Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

Bo’yovchi moddalar:
ular bakteritsid xususiyatga ega. a) metilen ko’ki. Yashil 
kristall kukun, uning suvli eritmasi teri kuyganda uning yiringli kasalligida antiseptik 
modda (1-3 % li spirt yoki suvdagi eritmasi) sifatida foydalaniladi. 0,01 % li eritmasi 
bilan qovuqni yuvsa bo’ladi; b) brilliant yashili. Suv va spirtda yomon eriydigan 
yashil tilla rang kukun. Eritmasi to’q yashil rangda bo’ladi. 1-2 % li spirtli eritmasi 
antiseptik modda sifatida teridagi jarohatlarni davolashda ishlatiladi; d) etakridin 
laktat yoki rivanol. Yorug’likka chidamsiz kukun, 0,05-2 % suvli eritmasi yiringli 
jarohat va bo’shliqlarni davolashda ishlatiladi.
Detergentlar.
Hozirgi kunda keng ishlatilayotgan aktiv moddalardir. Ular 
to’rtlamchi ammoniy asosi guruhiga kiradi (kation detergentlar) at setilpiridiniy 
xlorid. 
Yuza 
sathi 
aktiv 
bo’lganligi 
uchun 
bakteriyalar 
membranasi 
o’tkazuvchanligini va tarangligini buzadi. 0,1-0,2 % li eritmasi jarohatni dezinfeksiya 
qilishda ishlatiladi. Аnion detergentlarga serigel kiradi; b) serigel, Setilpiridiniy 
xlorid (0,2), polivinilbutiral (4,0) va 0,5 % li etil spirtidan (100 ml) tashqil topgan, 
tibbiyot xodimlarining qo’llarini, operatsiya maydonini tozalashda qo’llaniladi. 
Serigel tarkibidagi polivinil butiral terini himoya qiladigan parda bilan qoplaydi. 
Etanolda tez eriydi; d) degmitsid. Tarkibida 30% li degmin preparati bo’ladi. 1% li 
eritma sifatida (1 kiem degmitsid, 29 kiem sud) barmoqlarni va operatsiya maydonni 
tozalash uchun ishlatiladi, 1 % suvli eritmasi xiraroq rangda bo’ladi; g) rokkal (alkil 


44 
dimetil benzil ammoniy xlorid aralashmasining 10% yoki 1 % li suvli eritmasi) kam 
zaharli antiseptik va dezodorant. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, 
shuningdek antibiotiklarga befarq bo’lgan strepto - va stafilokoklarga, mahalliy 
bakteritsid viruslarga ta’sir qilmaydi. Ba’zi bir zamburug’ guruhlariga ta’sirchan. 
Jarroh barmoqlarini (0,01 % li eritmasi), operatsiya maydoni va bemor gigiyena 
vositalarini (1 % li), jarohatni dezinfeksiya qilish (0,0025%. li) uchun foydalaniladi. 
Chet elda ishlab chiqariladi. Uning kerakli kontsentratsiyasini distillangan suv 
qo’shib tayyorlanadi. Davlatimizda ishlab chiqariladigan katamin А-B (50 % li 
benzalkoniy xlorid eritmasi) ham rokkal xossalariga ega; d) yashil sovun, kaliyli 
sovun. Qo’ngir sariq va ko’kimtir massadan iborat bo’lgan anion detergenti, teri 
sathini tozalash uchun, shuningdek spirtli sovun va karbolning sovunli eritmasini 
tayyorlash uchun qo’llaniladi; e) tergitsid. Kation detergenti. Ko’k yiringlatuvchi 
tayoqchaga, 
klebsiellaga 
va 
boshqa 
grammanfiy 
mikroorganizmlarga, 
zamburug’larning ba’zan bir guruhlariga ta’sir qiladi. Chet elda ishlab chiqariladi va 
1:1000-1:5000 eritmasi sintetik kateterlarni dezinfeksiya qilishda ishlatiladi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish