining tinch holatini saqlab qolishga intiladi, deb soraldi.[6]
Oqituvchi bunda tinch holatni saqlashga intilish xossasi haqida gapirib bolgandan song, harakatdagi jismning harakat holatini saqlashga intilishini namoyish qilib korsatadi. Buning uchun 3-4 ta teng kattalikdagi ammo turli (plastmassa, temir, qor-goshin) sharlarni bir xil rangga boyab, nomerlaydi (ularni qanday materialdan yasalganligi bilinmasin) yana unga qiya novdan, bir xil balandlikdan birin-ketin dumalatib, sharlar yoliga bir tinch jism qoyilib, bu ikki jismni (tinch va harakatdagi) ozaro tasirlash-ganda harakat holatini koproq saqlashga intilishi namoyish etiladi. Shu asosda har ikkala namoyishda ham harakatdagi va tinch torgan jismning inertlik xossasi taqqoslanishi asosida massa tushunchasiga tarif beriladi.
Massa tushunchasi. Jism inertligining ham sifat, ham miqdor olchovi bolib, jismlar ozaro tasirlashganda massasi katta jism (tinch turgan bolsa) kam tezlanish oladi, harakatda bolsa u ozining harakat holatini koproq davom ettirishga intiladi, deb xulosa chiqariladi. Shundan song oquvchilarning hayotda korganlari asosida jism massasini aniqlash (ozaro tasirlashuvda uning deformatsiyalanish kattaligiga, tezlanishga, bosib otgan yoliga taqqoslash va Etalon massaga taqqoslab massalarni olchash bilan aniqlash) usullariga diqqati tortiladi. Bunda oquvchilarda inertsion massa haqida tushuncha shakllanadi. Demak tabiatdagi barcha moddiy jismlar massaga ega bolishi, shu bilan har qanday massaga ega bolgan inertlik, tortishish xossasiga egaligi haqida tushuncha beriladi.
Massa tushunchasi chuqur falsafiy tushuncha bolib, mate-riya tushunchasi bilan bogliq holda fazo, vaqt va harakat tushunchalariga borib taqaladi. Massa tushunchasi-materiyaning bazi asosiy xossalarini aks ettiradi. Buni biz u yoki bu fizik tadqiqotlarda namoyon bolishida koramiz:
1. Jism inertlik olchovi sifatida Nyuton qonunlarida namoyon boladi-,
2. Jismlar orasidagi tortishish olchovi eqanligi butun olam tortishish qonunida korinadi
3. Harakatdagi jism energiyasining olchovi bolishi bilan birga (polvonlar, bokschi, shtangachilar musoboqasida hisobga olish) massa bilan energiyaning orasidagi boglanish: E=mc2 da massaning harakat tezligiga bogliq holda ozgarishi haqida fikr yuritiladi
4. Elektromagnit jarayonlarning tavsifi elektromagnit massa ( ) sifatida aks etadi.
5.Elementar zarralar strukturali boglanishining xarakteris-tikasi (massalar defekti-tinchlikdagi massaning materiya tuzilishi bilan bogliqligini tavsiflashda)
6.Jismdagi zarralar sonining olchovi sifatida klassik atomizm, kimyoda, halq xojaligida moddiy noz nematlar ishlab chiqarishda;
7.Turli tuman hodisalarni matematik tilda yozishda pro-porsionallik koeffitsiyentining bolishi. Masalan, formulada massa jism olgan a-tezlanishi bilan tasir etuvchi kuch orasidagi boglanishni ifodalashda proporsionallik koeffitsiyenti rolini oynashda xizmat qiladi.
Bu sohada qilingan ishlarga asoslanib, massa tushunchasini fizika oqitishda qanday izohlash, tushuntirish masalasiga toxtalamiz:
1.Massa tushunchasini aniqlash.
2.Massa tushunchasining boshqa tushunchalar bilan bogliq-ligini (mareriya, harakat, ozaro tasir, fazo, vaqt, energiya, ish va h.k) aniqlash.
3.Massa tushunchasini olamning fizik manzarasi taraq-qiyoti nuqtai nazaridan tahlil qilish.
4.Massani metodologik jihatdan tushuntirish yoki etiborga olish shu kungacha mavjud bolgan metodik va ilmiy adabiyotlarda bir muncha qiyinchiliklar mavjudligini koramiz (Massa-materiya miqdori yoki modda miqdori). Klassik atomistikada massani bir jinsli ozgarmay-digan zarralar miqdori deb qilingan talqin hozir ham bazi oqituvchilar bayonida uchraydi yoki KHK va ALni bitirib oqishga kirgan bazi oquvchilar javobida kuzatiladiki, bu tushuncha xatodir.
Massa tushunchasi materiyaning barcha xossalarni oziga aks ettira olmaydi, chunki ilmiy talim-abad «bolinmaydigan» hamma jism uchun bir xil bolgan zarra bolmasligini oqtiradi. Hozirgi zamon fani klassik fizikani chegaralanganligini korsatib undagi xulosalarning (shu jumladan massa haqidagi) kopchiligi notogri ekanligini isbotladi. Shuning uchun ham massani moddaning miqdori bilan almashtirish yaramaydi, yani massani materiyaga oxshatish-moddiylashtirish xatodir. Massa-tushuncha bolib, modda (materiya) ning inertlik, tortishish kabi xossalarini aks ettirishini koramiz. Modda tuzilishga ega, ammo massa tuzilishga ega deyish qopol xatodir. Materiyaning eng muhim xossalaridan biri inertlik va tortishish bolib faqat ozaro tasirlashuvda namoyon boladi. Bunda massa materiyaning inertlik, tortishish xossalarining sifatiy va miqdoriy xarakteristikasining olchovi bolib xizmat qiladi. Massa va energiyaning boglanish qonunlaridan korinadiki, massa jismdagi toliq energiyaning olchovi boladi. Olchov tushunchasi-materiyaning u yoki bu xossasini ham miqdoriy, ham sifat jihatdan xarakterlaydigan tushuncha bolib, materiyaning xossalarini ifodalaydi, desak xato qilmaymiz. [7]
Elementar zarralarning ozaro tasirlashuvida ( yoki jarayonlarda) roy beradigan hodisalarni izohlashda yoruglik kvanti energiyasi bilan massa orasidagi boglanishni tushuntirishda hisobga olish zarur. Demak, bu yerda massa tushunchasining ham miqdoriy, ham sifat ozgarishini koramiz. Materiya bir holatdan boshqa holatga otganida uning massasi va energiyasi ham miqdoriy, ham sifat ozgarishida namoyon bolishi haqida dialektik xulosa chiqarish kerak.
Kuch tushunchasi. Kuch muhim fizik kattaliklardan biri bolib, jismlarning ozaro tasirini xarakterlaydi. Fizik bilimlarni shaklla-nishida kuch tushunchasi massa, tezlanish tushunchalari bilan boglangan. Kop hollarda kuch tushunchasi oz manosiga mos kelmaydigan atamalar qollaniladi. Masalan, fizikada tok kuchi elektr yurituvchi kuch, yoruglik kuchi, tovush kuchi; badiiy adabiyotda tabiat kuchi, ruhiy kuch, sevgi kuchi va hakozolar. Bazi hollarda metodik adabiyotlarda metodoligik jihatdan maqul bolmagan tarif-talqinlar uchraydi, yani kuchni goyo mustaqil mavjud bolgan qandaydir narsaga oxshatishlar, kuch harakatni ozgartiruvchi sabab deb qarashlar, kuch tushunchasini ozaro tasir tushunchasiga qiyoslashlarga hali duch kelamiz.
Shuning uchun ham kuch tushunchasini oquvchilar ongida singdirishda metodologik nuqtai nazardan quyidagilarga etibor berish kerak boladi.
1.Kuch-moddiy obektlarning ozaro tasirini sifat va miqdoriy jihatdan xarakterlovchi olchov.
2.Kuch-vektor fizik kattalik bolib, harakatni bir jismdan ikkinchisiga kochishning ham yonalishi, ham son qiymatini xarakterlaydi.
3.Kuch tushunchasi, nafaqat ozaro tasir tushunchasi boshqa kopgina tushunchalar (kuch momenti impuls momenti, maydon kuchlanganligi, ish quvvat va hokazo) bilan uzviy boglangan bolib, bu tushunchalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
4.Kuch tushunchasi moddiy jismlar ozaro tasirining ham miqdoriy, ham sifat xarakteristkasi bolishi bilan birga hodisalar-ning yuz berish sababi bilan ham bogliq (yani sababsiz oqibat bolmasligi).
5.Kuch tushunchasi chegaralangan bolib, harakatning mexa-nik shaklidan tashqari ozaro tasir va hodisalarga bu tushunchani qollab bolmaydi. (masalan, jismlarning isishi, kimyoviy jarayon-lar, organi tabiatdagi hodisalar). Elektr, molekulyar, yadroviy kuchlar haqida gapirganda harakatning nomexanika shaklining aylanishi kuzda tutiladi.
6.Kuchni ozaro tasir bilan almashtirmaslik kerak. Kuch-bu ozaro tasir emas, balki ozaro tasirning olchovidir.
Dinamika qonunlarini oqitishda jism harakatining oz-garish sabablarini bilish oquvchilarda dialiktik tasavvurning shakllanishida qulay zamin yaratadi. Dinamikaning asosi-Nyuton qonunlari. Inertsiya qonuni bu Nyutonning Natural filosofiyaning matematik asoslari (1687-yil) kitobida keltirilgan harakat qonunlaridan birinchisidir. Nyutonning har bir qonuni, xususan, birinchi qonun ham mustaqil ahamiyatga ega. Bazan birinchi qonun ikkinchisidan kelib chiqqan degan mulohaza ham uchratiladi. Bu muloxaza tashqi kuch tasir etmaganda, F=0 bolganda tezlanish nolga teng, yani jism tekis va togri chiziqli harakat qiladi yoki tinch holatda bolishga asoslangan. Ammo, harakat birinchi qonunning ahamiyati bunga olib kelmaydi. Bu qonunni organishda malum bolgan qiyinchilik ananaga aylanib qolgan tariflashdir. Agar jismga boshqa jismlar tasir etmasa, u tinch turgan bolsa, tinch holatning togri chiziqli tekis harakatlanayotgan bolsa, ozining togri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi- deyiladi.
Xulosa
Xulosa qilib Gettengen universitetining professori G.N.Lixtenberg aytganidek: Kim-dan-kim men faqat fizikani bilaman desa, bilinki u fizikani ham bilmaydi,-degan fikri juda qol keladi. Haqiqiy bilimli inson, u olimmi, yoki oqituvchi oz bilimini tor doiradagina oshirmay, balki keng sohani qamrab olib amalga oshiradi. Bugungi talabalarimizga esa bu narsa biroz yetishmaydi. Ularning fikrlash doiralari ancha tor bolib, malum bir fanlar boyicha cheklangan bilimlarga egadir va, mustaqil fikirlash konikma va malakalari anchagina past darajada. O`qituvchi va o`quvchi talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida bo`lib, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgandir, bunda o`qituvchi talaba o`quvchilarning bilim saviyasi, guruh saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologoyasi kerak bo`ladi, bular o`qituvchi va talaba o`quvchilarga bog`liq.
Shu bilan bir qatorda o`qitish jarayonini oldindan loyihalash zarur, bu jarayonda o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy va sharoitini, O`TV ni, eng asosiysi, o`qituvchi talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi tashkil eta olishini hisobga olish kerakdir, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o`qituvchi talabaning ta`limning markaziga olib chiqishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |