O’quv qo’llanma
70
nomuvofiqligi, qurib qolgan tomchiga qarab natijani baholash,
gemolizlangan va haddan ortiq ko'p saqlangan qon namunasidan rezus-
mansublikning aniqlanishi,
shuningdek faollashmagan, ifloslangan va
buzilgan, yaroqlilik muddati o’tgan zardoblardan foydalanish olib kelishi
mumkin.
Shuningdek, xatoning sababi tekshiriladigan qonning quyidagi
biologik o’ziga xosligi ham xizmat qilishi mumkin: jigar, buyrak, qon
tizimi kasalliklari natijasida tanadagi rezus-antigen agglyutinlanish
qobiliyatining
pasayishi, shuningdek, tekshiriladigan eritrositlarning
nospetsifik agglyutinatsiyasi kabilar. Tekshirishdan shubhali natija
olinganida, tekshiruv yanada faolroq antirezus zardobdan foydalangan
holda takrorlanadi.
8-rasm.
Rezus mansublik va eritrositlarning qon quyilganidan keying harakati.
7. Guruhga ko’ra farqlanishning klinik ahamiyati
Umumiy immunogenetik jihatlar
.
Qondagi guruh antigenlari va
antitanachalari odam fiziologiyasi va patologiyasi borasida katta
ahamiyatga ega. Avvalo shuni e’tiborga olish zarurki, qon antigenlari har
bir individ uchun genotip marker hisoblanadi. Bu nikohlardagi
serpushtlik, homiladorlikning kechishi va oqibatlari,
shuningdek
tug‘ilgan bolalar sog‘ligining kechishida muayyan ahamiyat kasb etadi.
Jinsiy hujayralar genotipiga muvofiq ravishda qon guruhi antigenlariga
o‘xshash antigenlarga egadir, shu bilan bir vaqtning o‘zida esa er-xotinlar
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
71
ko'pincha qon gurulilari bo‘yicha bir-biridan farqlanadi. Er-xotinlarning
rezus tizimi bo‘yicha bir-biriga mos emasligi homiladorlik jarayonida
yuzaga keladigan immunologik kelishmovchilik oqibatida homilaning
o‘limi yoki yangi tug‘ilgan chaqoloqda gemolitik kasallikning eng ko‘p
tarqalgan sabablaridan biridir.
Hozirgi vaqtda qon guruhining odamdagi
yuqumli va yuqumsiz
kasalliklari bilan o‘zaro bog‘liqligi borasidagi ma'lumotlar ko‘payib
bormoqda. Ayrim eritrositar va leykositlar antigenlarining mavjudligi
muayyan kasalliklarning kelib chiqishi uchun ko’proq sharoit yaratib
beradi. Xususan, ma’lumki, me’da yara kasalligi ko‘proq A(II) qon
guruhiga mansub bemorlarda uchraydi, antigen HLA-B
18
ning mavjudligi
egasini gepatit В kasalligi bilan kasallanishiga sharoit yaratib beradi,
shuningdek bunda odam qonida antigen HLA-B
5
ham mavjud bo’lsa,
unda kasallikning surunkali kechishi ehtimoli kattadir.
HLA tizimi
bo‘yicha leykosit guruhlarining immunologik reaktivlik bilan muayyan
darajada o‘zaro bog’liqligi ma’lum. Masalan, HLA-B
8
mavjud qon
egalari
umumiy
antitanachalarning
eng
faol
qismini
ishlab
chiqaruvchilaridan biri bo’ladi, shuningdek, HLA-B
35
ning mavjudligi
qoqshol anatoksiniga nisbatan antitanachalarni faol ravishda ishlab
chiqarish imkonini beradi. Bunday misollarni ko‘plab uchratish mumkin.
Bunday ma’lumotlar muayyan kasallik bo‘yicha xavf guruhini aniqlashda
va bemorlarni
dispenser hisobiga olishda, shuningdek kasbiy tanlovda
katta ahamiyatga ega.
Donor va retsipiyent qonidagi antigenni tuzilishidagi o‘ziga
xosliklarni, ayniqsa HLA tizimi leykositar guruhini e’tiborga olmasdan
turib, turli a’zolar va to‘qimalar allotransplantatsiyasining (buyrak, yurak,
jigar, suyak iligi va boshqa organlarni ko‘chirib o‘tqazish) imkoni yo‘q.
Immunologik
muvofiqlik
masalasi
transplantologiyaning
asosiy
muammosi hisoblanadi.
Qon guruhining aniqlanishi sud tibbiyotida bahsli otalikni, onalikni
aniqlashda, shuningdek, ashyoviy dalillardagi qon qoldiqlarini
tekshirishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Qon guruhining ahamiyati
antropologiya bo'yicha ayrim masalalarni
hal qilishda ham katta
ahamiyatga
ega.
Qon
guruhining
eng
muhim
ahamiyati
transfuziologiyada qon, uning tarkibiy qismlari va qon preparatlarini
quyish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda bilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: