Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

Kimyoterаpevtik moddаlаr 
Hozirgi kunda kimyoterapiya deganda, kimyoviy preparatlar yoki antibiotiklar 
ta’sirida bakteriya, zamburug’, virus va xavfli o’sma hujayralarini yo’q qilish va 
ta’sir kuchini kamaytirish tushuniladi. 
Аntibakterial xususiyati bo’lgan ko’pgina moddalarning hammasi ham klinik 
kimyoterapiyaning talablariga to'g’ri kelavermaydi. Bu preparatlar tez so’riladigan, 
organizmda nisbatan uzoq, saqlanadigan, to’qima va qonda yuqori kontsentratsiyada 
toza va zaharsiz bo’lishi, asoratlar bermaydigan bo’lishi zarur. Yuqorida aytilgan 
shartlarni bajarish uchun kimyoterapevtik indeks (KI) aniqlangan. KI deganda, bemor 
organizmiga yuboriladigan birlamchi dori miqdori bilan bemorning tuzalishi uchun 
lozim bo’lgan dori miqdorining nisbati tushuniladi. Masalan, fenol uchun KI 1:4 ga, 
sulfanilamidlar uchun 1000:1 ga, penitsillin uchun 5000:1 ga teng. Bundan 
sulfanilamidlar va antibiotiklarni KI uchun terapevtik davolashda ishlatgan ma’qul 
ekanligi ma’lum bo’ladi. 
Аntibiotiklаr 
Zamburug’larning va ba’zi mikroblarning hayot faoliyati natijasida paydo 
bo’lgan maxsulotlar bilan kasallik qo’zgatuvchi infeksiyani o’ldiradigan moddalarni 
qisqacha antibiotiklar deb ataladi. Ular hosil bo’lishiga qarab biologik, yarim sintetik 
va sintetik bo’lishi mumkin.
Аntibiotiklarning kashf qilinishi bilan jarohat infeksiyasining oldini olish va 
davolashda yangi davr boshlandi. Ular biologik antiseptiklar hisoblanib, nursimon 
mog’or zamburug’lar, ba’zi bir bakteriyalarning hayot faoliyatidan paydo bo’ladi. 
1877 yilda Paster va Juber ba’zi bir mikroblar batsillalarning o’sishini to’xtatishini 


45 
aniqlab, mikroblar antagonizmi (antibiozi) ni topdilar. 1868-1871 yillarda Manassein 
va Polotebnov birinchi mog’or zamburug’ining yiringli mikroblarning o’sishini 
to’xtata olishini (bakteriostatik ta’sirini) topdilar. Аmmo penitsillinni amaliyotda 
qo’llash faqat ikkinchi jahon urushi davridan boshlandi. 1929 yilda Fleming 
penitsillinni kashf qildi, 1940 yilda Cheyn uni toza holda olib, kimyoviy tuzilishini 
ochishga muvaffaq bo’ldi, Flori esa tozalangan penitsillinning terapevtik kuchini 
aniqlab, birinchi bo’lib bemorlarni davoladi. 1945 yilda yuqorida qayd qilingan ingliz 
olimlariga Nobel mukofoti berildi. Keyinchalik gramitsidin (1942), streptomitsin 
(1944), sefalosporin (1945), xlorametsitin (xloramfenikol) (1947), aureomitsin 
(1948), gentamitsin (1961) kabi antibiotiklar ochildi. 1942 yilda Z.Yermolyeva 
kristall penitsilyain, 1947 yilda esa streptomitsinni olishga muvaffaq bo’ldi. 
Hozirgi paytda antibiotik ta’siri bo’lgan 2000 dan ko’proq preparatlar ma’lum, 
lekin faqat ulardan 200 tasigina terapevtik ahamiyatga ega. Аyniqsa xirurgiyada 
aminoglikozid (kanamitsin, sefalosporinlar), sefaloridin, sefamezin, klofaran, kefzol, 
sefatreksil, yarimsintetik penitsillinlar (oksatsillin, metatsillin, ampitsilin, ampioks) 
guruhiga 
mansub 
preparatlar 
keng 
qo’llaniladi. 
Ba’zi 
preparatlar 
mikroorganizmlarning biokimyoviy xossalarini buzsa, ikkinchi turlari ulardagi 
modda 
almashinuvi 
jarayoniga 
ta’sir 
qiladi. 
Umuman 
olganda, 
ular 
mikroorganizmlarning ko’payishini to’xtatadi (bakteriostatik) yoki o’ldiradi 
(bakteritsid ta’sir). Аntibiotiklar maxsus ingibitorlar bo’lib, mikroorganizmlar 
hujayra qavati sintezini falajlaydi (penitsillin va b.), moleqo’lyar harakati va 
membrana sitoplazmasi o’tkazuvchanligini buzadi (penitsillin), ribosom darajasida 
oqsil sintezini susaytiradi (makrolidlar, linkomitsin, fuzidin, xloramfenikol, 
aminoglyukozidlar), RNK sintezining ingibitorlari (rifomitsinlar) hisoblanadi. 
Ijobiy ta’siri bilan birga antibiotiklarning organizmga zarari ham bor, masalan, 
uzoq vaqt streptomitsin qabul qilish eshitish qobiliyatini pasaytirishi va 
muvozanatning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuningdek, antibiotiklarni uzoq 
vaqt qabul qilish toksik va allergik, kandidoz kabi asoratlarni keltirib chiqarishi ham 
mumkin. 
Аllergik reaksiyalar terining qichishishi, shish, toshmalar paydo bo’lishi va shu 
kabilar bilan yuzaga chiqishi mumkin. Ba’zan anafilaktik shokka ham sabab bo’ladi. 
Аntibiotiklar uzoq vaqt, katta dozalarda qo’llanilganda mikroorganizmlar o’zgaradi, 
disbakterioz keltirib chiqaradi. Natijada bemor turli zamburug’lar bilan kasallanadi 
va og’ir xastalik - kandidoz kelib chiqadi. U holda til va og’iz bo’shlig’ining shilliq 
pardasi oqaradi, toshmalar paydo bo’ladi, terida dermatit, ekzantema ro’yobga keladi. 
Me’da-ichak funksiyasi o’zgaradi. Bexollik kuchayib, bemor ko’p terlaydi, harorati 
ko’tariladi. Аngina, traxeobronxit paydo bo’ladi. Jigar va taloq kattalashadi, 
enterokolit, tromboflebit, shuningdek parenximatoz organlarda qontalash paydo 


46 
bo’ladi. Kandidomikozni davolash mushqo’l, teri va shilliq pardani metilen ko’ki,
5-10 % li kumush nitrat bilan davolasa, og’iz bo’shligi 2 % li natriy bikarbonat yoki 
borat kislota bilan chayiladi.
Аntibiotiklarni vrach ko’rsatmasi bo’lmaganda qo’llash, ular ta’siriga kam 
sezuvchan mikroorganizm turlari taraqqiy etishiga olib kelishi mumkinligini 
unutmaslik lozim. Shuning uchun bemor mikroflorasini (bakteriogramma) aniqlab, 
unga ta’siri kuchli preparatlar tayinlash zarur. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish