Samarqand davlat tibbiyot instituti


  5. Kislorod tashuvchi eritmalar



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

129 
5. Kislorod tashuvchi eritmalar 
Qonning asosiy funksiyasi bo‘lmish organizm to‘qimalariga 
kislorodni tashish vazifasini bajarib bera oladigan, “sun’iy qon” deb 
atalayotgan qon o‘rnini bosuvchilarning yaratilishi o‘ta muhim, lekin bir 
vaqtning o‘zida juda qiyin vazifa hisoblanadi. Hozirgi paytda 
perftoruglerodlar asosida (perftoran, perfukol, flyusol-Da) hamda singib 
ketuvchi gemoglobin asosida (erigem, kon’yugirlangan gemoglobin) 
yaratilgan kislorod tashuvchi dori vositalari mavjud. Lekin, ular 
tashiydigan kislorod hajmi kam bo‘lib, bundan tashqari organizm uchun 
ularning biroz zaharlilik holati ham mavjud. Ularning parchalanishi va 
organizmdan chiqib ketishi masalalari hali yetarlicha o‘rganilmagan. 
Hozirga qadar ushbu qon o‘rnini bosuvchilarni sterillash va ishlab 
chiqarish jarayonini arzonlashtirish muammolarini hal qilishning imkoni 
bo‘lmayapti. Shu munosabat bilan klinik amaliyotda hozirda kislorod 
tashuvchilar deyarli qo‘llanilmaydi. Turli holatlarda qon o‘rnini bosuvchi 
eritmalarning qo‘llanilishi allergik, pirogen va zaharlanish reaksiyalarini 
keltirib chiqaradi, lekin ularning uchrashi va jiddiyligi qon va uning 
tarkibiy qismlarini qo‘yishdagi holatlarga qaraganda juda kam. 
 


O’quv qo’llanma 
130 
VII BOB. PLAZMAFEREZNING TIBBIY AMALIYOTDA 
QO‘LLANILISHI 
Qonni tarkibiy qismlarga, avvalo plazmaga va hujayra massalariga 
ajratish XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Maqsad “kasal” organizmdan 
qonning tarkibiy qismlarini, shuningdek, uning suyuq qismi – plazmani 
olib tashlashdan iborat. 1914 yilda Abel “plazmaferez” (grekcha so‘zdan 
“aferezis” – ajratib olish) iborasini qo‘llagan va birinchi bor yangi usulni 
hayvonlarda tajriba qilib ko‘rgan. 1943 yilda davolovchi plazmaferezning 
birinchi seanslarini odamlarda o‘tkazgan. Bu g‘oya Ikkinchi jahon urushi 
davrida yaradorlarni davolash uchun ko‘p miqdorda donorlar plazmasi va 
qoni kerak bo‘lganda o‘z tasdig‘ini topdi. Shundan so‘ng donorlar 
plazmafereziga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Klinik amaliyotda va qon xizmatida 
bu usullarni tatbiq qilish refrijiratorli sentrifugalarni, keyinchalik esa qon 
separatorlarini yaratish imkonini berdi. Shunday qilib, ekstrokorporal 
tibbiyotda “gemaferez” (sitaferez) – qondan komponentlarni ajratib 
olishga bag‘ishlangan butun bir yo‘nalish paydo bo‘ldi. Gemaferez 
muolajasi bir necha bosqichdan iborat – bemordan yoki donordan qonni 
olish, uni komponentlarga ajratish, kerakli komponentni olib tashlash va 
qolgan hamma qismini qon tomiriga qayta yuborish bilan yakunlanadi. 
Gemaferez o‘tkazish uchun tibbiyotda sentrifuga (diskret) usulidan va 
apparatli texnologiyadan foydalaniladi. Diskret gemaferez refrijiratorli 
sentrifugalarda bajariladi. Bu usul plastikli qopchalarga qonni olish, 
sentrifugalash va uni komponentlarga ajratishdan iborat. Diskret usuli 
oddiy va arzonligi bilan tibbiyotda qo‘llanish borasida yuqori o‘rinni 
egallaydi. Bu usul qaytarib quyilayotgan eritrotsitlarni yuvishni 
birgalikda olib borishga, shu bilan bir qatorda sitaferezning keng 
tarqalgan turlarini amalga oshirish imkonini beradi (trombotsitaferez – 
trombotsitlarni ajratish, eritrotsitaferez – eritrotsitlarni ajratish va 
leykotsitaferez – leykotsitlarni ajratish). Gemaferezning yana bir usuli – 
bu bir qator firmalar Fenval, Hemonetics (AQSH), Fresenius 
(Germaniya), Dideco (Italiya), Gambro medical (Shvetsiya) ishlab 
chiqargan apparatlarda o‘tkaziladigan muolajalardir. Hamma qon 
separatorlari gemaferezning turli xil muolajalarga mo‘ljallangan bir 
marotaba ishlatiladigan magistrallar bilan ta’minlangan. Gemaferezning 
bu usuli katta hajmdagi plazma yoki hujayra massasini ajratib olishda 
qo‘llaniladi. Apparatlardagi qonni sentrifugalarga qon yig‘ilishi, uning 
antikoagulyant bilan aralashishi, sentrifugada kerakli komponentning 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
131 
ajratilishi va qolgan komponentlar organizmga qayta quyilishi uzluksiz 
davom etib turadi. Hamma zamonaviy qon separatorlari xavfsizlik tizimi 
– bosim datchiklari va kirish-chiqish magistrallarida havoni tutib 
qoladigan qurilmalar bilan jihozlangan. Asboblarni boshqarish avtomatik 
tartibda, 
kompyuter 
dasturlari 
(muolojalar 
bo’yicha) 
orqali 
bajariladi.Gemaferezning klinik amaliyotda ko‘p tarqalgan usuli 
plazmaferez hisoblanadi. Plazmaferez plazmani ajratib olishga va uning 
o‘rnini kristolloid va kalloid qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar bilan 
almashtirishdan iborat. Plazmaferez yordamida bemor plazmasi ajratib 
olinib, o‘rnini donordan tayyorlangan yangi muzlatilgan plazma yoki qon 
o‘rnini 
bosuvchi 
suyuqliklar 
bilan 
almashtirish 
gomeostaz 
ko‘rsatkichlarini normallashtirishga olib keladi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish