1-Amaliy Mashg`ulot
1. Ilgarilanma harakatning kinematic xarakteristikalariga (ko`chish, trayektoriya, yo`l, tezlanishga) ta`rif bering.
2.O`rtacha va oniy tezlik tezlanisglar tushunchalari nima bilan farq qiladi.
3.Egri chiziqli harakatdagi tezlanishni qanday tashkil etuvchilarga ajratish mumkin. Ularning ma`nosi nima?
4.Ilgarilanma harakatning dinamik xarakteristikalari (kuch, massa, impuls)gat a`rif bering.
5.Dinamikaning vazifasi nimadan iborat. Nyutonning uchta qonunini ta`riflang. Ular qanday sanoq sistemasida o`rinli?
6.Erkin tushish qaysi kattalikka bog`liq.
7.Gorizontal otilgan jismning harakat traektoriyasi paraboladan ekanligini isbotlang.
8.Gravitsion doimiyining son qiymatini qanday aniqlash mumkin. (1.tajribaga asoslanib. 2.Bazariy jihatdan.)
9.Galileyning nisbiylik prinspi nimani anglatadi? Klassik mexanikaning qo`llanish chegarasi qanday?
10.Qaysi qiymatlar barcha inersiya sanoq tizimlarida bir xil qo`llaniladi va ularning invariantligini isbotlang.
1.Kinematik masalalarda harakat qonunini ya`ni birorta sistemada jism koordinatasini vaqt funksiyasi sifatida aniqlab bu harakat qonunini harakatning boshqa kinematic xarakteristikalari tezlik va tezlanish bilan bog`lash zarur.
2.O`rtacha tezlik vector kattaligidir. Uning yo`nalishini MM1 xorda yoki kesma yo`nalishi bilan mos tushadi. O`rtacha tezlik t vaqtni nolga intilishida chegaraviy qiymati radiusi vektordan vaqt bo`yicha olingan hosilaga teng bo`ladi. Bu yerda moddiy nuqtaning egri chiziqli harakatidagi oniy tezligidir. Oniy tezlik yo`nalishi harakatlanayotgan moddiy nuqta trayektoriyasiga urinma yo`nalishda bo`ladi. Oniy tezlik belgilangan t vaqtga tegishli M nuqtada egri chiziqqa urinma bo`ladi. Tezlanish esa tezlik vektoridan vaqt bo`yicha olingan hosilaga teng.
3.Egri chiziqli harakatda tezlik vektori trayektoriyaning har bir nuqtasiga o`tqazilgan urinma bo`ylab yo`naladi. Harakat egri chiziqli tekis bo`lsa tezlikni yo`nalishi o`zgaradi. Tezlikni yo`nalish jihatdan birlik vaqtda o`zgarishini ifodalovchi tezlanishga normal tezlanish deyiladi.
4.Ilgarilanma harakat qattiq jismning eng soda harakati, bunda jism sirtidan o`tkazilgan istalgan to`g`ri chiziq (mas, AV to`g`ri chiziq, rasm) shu jismning harakat vaqtida o`ziga o`zi parallel harakatlanadi. Boshqacha aytganda ilgarilanma harakat qattiq jismning hamma nuqtalari bir xil trayektoriyaga chizib harakatlanishi ilgarilanma harakat qilayotgan qattiq jismning hamma nuqtalari o`zaro parallel trayektoriyalar chizadi har bir nuqtasi tezlik va tezlanish yo`nalish va miqsor jihatdan har doim birday bo`ladi.
5.Dinamika (yun. Dyunamis. Kuch) mexanikaning jismlar mexanik xarakatini ularga ta`sir qiladigan kuchlar bilan bog`lab o`rganadigan bo`limi. Dinamikada statikaning murakkab kuchlar sistemasini sodda holga keltirish qonuniyatlaridan va kinematikadagi harakatni ifodalash usullaridan keng foydalaniladi. O`rganiladigan obyektlarning xossalariga qarab: 1.Moddiy nuqta va moddiy nuqtalar dinamikasi sistemasi, 2.Qattiq jism dinamikasi, 3.O`zgaruvchan massali jism dinamikasi, 4.Elastik yoki plastik deformatsiyalanadigan, jism dinamikasi, 5.Suyuqlik va gaz dinamikasi (mas, gidrodinamikasi, aerodinamika, gaz dinamikasi ) bo`ladi.
6.Jismlarning erkin tushishi yerning erkin tortishish kuchi maydonida jismlarning nolga boshlang`ich tezlikda harakatlanishi. J.E.T tezligi yer markazigacha bo`lgan masofagacha va muhit suv, havo qarshilik kuchiga bog`liq. Agar havoning qarshiligi hisobga olinmasa, jism uncha baland bo`lmagan joydan tushgan tezlik v=(2gh)^1/2 ga teng bo`ladi.
7.Gorizontga nisbatan burchak ostida (yoki gorizontal) jism bir vaqtning o`zida ikkala og`irlik kuchi ta`siri bo`ylab tekis tezlanuvchan harakatda va gorizontal yo`nalishda inertsiya bo`yicha tekis harakatda harakatni o`rganishda OX va OY o`qlarida jismning boshlang`ich tezliginin proeksiyalari yopiladi va ikki y yo`nalish bo`yicha harakat tenglamalari ya`ni har bir koordinata uchun tenglamalar yoziladi.
8.Gravitsion butun olam tortishish qonuni, Nyutonning tortishish qonuni moddiy zarralarning o`zaro tortishish to`g`risidagi qonun. Tabiatnin universal qonuni. Massalari t1 va t2 bo`lgan va bir-biridan g masofada turgan moddiy zarralarning o`zaro tortishish kuchi ushbu formuladan topilgan:G` = Gmlm2/r2. G-gravitatsion doimiy. Moddiy zarralar deganda o`lchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar , ya`ni moddiy nuqtalar tushuniladi.
9.Galilei nisbiylik prinsipi Nyutonning klassik mexanikasida barcha inersial inersial sanoq tizimlarining fizikaviy teng huquqlilik prinsipi. Bu holat mehanika qonunlari birday bo`lganida namoyon bo`ladi. Biror enersial sanoq tizimida o`tkaziladigan har qanday mehanik tajribalar asosida muayyan tizim tinch holatda yoki to`g`ri chiziqli tekis harakatda ekanligini aniqlab bo`lmaydi. Bu holatni birinchi bo`lib 1636-yilda Galileo Galilei aniqlagan. Klassic mexanika Nyuton qonunlari asosida jismoniy jismlarning harakatini o`rganadigan fizikaning bo`linmasi. Classic mexanikaning asoslarini mutafakkir Galilei shuningdek Kepler va Kopernik samoviy jismlarning tezkor harakat qonunlarini ko`rib chiqishda muvaffaqiyat qo`ydilar.
10.Barcha inersial sanoq sistemalarida hamma mexanik bir xilda kechadi. Yuqorida aytilganidek to`g`ri chiziqli tekis harakatlanayotgan sistemalarda nyuton qonunlari o`rinli bo`ladi. Agar sanoq sistemasi egri chiziqli yoki tezlanish harakatlanayotgan bo`lsa bunday sistemalar noinersial sanoq sistemalari deyiladi. Nyutonning ikkinchi qonunidan foydalanish uchun jismga boshqa jismlar tomonidan ta`sir qilayotgan kuchlar birgalikda inersiya kuchini kiritamiz inersiya kuchi boshqa jismga tomon emas balki sanoq sistemasi tezlanish bilan harakatlanishi tufayli ta`sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |