Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Badiiy nutqning asosiy xususiyatlari va uning Vole Shoyinka ijodida o’rganishga bag’ishlangan ushbu tadqiqot ishi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari badiiy nutqning ifoda vositalari jihatdan o’rganish bo’yicha izlanish olib boruvchi tadqiqotchilar uchun muhim ma’lumotlar beradi. Shuningdek, o’zbek tilshunosligida badiiy asarda badiiy nutq, uslubshunoslik, leksikologiya bo’yicha o’quv dasturlari tuzishda, nutq madaniyati, badiiy matnning lisoniy tahlili bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratishda tadqiqot natijalari material vazifasini o’taydi. Ishda erishilgan natijalardan o’zbek tilshunosligida alohida olingan ijodkorlar asarlarida badiiy nutq tahlili, xususan, she’riy asarlarning imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bo’yicha kelgusida magistrlik dissertatsiyalari, malakaviy bitiruv ishlari yozishda foydalanish mumkin.
Diplom ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Ushbu diplom ishining umumiy tavsifi, kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 69 sahifani tashkil qiladi.
I bob
BADIIY NUTQ. UNING JANR VA SHAKLLARI 1.1. Badiiy nutq va adabiyot so’z san’ati sifatida
Badiiy nutq o’zi uchun turli xil nutqiy faoliyat shakllarini tanlaydi. Ko’plab asrlar mobaynida badiiy adabiyot tili notiqlik san’ati qonun-qoidalari orqali aniqlangan. Nutq (shu jumladan yozma nutq ham) aniq, puxta, taassurot uyg’otuvchi bo’lishi kerak bo’lgan; shundan xarakterli nutqiy usullar, ya’ni ko’psonli takrorlar, «bezaklar», hissiy bo’yoqdorlikka ega so’zlar, ritorik savollar va boshqalar kirib kelgan. Mualliflar gapga chechanlik borasida bellashganlar, stilistika esa qat’iy qoidalar asosida aniqlangan, badiiy asarlarning o’zi esa ko’pincha an’anaviy ma’nolar bilan to’ldirilgan (asosan O’rta asrlarda). Natijada XVII asrga kelib (klassitsizm davri) adabiyot ilmli kishilarning tor doirasi uchun yetarli darajada tushunarli bo’ladi. Shu sababli ham XVII asrdan boshlab Yevropa madaniyati murakkablikdan soddalikka qarab rivojlanadi. V.G.Belinskiy notiqlikni “hayotning soxta ideallashtirilishi” deb ataydi. Adabiyot tiliga so’zlashuv nutqi elementlari kirib kela boshlaydi. So’zlashuv nutqi, avvalombor, odamlarning shaxsiy hayotidagi muloqotlari bilan bog’liq, shu sababli u oddiy va aniq belgilashdan erkindir. XIX-XX asrlarda adabiyot butunligicha yozuvchilar va olimlar tomonidan o’ziga xos muallif bilan o’quvchining suhbati shakli sifatida tushuniladi.
Filologlar til va nutqni ajratishadi. Til - bu davrlar mobaynida o’zgaruvchi so’z va grammatik prinsiplar asosida qurilgan birikmalar jamlanmasi. Nutq - ma’lum bir milliy tilda ifoda, fikr va hissiyot va harakatda tilning namayon bo’lishdir. Nutqning xususiyatlari uning maqsad va bildirgan mazmuniga bog’liq bo’ladi. Badiiy nutqning xususiyati shundan iboratki, u obrazli shaklning bir ko’rinishi sanaladi. Shu sababli unga san’atdagi barcha shakllarga xarakterli bo’lgan xususiyatlar xos: obrazlilik va ta’sirchanlik (hissiy bo’yoqdorlik). Alohida bir asarni tadbiq etishda adabiyotshunosning vazifasi - badiiy nutqning stilistik o’ziga xosligini o’rnatishdir.
Tilshunoslar badiiy nutq o’rganilishiga boshqa bir maqsad bilan qarashadi. Ular milliy badiiy til normalarining rivojlanishini aniqlashadi. Badiiy nutq o’rganilishiga bag’ishlangan ko’p sonli tadqiqot ishlariga diqqat qaratish uchun, o’quvchi, avvalombor, ana o’sha ikki umuman boshqa-boshqa qarashlarni ko’zda tutishi kerak bo’ladi.
Asarda nutqning mazmuni ko’pincha badiiy shakllarning bevosita o’zlashtirilgan tomoni sifatida aniqlanadi, u estetik jihatdan tinglovchi va o’quvchiga ta’sir o’tkazadi. Adabiyotshunoslikda formalistik maktab mavjudki, ular badiiy nutqning aynan estetik o’ziga xosliklarini mutlaqlashtiradi va o’z diqqatini estetik taassurot uyg’otuvchi tovushli va konstruktiv xususiyatlariga qaratadi. Bunda o’sha xususiyatlarni izohlovchi ikki xatoli fikrlar to’qnashuviga duch kelamiz. Birinchidan, nutq xususiyatlari ular ifodalovchi mazmun chizig’ida qaraladi, o’shanda uning estetik xususiyatlari badiiy so’z ustasi ishida o’z-o’zini baholash va muhim ahamiyat kasb etib namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, badiiy nutq o’zining estetik yo’naltirishlari bilan umummilliy til normalariga qarshilantiriladi. Lekin amaliyot shuni ko’rsatadiki, milliy tilning ichki qonun-qoidalariga tayanuvchi o’ziga xos she’riy til yaratishga bo’lgan barcha harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi yoki ma’nosizlikka olib keladi. Bunga misol qilib rus futuristlarining she’riy amaliyotini keltirishimiz mumkin. She’riyat tilining formalistik konsepsiyaga bo’lgan metodologik tanqidlarni G.N.Pospelov va L.I.Timofeyev darsliklarida uchratish mumkin.
Bunda she’riy tilning formalistik konsepsiyasini chetlab o’tib, badiiy nutqning yuqori tashkillashtirilgani, estetik sifatini rad etishdan va qarama-qarshi yo’nalishdan qochish zarur bo’ladi.
Badiiy nutq masalasi - adabiyot haqidagi muhim qirralaridan biridir, chunki unga badiiy ijod mahsulining o’ziga xos xususiyati, yozuvchining she’riy mahoratining xususiyatlari taaluqlidir. U anchadan beri tadqiqotchilar va yozuvchilarning ham diqqatini qaratib kelmoqda. Bu masalaga bag’ishlangan o’tgan asrning asosiy mehnatlari sifatida B.M.Tomashevskiyning “Til va adabiyot”, V.V.Vinogradovning “Badiiy adabiyot tili haqida”, L.I.Timofeyevning “Adabiyot
nazariyasi muammolari”, A.V.Chicherinning “G’oyalar va uslublar” asarlarini sanab o’tish mumkin.
Badiiy nutq - bu til vositalari yordamida badiiy asarda obrazli ma’no ifodalashdir. Tashqaridan qaraganda, badiiy nutq oddiy so’zlashuv nutqidan hech farq qilmaydi, lekin u birinchi navbatda estetik funksiya bajaradi. Badiiy nutq har bir ishlatilgan so’z va konstruksiyalar yordamida muallif maqsadini amalga oshiradi va asar ma’nosini ochib beradi. Til bir vaqtning o’zida ham tasvir vositasi, ham tasvir predmeti sifatida namayon bo’ladi. Chunki muallif, bir tomondan voqea-hodisalarni, odamlarni va predmetlarni tasvirlashda ulardan foydalansa, boshqa bir tomondan esa o’quvchilar bilan qahramonlar nutqining lisoniy o’ziga xosliklari ustida bosh qotiradi.
Badiiy nutqning eng yorqin xususiyatlaridan biri - bu asar personajlarining o’ziga xosliklarini (nutqiy xarakteristikasini) til vositalari yordamida yetkazib berishdir. Masalan, N.V.Gogolning “O’lik jonlar” asarida, zamindor Manilov nutqining xarakterli xususiyatlari sifatida bo’rttirib yuborilgan xushmuomalaligi, kichraytirish suffukslaridan foydalanishi sanaladi. Uning qiyofasining ko’rinishi, harakatlari, u istiqomat qiluvchi joy, uning xaraketristikasining badiiy nutq orqali tasvirlanishi o’quvchiga obrazni tushunib yetishishiga yordam beradi. Badiiy nutq vositalari nafaqat personajlarga bo’lgan xarakteristika va muallifning fikrini, balki asarda ifodalangan har qanday predmet yoki voqealarni yetkazib berishi mumkin. Yana bir boshqa badiiy nutqning asosiy funksiyasi - bu muallif nutqidan qahramon nutqining ajratilishidir. Bunda muallif bir chetda turib, so’zni qandaydir bir personajga beradi. Odatda badiiy nutq hikoyada yorqin xususiyatlarga ega (umumxalq, sheva so’zlari va b.) va bamisoli muallif bir tomondan hikoyanavisga qarab turgan o’quvchini bir-biriga bog’laydi. Bunga yaqqol misol sifatida M.M.Zoshenkoning hikoyasini keltirishimiz mumkin. Unda asosiy hikoyachi – “Halol fuqaro” (militsiyaga xat) hikoyasidagi ma’lumoti kam, oddiy ishchi yoki kichik xizmatchi sanaladi. Badiiy nutq, shuningdek, ifoda tarzining o’zgarishini aks ettiradi - so’zni personajlardan biriga berib, ichki monolog yaratadi; masalan,
F.M.Dostoyevskiy asarlarida “polifoniya”, ya’ni qahramonlar va muallif ovozlari badiiy nutq vositalari yordamida yaratiladi
Badiiy nutqda so’z (uning qahramon yoki muallifga taaluqligidan qat’iy nazar) alohida ma’no-mazmun kasb etadi va “ma’noning oshib ketishi” sodir bo’ladi (V.V.Vinogradov), ya’ni matnda oddiy ma’no qo’shimcha mazmun og’irligini qabul qiladi. Bunday mazmun turli xil faktorlarga bog’liq holda ta’kidlanadi - bular asar kompozitsiyasi va uning obrazli sistemasi. Masalan, A.P.Chexovning «Ionich» asarida har bir bobning so’nggisidagi jumlalar alohida og’irlik kasb etadi. (Shuncha harakatlar, va lekin! Eh, semirish kerakmas edi!)
Badiiy nutq turli xildagi badiiy vositalardan foydalanadi: metaforalar, kinoya, so’z o’yini (tajnis), inversiya, boshqa matnlarga allyuziya va boshqalar. Bu vositalarning har biri faqatgina butun matn fonida to’liq ochilishni qabul qiladi.
Badiiy asarlarning bu yo’nalishi ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar tomonidan tadqiq etiladi. Badiiy nutq tilshunoslari, avvalombor, maxsus vositalar va normalar xarakterli bo’lgan tilni qo’llash shakllaridan biri sifatida qiziqtiradi. Bunda tayanch tushunchasi sifatida «badiiy adabiyot tili» (yoki tushunarliroq qilib aytganda “she’riyat tili”) turadi, tilning bu tartib-qoidalarini o’rganuvchi tushuncha esa “lingvistik she’riyat” deb nom oladi. [39; 89-bet] Adabiyotshunoslik katta darajada mazmundor shakllardan biri sifatida tushuniladigan “badiiy nutq” so’z birikmasiga tayanadi.
Adabiyotshunoslik qonun-qoidasida, badiiy nutqdan tarkib topgan predmetni stilistika (bu atama avvalo tilshunoslikda ildiz otgan) deb atash qabul qilingan. Stilistika - boy va yetarli darajada qat’iy atamalariga ega bo’lgan adabiyotdagi qayta ishlangan fan sohasi. Badiiy nutq nazariyasiga bo’lgan ilk qarashlar formalizm maktabiga qarashli (V.B.Shklovskiy, R.O.Yakobson, B.M.Eyhenbaum, G.O.Vinokur, V.M.Jirmunskiy) bo’lib, uning ochilishi bilan keyingi adabiyotshunoslikda jiddiy ta’sir o’tkazadi. Bu sohada V.V.Vinogradovning qilgan tadqiqot ishlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, u badiiy nutq, nafaqat uning adabiyot normalariga javob bo’ladigan til bilan, balki umumxalq tili bilan bo’lgan o’zaro munosabatini o’rganib chiqdi. [44; 4-bet]
Stilistika (Uslubshunoslik) tushunchalari va atamalari bir qator o’quv qo’llanmalari uchun predmet vazifasini o’taydi. Ular qatorasida birinchilikda haligacha o’zining ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan B.V.Tomashevskiyning kitoblarini kiritish mumkin. [43; 77-bet]
Badiiy nutq - kitobiy nutqning funksional turlaridan biridir. Bunda u ratsional bilimlar orqali emas, balki uning obrazlari va uning hissiy o’zi yaratgan adabiy qahramon kechinmalari bilan yashashi orqali dunyoni bilishga xizmat qiladi; bunda alohida o’rinni muallifning dunyoga qarashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Badiiy muloqotning asosiy maqsadi (nima uchun gapiryapmiz?) - bu estetik ma’no kasb etish; badiiy nutq kishining amaliy faoliyati bilan bevosita bog’lanmagan, ko’rsatmali xarakterga ega; badiiy muloqot jarayonida axborotning oddiy tarzda berilishi maqsad emas, ko’pincha vosita sifatida yuzaga keladi; badiiy matn bahosi shundan iboratki, u bizga tasavvurimizda o’ynash va umumiy xususiyatlarni gavdalantirgan personajlar taqdirini boshdan kechirish imkoniyatini beradi.
Badiiy muloqotning ishtirokchilari (kim gapiryapti?) - bular, bir tomondan badiiy asarni yaratadigan muallif, aniq bir inson, va noaniq sondagi ko’plab o’quvchilar (noldan cheksizlikkacha) sanaladi. Axborot jo’natuvchi va qabul qiluvchi o’rtasidagi munosabat turli xil badiiy matnlarda o’zgaradi, farqlanadi (bir-biri bilan munosabatga kirishishga intilishdan tortib, bir-birini to’liq rad etishgacha). “She’rlar - doim iqror bo’lish demakdir. Shoir avvalo yaratadi, so’ngra esa o’zi uchun o’zining o’y-fikr va hayajonlarini aniqlab oladi” (B.Ya.Bryusov). Hattoki, yozuvchi o’quvchiga ta’sir o’tkazmoqchi bo’lgan paytda ham, bu ta’sir bevosita ko’rsatkichlar va chaqiriqlar bilan emas, balki o’quvchi qanday bo’lsa ham qahramon va muallif shaxsiyati bilan o’zini bog’laydigan, birgalikda qayg’uradigan shart-sharoit yaratish bilan amalga oshadi.
Nutq predmeti (nima haqida gapiryapmiz?) tematik jihatdan cheksiz, lekin badiiy matnda qanday bo’lsa ham inson haqida gapiriladi (hattoki hayvonlar, jonsiz predmetlar, fantastik personajlar haqida hikoya qilinganda ham), asosiy tasvir
obyekti - inson, uning taqdiri, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabat, shu sababli ham aytish mumkinki, badiiy adabiyot insonni inson bo’lishga o’rgatadi, unga axloq, muomala darslarini beradi.
Aytish mumkinki, badiiy nutq til vositalarini tanlash va ulardan foydalanishda to’liq erkinlikka ega. Birinchi galdagi ma’no ijodiy shaxsiyatning individual til ma’zasiga ega. Badiiy matnning alohida xususiyati – “ma’noli shakl”: oddiy tilning til vositalari badiiy butunlik, obrazli va emotsional voqelik yaratishda ishlatiladi.
Badiiy nutqda aniq mazmunga ega bo’lgan so’zlar faol tarzda ishlatiladi; mavhum leksika konkretlashtiriladi. Ko’chma ma’noning turli xillari keng miqyosda ishlatiladi, lekin obrazli muhitda, nafaqat, ma’no ko’chishiga asoslangan leksik birliklar gavdalanadi, balki har qanday neytral so’zlar alohida kontekst tashkil etilishi yordamida yagona estetik butunlikga ergashadi va natijada obrazli ma’noga - yangi, badiiy jihatdan to’g’ri mazmunga erishadi. Obraz yaratishda, shuningdek u yoki bu grammatik shakllarning yoki konstruksiyalarning turli xil ma’noli bo’yoqlar (masalan, fe’lli ko’rinishda, ko’rinish va zamonda, bir tarkibli yoki tugallanmagan gaplar) ishtirok etadi.
Badiiy adabiyotning xususiyatlaridan biri - bu badiiy-obrazli, nutqiy konkretlashtirish. M.N.Kojinoy fikricha, bu badiiy nutqning eng umumiy uslubiy xossasi sanaladi.
Badiiy asar tarkibida so’zlar hamda iboralar sehrli va maftunkor raqqosalarga o’xshaydi, degan edi mashhur rus yozuvchisi M.Prishvin.
Badiiy adabiyotda so’z va gaplar obraz, manzara yaratishning o’ziga xos libosi, materialidir. Talantli yozuvchilarning qalami sehri ostida so’zlar hayotdagi narsa va hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vositadir. Badiiy nutq faqat ko’chma ma’nodagi so’zlarning qo’llanilishidan iborat matn bo’lmay, majoziy vositalar badiiy nutqning o’ziga xos yordamchi vositasidir.
Badiiy nutq muallif nutqi, personajlar nutqi va hikoyachi bayonidan iborat matndir. Muallif nutqi va personajlar nutqining o’zaro aloqadorligi badiiy nutq
uslubiyatining markaziy muammolaridan biridir. Har qanday adabiy asarning badiiy yuksakligi, birinchi galda, nutq qurilishida namoyon bo’ladi.
Badiiy nutq masalasini tilshunoslikning muhim bir sohalaridan bir bo’lgan - stilistika o’rganadi. Tilshunoslar uchun badiiy nutq - bu badiiy tilning kitobiy-yozma turning funksional turlaridan biri, shu xolos. Va, shu sababli ham ular yozuvchilarning birinchi galda badiiy nutqining estetik funksiyasini emas, balki til xususiyatlarini tadqiq etishadi. Adabiyotshunoslar badiiy nutqning estetik ma’nosini o’rganishadi.
Badiiy nutqning holati shu kungacha noma’lum, ko’plab bahslarga sabab bo’lgan. Chunki shunday fikr borki, ya’ni bu badiiy nutq umuman olganda bevosita barcha milliy tillarga bog’lanadi va ularning funksional uslubi sanalmaydi. V.V. Vinogradov yozishicha, badiiy asar - bu so’zlar birlashuvining o’ziga xos turi sanalib, unda har xil nutq turlari - faqatgina badiiy nutq emas, balki so’zlashuv, publisistik va boshqa nutq turlarini ham ajratib olsa bo’ladi.
Shuningdek, badiiy nutq faqatgina badiiy adabiyotning bir sohasi sanaladimi, yoki har bir qobiliyatli hikoyanavis va roman va dostonlar yaratmaydigan notiq ham egalik qiladimi - shu masalada tilshunoslar va adabiyotshunoslar bahslashishadi.
Tilshunoslik atamalaridan foydalanib, shuni aytish mumkinki, nutqning maxsus, ommaviy, so’zlashuv turlari ularning, avvalo, axborot uzatish funksiyasini bajarganliklari va kishining amaliy vazifalarini bajarishi sababli amaliy deb nomlanishi mumkin. Nutqning badiiy-tasviriy turi va uning ko’rinishlaridan biri bo’lgan yozma badiiy nutq bunday funksional fonda informativ nuqtai nazardan emas, balki estetik sifati jihatidan farq qiladi.
Badiiy nutq “axborot berish” bilan shug’ullanmaydi, balki “imo-ishoralar” ko’rinishlari izchilligini yaratadi. Uning o’zi harakatga, “borliq”ga aylanadi. Badiiy nutqni ba’zan she’riyat tili deb atashadi, ular tez-tez ma’naviy madaniyatning tili rolida paydo bo’lib turadi. Shunday badiiy asarlar borki, unda nutq hayot va doimiylik orqasida ruhlanadi. She’riyat, keltirib o’tganimizdek, - qadimiy xudolar tili. She’riyat tilida xabarni uzatishda qanchalik aniqligi emas,
balki qancha estetik va emotsional tasavvur uyg’onishi muhim sanaladi. Kishi so’zlar tanlashga va ularni joylashuviga alohida e’tibor qaratadi.
Badiiy nutq - bu ifodaga qaratilgan nutq sanalib, bunda so’zlovchi uchun axborotni uzatishgina emas, balki uzatish usullariga diqqatni qaratish ham muhim. Ma’nogina emas, balki uning timsolidagi shakl - nutqning o’zi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy nutqda til faqatgina nolisoniy voqelikni ask ettirish vositasi sifatida emas, balki predmet tasviri sifatida ham yuzaga chiqadi. Badiiy asarlarda o’ziga xos madaniy ifodalar kuzatiladi, chunki muallif til vositalari bilan badiiy obraz yaratishga harakat qiladi. Shu sababli badiiy tildan farqli o’laroq badiiy nutqda alohida o’ziga xos ijodiy funksiya borki, u orqali yozuvchi o’zining fantaziyasini yaratadi va harakatga keltiradi. Qadim zamonlarda badiiy nutqqa madaniyat xodimlari murojaat qilishgani tasadduf ham emas.
V.Kojinovaning fikricha, badiiy nutq uchun bir qator belgilar xarakterlidir:
obrazlilik, hissiyotlilik, individuallik, hajmlilik va qayta ishlanganlik.
Badiiy nutq nimadan iborat? Avvalambor, u ko’chma ma’nodagi so’zdan iborat. Lekin obrazli ma’noda faqatgina shu so’zlar emas, balki har qanday neytral so’zlar kontekst ma’noda obrazli va yangi ma’no kasb etishi mumkin. Obraz yaratishda, shuningdek, u yoki bu grammatik shakl va konstruksiyalarning turli xil ma’noli bo’yoqlari qatnashishi mumkin. Badiiy nutq - hajmli bir tushuncha bo’lib, unga she’r va she’riyat turkumlari, obrazli so’zlar (metafora, istiora va b.), stilistik figuralar, turli doirada qo’llanuvchi so’zlar va ko’plab boshqalar taaluqlidir. Unda normaga solingan tarkibiy qismlar bilan bir qatorda, leksika, morfologiya, grammatika normalarini buzadigan vositalar ham bor.
Uni ko’pincha so’z san’ati, badiiy asarlar bilan bog’lab, she’riy til deb atashadi. Haqiqatan ham, badiiy obrazlar yaratish badiiy nutqning muhim vazifasi sanaladi, shu sababli ham unda ko’pincha ekspressiv va hissiy bo’yoqdorlikka ega nutq birliklari ishlatiladi. Bir vaqtning o’zida badiiy nutq uchun oddiylik, tabiiylik, yaratuvchi eng oddiy, barcha foydalanadigan so’zlardan keng foydalanishi xaraketerlidir; va bu orqali esa eng jonli sur’atlarini chizadi. Lekin aynan yozuvchilarning aniq-ravshan obrazlilikka bo’lgan intilishi nutqiy trafaret (andoza)
lardan qochishga, fikrlarni yangi, tilning ifodali qiyofasini yaratishga, oddiy so’zlarni noodatiy tartibda ishlatishga undaydi. Eng tabiiy va oddiy badiiy nutq alohida so’zlar, nutq oborotlarining qat’iy izlanishining natijasi desak bo’ladi.
Andrey Beliy aytganidek, badiiy nutqning “bosh maqsadi” shundan iboratki, unda tovushlar, bo’yoqlar, obraz, syujet, syujet g’oyalari, to’liq ichki sabablarga ko’ra bir-biriga jipslashib boradi. Natijada esa hech bir hodisada tasavvur qilib bo’lmaydigan hajmdagi axborotni o’z ichiga olgan mazmun yaratiladi. O’tgan asrning boshlarida O.E.Mandelshtam aytganidek, “san’at asarining oddiy ko’rinishi kamdan-kam holatlarda undagi o’ta katta siqishtirilgan reallikga nisbatan bizni aldaydi”.
Badiiy nutq sharofati bilan, so’z san’ati obrazlari orqali dunyoni taniydi va ularni hissiy qabul qiladi. Badiiy nutq an’analar va novatorlikning o’zaro bog’lanishi va ta’siri sharoitida rivojlanadi. Asrlar mobaynida ular ko’plab stilistik figuralar va obrazli so’zlarni saqlab keladi. Biroq, folklor doimiy sifatlashlar va boshqa usullarni yaratgan bo’lsa, unda adabiyot tadrijiy rivojlanishi alohida an’anaviy badiiy nutq vositalari strukturasi va funksiyasida individual-yangi rolida ko’payishi bilan bog’lanadi.
Badiiy nutqning o’ziga xos xususiyatlari o’rganilishida rus va xorijiy olimlar, shu jumladan, A.A.Potebnya, A.N.Veselovskiy, B.M. Eyxenbaum, B.V.Tomashevskiy, Yu.N.Tinyanov, B.I.Yarxo, V.V.Vinogradov, V.M.Jirmunskiy, G.O.Vinokur, M.M.Baxtin, R.O.Yakobson kabilar o’z hissalarini qo’shishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |