O’quv qo’llanma
128
– 0,3 gr. Kalsiy xlorid – 0,16 gr. Magniy xloridi 0,1 gr. Natriy laktat –
3,36 gr. Natriy bikorbanat – 0,3 gr. Distillangan suv – 1 litrgacha eritmalar
bundan tashqari atsidozga qarshi bikorbanat
yoki natriy laktat
ko‘rinishidagi tarkibiy qismlarga ham ega. Atsidoz ko‘rsatkichlarini
tiklash uchun 4-5%li gidrokarbonat natriy eritmasi (soda) venaga
yuboriladi. Poliionli eritmalar kam molekulyar massaga ega bo‘lib,
tezlikda kapillyarlar devorlari orqali hujayralararo bo‘shliqqa o‘tadi va
interstitsiyadagi suyuqlikning me’yoriy miqdorini tiklaydi. Ular tezlik
bilan qon tomiridan chiqib ketadilar. Shu munosabat bilan, kristalloid va
kolloid eritmalarning birgalikdagi qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Kristalloidlar gemodinamik kolloid qon o‘rnini
bosuvchilar bilan
birgalikda travmatik va gemorragik shok, yiringli-septik kasalliklarda,
jiddiy xirurgik amaliyot va xirurgik amaliyotdan keyingi davrlardagi suv-
tuz balansi va kislotali-ishqorli muvozat buzilishining
oldini olish va
tuzatish maqsadlarida foydalaniladi. Bunda nafaqat hujayradan tashqari
suyuqlik defitsitining, balki metabolik
atsidoz va zaharlanishdan
ko‘rilgan zararlarning o‘rni qoplash, balki gipovolemiyaning qisman
tuzalishi va arterial bosimni stabillashtirishda namoyon bo‘luvchi
muayyan gemodinamik ta’sir yuz beradi.
Osmodiuretiklar
.
Osmodiuretiklarga quyidagi ko‘p atomli spirt
mahsulotlari kiradi: sorbit va mannit. Mannitol –
natriy izotonik
eritmasidagi 15%li mannit eritmasi. Sorbitol – natriy izotonik
eritmasidagi 20%li sorbit eritmasi. Ko‘rsatilgan dori vositalarining
diuretik ta’siri mexanizmi plazmaning osmotik
darajasi va qon tomiri
iziga interstitsial suyuqlik oqimining oshishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu AQH
va buyrakka qon kelishini ko‘payishiga yordam beradi. Buyrak filtrlash
hajmining ko‘payishi natijasida natriy, xlor va suvlarning ekskretsiyasi
ko‘payadi va shu bilan birga buyraklar kanalchalarida ularning singilishi
to‘xtatiladi. Dori vositalari vena qon
tomiriga yoki oqizilib tana
og‘irligiga nisbatan sutkasiga 1-2 g/kg. miqdorida yuboriladi.
Osmodiuretiklarni qo‘llash ko‘rsatilgan holatlar o‘tkir buyrak
yyetishmovchiligining boshlang‘ich davri, gemolitik shok,
yurak
yetishmovchiligi, miya shishi, ichak parezi (peristaltikani stimullaydi),
jigar va safro chiqarish yo‘llari kasalliklari va boshqa shu kabilardir.
Ularning qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan holatlar esa buyraklarda
filtrlash
jarayonidagi buzilish, kuchli anasarka va ekstratsellyulyar
gipergidratatsiya bilan bog‘liq boshqa holatlar bilan kuzatiladigan yurak
yyetishmovchiligi, bosh miya bosimi kabilardir.
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
Do'stlaringiz bilan baham: