Mavzuning dolzarbligi: Ta`lim texnologiyasining asosini ta`lim jarayonini va talim oluvchilarning belgilangan sharoit va vaqt ichida ko`zlangan maqsadga erishishlarini kafolatlash hamda zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etishdir.
Mavzuning maqsadi: Ta`lim texnologiyasi bu ta`lim jarayonida o`quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun talabalar va pedagoglar o`zaro faoliyatining samarali tashkil etilish loyixasi ekanligini asoslash.
Mavzuning vazifasi: Kurs ishida oqitishning ananaviy usullari bilan bir qatorda fizikani oqitishда fizika ta’lim texnologiyalaridan foydalanish davr talabi ekanligi asoslanadi va uning samaradorligi ko’rsatiladi.
Zamonaviy ta’limda ta’lim texnologiyalarining o’rni
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida» ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish zarurligi kop karra takrorlanadi.
Pedagogik texnologiyalarning ozi nima va u ananaviy talimdan nimasi bilan farq qiladi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, talim muammolariga oid maruzalar, rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilgor pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» «Zamonaviy talim texnologiyasi» iboralari keng qollanilmoqda.
Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yoq, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi kopgina tariflari mavjud.
Respublikamizning pedagogika sohasidagi olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda Ozbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan talim texnologiyalarini yaratish va ularni talim-tarbiya amaliyotida qollashga intilmoqdalar. Xosh, nega yangi pedagogik texnologiyalar zarur bolib qoldi?
Birinchidan, malum sabablarga kora jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan orin olishi uchun, aholi talimini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilgor pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
Ikkinchidan, ananaviy oqitish tizimi yozma va ogzaki sozlarga tayanib ish korishi tufayli «axborotli oqitish» sifatida tavsiflanib, oqituvchi faoliyati birgina oquv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi;
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining ota rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin kopayib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
Tortinchidan, kishilik jamiyati oz taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bolgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga otib borayotganligi;
Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilgor bilim berish usuli hisoblangan obektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.
Talim texnologiyasi yuqorida sanab otilgan beshta sababiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan talimiy tadbirdir.
Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol) lari asosida oqitilganligi, ularda ozgacha nuqtai nazarnitan olmaslik, faqat oz fikrini togri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga gov bolib, shu paradigmada yurgan kishilarniinqiroz sari yetaklaydi. Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa,talim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yollaridan biri talim-tarbiyajarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir.[1]
Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy on yettinchi asrdayoq talimning vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashdan» boshqa narsanitalab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning fikricha, idealda oqitishning yagona mukammal uslubi topilsa, hammanarsa toshlari togri muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bolgan bexatolik bilan arilaydi».
Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tez tarqaldi. YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qollab-quvvatlandiva hozirgi kunda kopgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli ozlashtirilmoqda, qollanilmoqda. Kopgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib,oquvchilar ozlashtirishini oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya boyicha tajriba-sinov tarzidaoqiyotgan 50 ming boladan 75 foizida ananaviy oqitishda faqat eng yaxshi oquvchilar erishadigan natijalar qolga kiritilgan.
Talimni texnologiyalashtirishning asosini, talim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va talim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqtichida loyihalashtirilayotgan oquv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida toliq boshqarish goyasi tashkil etadi.
Bunday yondoshishning mohiyati, talim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari boyicha aniq elementlarga bolib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat.
Talim texnologiyasining predmeti - talim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qoyishdan, natijalarni shakllantirishdan, oquvmaterialini tanlash va strukturalashtirishdan, talim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasiniba holashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. [2]
Bizda talim nazariyasi va amaliyotida, oquv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50yillardan boshlangan. Ular, ananaviy oqitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda oz ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «oqitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, oqitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qollash yoli bilan hamda qollanilayotgan usullarni baholash vositasida talim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlardir».
V.P. Bespalko boyicha, barcha talim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yoliga otkazish oquv amaliyotini, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, obektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi
Marifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qollanilib kelinayotgan talim texnologiyalarini organib, xalqimizning milliy pedagogika ananalaridan hamda talim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda Ozbekistonning milliy talim texnologiyasini yaratish lozim.
Talim texnologiyasi tushunchasi va tamoyillari. Pedagogika fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «talim texnologiyasi», «oqitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. Shu bilan birga, ularni tushunish paytida alohida farqlar mavjud. Avvalambor, «texnik texnologiya» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining mohiyatini aniqlaylik.
«Texnologiya» yunoncha ikki sozdan «texnos» (techne)- mahorat, sanat va «logos» (logos) fan, talimot sozlaridan tashkil topgan. Bu ifoda zamonaviy texnologiya jarayonini toliq tavsiflab berolmaydi. Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi:
Quyida pedagogik texnologiyaning yana bir nechta tariflarini keltiramiz:
Pedagogik texnologiya -bu oqituvchi (tarbiyachi)ning oqitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitda tasir korsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.[3]
Pedagogik texnologiya - talim jarayoniga yangicha yondoshuv bolib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bogliq ijtimoiy hodisadir.
Pedagogik texnologiya - oquv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriY. Texnologiyalarni barcha, boshqa tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida - talim texnologiyasi, oqitish texnologiyasi kabilarni ishlatish mumkin.
Oqitish texnologiyasi - birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli-harakat aspektini anglatadi. Bu, talim jarayonini ozgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret talim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental taminlovchi, usul va vositalar (texnologik operatsiyalar) ning tartibli birligini ozida mujassamlashtirgan talim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni: ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli-bayonli aspektini ifodalaydi. Bu, maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish boyicha pedagogik hamda oquv faoliyatini loyihasini bajarishni bayonidir (texnologik xarita).
Talim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularni, oz oldiga talim shakllarini optimallashtirish vazifasini qoyuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni ozlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qollash va belgilashning tizimli usuli.
Pedagogik texnologiya -bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yonaltirilgan oquv jarayonini tizim sifatida korib, uni tashkil qiluvchi qismlari bolgan oqituvchi(pedagog)ning oqitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga malum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda korsatgan tasirini nazoratda tutuvchi va talim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan talimiy tadbirdir.
Pedagogik texnologiya - bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir.Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyani oqitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.BMT nufuzli idoralaridan biri bolgan YUNESKOning tarificha,
Talim texnologiyasi talim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning ozaro tasirini hisobga olgan holda, butun oqitish va bilimlarni ozlashtirish jarayonini yaratish, qollash va aniqlash tizimidir.
Keltirilgan tariflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bolsak, uzoq xorijda berilgan tariflar bilan MDH mamlakatlari bergan tariflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini koramiz. Jumladan, YUNESKO tariflarida tizimli yondoshuv tamoyiliga alohida urgu berilgan.
Ijtimoiy texnologiyalar safiga kiruvchi «pedagogik texnologiya» tushunchasining mazmunini aniqlaymiz. Kopchilik pedagog-olimlarning fikricha, ushbu keng ishlatiladigan sozlar birikmasi inglizcha «an educationaltechnology» - yani «talim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib chiqqan. Bizning fikrimizcha, talim texnologiyasiga dastlab asos solgan olimlar pedagogik texnologiyani emas, balki aynan talim texnologiyasini nazarda tutishgan. Buni tushunib yetish uchun pedagog atamasining lugaviy manosini esga olaylik, bu atama yunoncha «payne»-bola, «agogeyin» - yetaklamoq sozlaridan tashkil topgan bolib, bola yetaklamoq manosini anglatadi. Bundan «bola yetaklash texnologiyasi» degan atama kelib chiqadi, bu tushuncha talim texnologiyasi maqsadi va mantigiga zid bolib, talim texnologiyasining haqiqiy manosini bermaydi.[3]
Do'stlaringiz bilan baham: |