O’quv qo’llanma
122
VI BOB. QON O‘RNINI BOSUVCHI ERITMALAR
Qon o‘rnini bosuvchi eritmalar deb qonning yo‘qotilgan
vazifalarining
o‘rnini
bosuvchi
yoki
buzilgan
vazifalarini
normallashtirish uchun mo‘ljallangan davolash eritmalariga aytiladi.
Hozirgi paytda dunyoda qon o‘rnini bosuvchi eritmalar turkumiga
kiruvchi bir necha minglab dori vositalari mavjud. Ulardan turli patologik
holatlarda tana gomeostazining asosiy qon standartlarini qo‘llab-
quvvatlashda va tuzatishda keng foydalaniladi. Qon o‘rnini bosuvchi
eritmalar o‘zining yuqori samaradorligi bilan
ajralib turadi va ularning
qo‘llanilishida guruh mansubligini e’tiborga olish shart emas, saqlash
muddati juda ham katta, tashish oson. Ekstremal sharoitlarda turli hil qon
guruhidagi bemorlarga va jarohatlanganlarga
shoshilinch yordam
ko‘rsatish mumkin. O‘z funksional xususiyatlari va yo‘naltirilganligi
bo‘yicha qon o‘rnini bosuvchi eritmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Gemodinamik ta’sirli eritmalar,
2. Zaharlardan tozalovchi (dezintoksikatsion) eritmalar,
3. Parenteral oziqlanishga mo‘ljallangan eritmalar,
4. Organizmdagi suv-tuz almashinuvi
va kislotali-ishqorli
muvozanatni muvofiqlashtiruvchi eritmalar,
5. Kislorod tashuvchi eritmalar.
1. Gemodinamik ta’sirli qon o‘rnini bosuvchilar
Gemodinamik ta’sirli qon o‘rnini bosuvchi dori vositalar qon
yo‘qotilishi, mexanik jarohatlanish, kuyish shoki, ichki a’zolarning turli
kasalliklaridan (me’da va o’n ikki barmoq ichak perforativ yarasi, ichak
tutilishi, o‘tkir
xoletsistit, o‘tkir pankreatit, ekzogen va endogen
zaharlanishlar) kelib chiquvchi markaziy
va periferik gemodinamikani
normallashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu guruh eritmalarida ko‘p
miqdorda molekulyar massaga va kuchli kolloid-osmotik xususiyatga ega
bo‘lganligi tufayli qon tomir ichida uzoq muddat mobaynida saqlanishi
va tomirga hujayralararo suyuqlikni jalb qilib, AQH ni sezilarli darajada
ko‘paytiradi (volemik ta’sir). Yana asosiy ta’siridan tashqari
gemodinamik ta’sirli qon o‘rnini bosuvchi eritmalar zaharlanishni
tozalash, mikrosirkulyatsiyani va qonning
reologik xususiyatlarini
yaxshilash xususiyatlariga ham ega. Shokka qarshi qon o‘rnini bosuvchi
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
123
eritmalarga uch guruhdagi dori vositalari kiritiladi: Dekstran hosilalari,
jelatin dori vositalari va oksietilkraxmal asosidan tayyorlangan eritmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: