O’quv qo’llanma
134
3.
Kasallik avj olmagan holda glyukokortikoid dori vositalari
dozasining 20-50 foizga kamayishi;
4.
Kompyuter tomogrammada
va rentgenogrammada diffuz
o‘zgarishlarning kamayishi;
5.
Tashqi nafas olish funksiyalari ko‘rsatkichlari, qonning gazli
tarkibi yaxshilanishi.
Ko‘pgina kasalliklarda dori-darmonlarga o‘rganish va ularning
ta’sir doirasi kamayishi muammoga aylangan. Bunday hollarga
gipertonik kasalliklar va yurak ritmi buzilish holatlari misol bo‘la oladi.
Plazmaferezning dori-darmonga sezuvchanligini oshirish xususiyati bu
kasalliklarda qo‘llanilishi mumkin. Muolajadan keyin mayda qon
tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi, sistolik va diastolik qon bosim 10-
15 foizga kamayadi (V. V. Kuxarchuk).Yurak ishemik kasalligida
plazmaferez qo‘llanishi mayda qon
tomirlarda qon aylanishini
yaxshilashga, qonning qovushqoqligini kamaytirishga, yog‘ almashinuvi
ko‘rsatkichlarini normaga keltirishga, dori vositalari ta’sirini
kuchaytirishga qaratilgan (L. A. Alekseeva). Plazmaferez muolajasi
natijasida standart dori vositalarining ta’siri kuchayib, stenokardiya xuruji
kamayishi, qon bosimi tushishi, yurak ritmining normallashuvi, jismoniy
faollikning oshishi kuzatiladi. Qon kasalliklarining ko‘pgina turlarida
ham plazmaferez qo‘llaniladi. Qonning qovushqoqligi oshgan mieloma
kasalligida va Waldenstrem makroglobulinemiyasida plazmaferez asosiy
davoga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Mieloma kasalligida 20%
bemorlar buyragi zararlanligi aniqlanishi, kasallik prognozi yomonligidan
dalolat beradi. Plazmaferez kursi tugagandan so‘ng bemorlarda
kimiyoterapiyaga
rezistentlik
kamayadi
va
dori-darmonlarga
sezuvchanlik oshadi, bu esa nisbatan to‘liq davo o‘tkazish imkonini
beradi va bemorlarda kasallik xurujining qo‘zg‘ashi bir muncha
kamayadi. Autoimmun gemolitik anemiyada
bemorlar immun tizimida
buzilishlar sodir bo‘ladi. Bemorning o‘z eritrotsitlari va limfotsitlariga
qarshi toksik antitanachalar, zardobidagi immunoglobulinlar, aylanib
yuruvchi immun komplekslar miqdorlari oshadi, T-limfotsitlar miqdori
kamayadi va funksiyasi buziladi. Bu kasallikda plazmaferez buyurilishiga
asosiy ko‘rsatkichlar – glyukokortikosteroidlar qabul qilinayotganligiga
qaramasdan yoki uning dozasi kamaytirilganda eritrotsitlarning
parchalanishi, ya’ni gemolizi kuchayishidir. Plazmaferez muolajasidan
so‘ng bemorlarda umumiy
ahvolining yaxshilanishi, nafas qisishi,
bo‘shashishlik, sariqlik alomatlari kamayishi, jigar va taloqning
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
135
kichrayishi kuzatiladi. Jarayonning aktivligi kamayganini ko‘rsatadigan
immunologik testlar yaxshilanganligi, limfotsitlarga qarshi toksik
antitanachalar titri kamayganligi yoki yo‘qolganligi, Kumbsni to‘g‘ri
sinamasi salbiy natijasi kuzatiladi. Ko‘pgina teri kasalliklarida ham
plazmaferez muolajasi qo‘llaniladi (N. N. Potekaev). Bu kasalliklarning
ba’zilari kelib chiqishida
autoimmun zararlanish yotadi, ba’zilari esa
biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalligi hisoblanadi. Bular psoriaz,
atopik dermatit, angiitlar, dermatomiozitlar, gangrenoz piodermiya,
o‘choqli sklerodermiya va boshqalar. Plazmaferezning samarali
ko‘rsatkichi kasallik susayishi va teridagi o‘zgarishlarning kamayishi.
Akusherlik va ginekologiyada ham plazmaferez keng miqyosda
qo‘llaniladi va quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
homiladorlar gestozi,
oraliq infeksiyalarning kompleks davosida, surunkali avj oladigan
salpingooforitlarda, bachadonning surunkali yallig‘lanish kasalliklarida,
klimakterik sindromda, akusherlik sepsisida, homiladorlarni rezus
nomunosibligida va boshqalarda (V. N. Serov, T. A. Fedorova).
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy davolash
dasturlari bilan birgalikda plazmaferez muolajasi o‘tkazilishi
kasallikni
tezroq yengishga va insonlar sog‘lom hayotga kirib kelishlariga yana bir
turtki bo‘ladi. So‘nggi yillarda plazmaferez qo‘llaniladigan kasalliklar
soni kamayganligiga qaramasdan, ularning qo‘llanilishi samarali olib
borilmoqda. Hozirgi kunda respublikamizning 6 ta – Toshkent, Farg‘ona,
Samarqand, Qarshi, Buxoro va Nukus shaharlarida faoliyat boshlagan
mintaqaviy qon markazlari AQSHning Gemopetiks kompaniyasi
tomonidan ishlab chiqilgan eng zamonaviy PCS 2-plazmaferez va MCS+-
gemotsitoferez apparatlari bilan jihozlangan. PCS 2 apparati plazmaferez
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, MCS+ apparatida terapevtik plazma
almashinuvi o‘tkazish, donorlardan trombotsitlar konsentratini ajratib
tayyorlash mumkin. Jarayon uchun sarf etiladigan anjomlar to‘plami bir
marotabalik, steril bo‘lib, har bir muolaja uchun alohida ishlatiladi. Bu
to‘plam murakkab tizimdan iborat bo‘lib, ularni ajratib qayta yig‘ib
bo‘lmaydi. Bu esa sarf etiladigan anjomlar to‘plamlari
ikkinchi marta
ishlatib bo‘lmasligini kafolatlaydi. Yuqorida keltirilgan kasalliklarning
ba’zilarida bemorlarda PCS 2 apparatida plazmaferez o‘tkazildi, natija
mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanib, bemorlarning holati
yaxshilangani qayd qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: