Gruntlarning reologik xossalari



Download 1,09 Mb.
Sana27.06.2022
Hajmi1,09 Mb.
#709945
Bog'liq
GRUNTLARNING  REOLOGIK  XOSSALARI


“GRUNTLARNING REOLOGIK XOSSALARI”
MAVZUSIDA ISHLANGAN TAQDIMOT
Gruntlarning reologik xossalari. Gruntlarning reologiyasi gruntlar mexanikasi bo'limi bo'lib, gruntlarning mexanik tomonidan kuchlanish qo'yilganda vaqt davomida o'zini tutishining o'rganilishi tushuniladi. Gruntlarning tashqi kuchga qarshiligi tavsifi ularning qiymati va ta’sir vaqtiga bog'liq bo'ladi. Reologik xossa - vaqt davomida doimiy bosim ostida yoki kuchlarni qo'yishda har xil tezlikdagi gruntlarning deformatsiyasidir.
Grunt namunasiga qo'yilgan yukning tez oshishida, gruntlarning qarshiligi eng katta qiymatga yetadi, unda elastik deformatsiya asosiysi bo'ladi va yorilish (surilish) yoki uzilish yo'li bilan mo'rt buzilish kuzatiladi. Tashqi kuchning asta-sekin oshishi bi­lan gruntlarning qarshiligi kichik bo'ladi, surilish ko'rinishidagi buzilish bilan tugallanishi mumkin bo'lgan yoyilish deformatsiyasi yuz beradi.
Gruntlarda elastiklik yoki yoyilish deformatsiyasining hosil bo'lish darajasi T tashqi kuchning ta’sir vaqtini T relaksiya vaqtiga nisbatiga bog'liq bo'ladi. Relaksiya vaqtining qiymati qovushqoqlik q ni surilishdagi elastiklik moduliga G :T= ql(p nisbati bilan aniqlanadi va shunday vaqt oralig'ini aks ettiradiki, bu vaqt davomida jismdagi kuchlanish doimiy deformatsiyada ma’lum bir qiymatga kamayadi (odatda 2,71 marta).
Har xil jismlar uchun relaksiya vaqti har xildir. Qoya toshlari uchun relaksiya vaqti yuz va ming yillab o'lchanadi, shisha uchun u tahminan yuz yilga teng, suv uchun - 10-11 s.
Agar gruntga kuchning ta’sir qiluvchi vaqti relaksiya vaqtidan kam bo'lsa, asosan unda elastik deformatsiya rivojlanadi. Agar gruntga ta’sir qilayotgan ma’lum kuchning vaqti relaksiya vaqtidan katta bo'lsa, unda gruntda orqaga qaytmaydigan yoyilish va oquvchan deformatsiya hosil bo'ladi. Masalan, muz va oyna yuk tez qo'yilganda elastik deformatsiyalanadi va mo'rt holda buziladi, yuk sekin qo'yilganda-yoyilish hosil bo'ladi va ular suyuqlik kabi oqadilar.
Reologik jarayonlar hamma joyda kuzatiladi. Ko'chkiiar, muzlarni oqishi, uzoq
davom etuvchi cho'kish, inshootlarning buralishi va og'ishi, tonellar qurilishida yer
yuzasining bo'lagi cho'kishining rivojlanishi, tog' bosimining kuzatilishi va boshqa
hodisalar- bularni hammasi gruntlarning yoyilishining natijasidir.
Gruntlarning reologik xossalari hajmiy va surilishli yoyilishda yuzaga keladi. Hajmiy yoyilish doimiy hartomonlama siqish natijasida hosil bo'ladi, masalan kompressiyada, gruntlarning zichlashishi natijasida so'nuvchi tavsifga ega bo'ladi. Surilishda yoyilish asosida va inshoot tanasida doimiy urinma kuchlanish, masalan, tirgovich inshootlarda - plotina, to'suvchi devor, yon qiyaliklar va boshqalar bo'lganda, gruntlarning surilishli yoyilishi so'nuvchi bo'lishi, doimiy tezlik bilan (tiklangan yoyilish) oqishi va o'suvchi oqim tavsifiga ega bo'lishi mumkin.
Natijada gruntlarning xususiy buzilishi ku­
zatilishi va buni inshootlar asosida bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Hajmiy va surilishli
yoyilish egrisi 2-rasmda keltirilgan.
2-rasm.Suriluvchi (so'nmas) yoyilish (a) va hajmiy (so'nuvchi) yoyilish (b) egrilari.
Nam shimdirilgan gilli gruntlarning doimiy yuk
ostida orqaga qaytmaydigan hajmiy zichlashish
deformatsiyasining rivojlanish jarayoni konsoli-
datsiya deb ataladi. Gruntlarni konsolidatsiyasi
o'lchamlari namlangan yuqori g'ovaklikdagi
gilli va organo-mineralli gruntlarda inshootlar
cho'kishini baholash uchun kerak bo'ladi.
Umumiy holatda, kompressiya sharoitida
namlangan gruntlarga tashqi kuch qo'yilganda
(2-rasm) birinchi galda g'ovaklik suvlarining
elastiklik deformatsiyasi, gaz pufakchasi va grunt
skeleti yordamida birdan siqilish yuz beradi; un­
dan so'ng grunt g'ovakligidan suvning siqib chiqa-
rilishi natijasida gruntlarda zichlanish boshlanadi.
2-rasm. Suvga to'yingan yuqori
g'ovaklikdagi gilli gruntning konsoli­
datsiya egrisi: 0-1 birdan tez siqilish; 1-2
filtratsiya (birlamchi) konsolidatsiya; 2-3 ik­
kilamchi konsolidatsiya.
Bu bosqichda zichlanish tezligi asosan g'ovaklik
suvining filtratsiyasi tezligi bilan nazorat qilinadi,
shuning uchun bu bosqich filtratsiya yoki birlam­chi
konsolidatsiya deb ataladi.
Filtratsiya kon­solidatsiyasi oxirida g'ovaklik bosimining qiymati nolga teng (Uw= 0) bo'ladi. Nihoyatda, zarraiar­ning bir biriga nisbatan sekin surilishi natijasida gruntlarning qayta joylashish jarayoni tugallanadi va bir vaqtning o'zida g'ovaklik suvi siqib chiqarilib yanada ko'proq zichlanadi.
Zarraiarning bir
biriga ishqalanishi bilan, grunt zichligining oshish sharoitida (grunt skeletini yoyilishida),
zichlashish tezligi nazorat qilinadi. Gruntlarning skeleti yoyilishi natijasida yuzaga keladi-
gan zichlashish bosqichi ikkilamchi konsolidatsiya deb ataladi.
Konsolidatsiya koeffitsiyenti gruntlarning strukturasiga va tarkibiga bog'liq bo'ladi.
Filtratsiya konsolidatsiyasi nazariyasiga asosan filtratsiya va siqilish koeffitsiyentlari
quyidagi nisbatda bog'liq bo'ladilar:
elektron mikroskop fotografiyasi keltirilgan. Tadqiqotlar yoyilish jarayonida gruntlarni mik-
rosurilish hududsida zarrachalar asta-sekin qayta joylashuvini ko'rsatadi. Bunda surilish
yo'nalishiga mos keluvchi zarralarning bir tomonga yo'nalib moslashishi kuzatiladi.
Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish