To’rtinchi muammo - ba’zan qandaydir bir usulning paydo bo’lish mexanizmini tushuntirib berish juda qiyin (masalan, murakkab metaforalarni). Boshqa so’z bilan aytganda, nima sababdan, hattoki o’rta malakali o’quvchi dohiyona metaforalarning tubidagi ma’nosini his etishga va ma’nosiz so’z o’yinlaridan farqlashga qodir degan savolga javob aytish qiyin.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, nutq yashirin ma’no saqlovchi qandaydir bir “potensial” til sifatida ketishi mumkin. Ularni o’quvchilar tomonidan matnga duch kelgan vaqtda taniy oladilar, lekin ifodalarni esa faqatgina dohiy shoir taniy oladi. Bunday “potensial” ma’nolar hududi qayerda joylashganligi va qanday shakllanishi - tilshunoslik, madaniyatshunoslik va psixologiyaning qiziqarli muammosi sanaladi. Lekin, aytib o’tganimizdek, bu yerda javoblardan ko’ra, savollar ko’proq.
Bu kabi barcha muammolar bir-biri bilan bog’langan, va ularsiz badiiy adabiyot teranlikdan mahrum bo’ladi, barchasi faqatgina usullarni va ularning klassifikatsiyasini rasmiy tarzda tanish bilan kifoyalanadi. Shu sababli bunday muammolarga bugun yoki ertaga yo’liqamiz. Boshqa tomondan, badiiy nutq, ohang borasida hali endigina bilimlarimizni oshirayotganligimiz uchun, hozircha psixologiya va falsafaning teran savollari ustida bosh qotirishmiz kerak, katta bosqichda esa badiiy nutqning asosiy qonuniyatlari va usullarini tasvirlashimiz kerak. Shunisi tushunarliki, muammoni ko’ndalang qilib qo’yishning hech bir ma’nosi yo’q, masalan, agar biz metaforaning nima ekanligini bilmasak, mashhur amerikalik tilshunos J.Lakoffning qanday qilib insoniyat borlig’ining tayanch metaforalarini yuzaga chiqarishidan xabardor bo’lmay qolamiz.
2.2. Badiiy nutqning tarkibi va umumiy xususiyatlari
Badiiy-nutqiy vositalar turli-tuman va ko’p rejali. Ular bizning diqqatimizni tortadigan sistemani tashkil etgan bo’lib, R.O.Yakobson va Ya.Mukarjovskiylarning ishtirokidagi yozilgan “Praga lingvistik maktabi vakillarining tezislari” (1929) asarida she’riyat tilini o’rganish sohasida formal maktab tomonidan xulosa qilingan.
Birinchidan, turli xil kelib chiqish va emotsional “ma’no”ga ega so’z va so’z birikmalari majmuidan iborat leksik-frazeologik vositalardir. Leksik-frazeologik birliklarga tilning morfologik hodisalari (asosan grammatik) tutash bo’ladi. Bularga misol qilib, o’zbek folklorida udum bo’lgan kichraytirish qo’shimchalarini keltirish mumkin. R.O.Yakobsonning badiiy nutqning grammatik tomonlariga bag’ishlangan ishlarida Pushkinning “Men sizni sevar edim….” she’ridagi
olmoshlarning (birinchi va ikkinchi shaxslar) sistemasi tahlili tajribasi qilingan. “Fe’lli shakllar va nisbatlarning turli xil zamon va sonlarning bir-biriga mosligi, yonma-yonligi, kontrasti (qarama-qarshiligi) alohida she’rlar kompozitsiyasida haqiqatan yetakchi rolini qo’lga kiritadi” deb tasdiqlaydi olim. Bunday xildagi she’riyatda (obrazsiz) “Grammatik figuralar” obraz-kinoya xususiyatini yo’qotishini payqaydi. [49; 462, 469-betlar]
Ikkinchidan, tor ma’noda nutqiy semantika - bu so’zlarning ko’chma ma’nosi, kinoya, troplar, avvalambor, A.A.Potebnya she’riylik va obrazlilikning yagona va asosiy manbasi sifatida qaragan metafora va metanimiyalar sanaladi. Shu yo’nalishda badiiy adabiyot xalqning va jamiyat nutqiy hodisasining so’z assotsiyatsiyasini yaratadi.
Ko’pgina vaziyatlarda (asosan XX asr poeziyasiga xarakterli) to’gri va ko’chma ma’nolar orasidagi chegara, aytish mumkinki, predmetlar atrofida ularni to’g’ridan-to’g’ri ifodalamasdan erkin aylanib yuradi. S.Mallarm, A.A.Blok, M.I.Svetayeva, O.E.Mendelshtam, B.L.Pasternaklarning ko’pgina she’rlarida tartibsiz fikrlar yoki tasvirlar ko’pchilikni tashkil qilib, tashqi chigal muallif fikrining ifodasi - intiqib qolgan nutq - imkoni boricha kutilmagan birikmalar bilan
boyiydi. Bu shoirlar so’z san’atini mantiqiy tashkillashtirilgan nutq normasidan ozod qilishadi. Kechinmalar so’zlarda erkin va bemalol yuzaga chiqa boshlaydi.
Blok zamonaviy she’riyatni nazarda tutib “Axir hodisa so’z xo’jayinidir” degan edi. Jonli so’z predmetni ifodalamaydi, balki erkin tarzda predmet ma’nosi, ko’rinishi, tanasini tanlaydi. Hodisalar atrofida so’z erkin aylanadi. [32; 42-bet]
Personajlar nutqi, albatta, badiiy metodga ham bog’liq bo’ladi: yozuvchi realizmdan qancha uzoqlashsa, shuncha ko’p imkoniyati paydo bo’ladi, chunki uning qahramonlari o’y-fikrlarida, hissiyotlarida, xatti-harakatida, nutqida nafaqat xarakterning mohiyati, balki butun asarning qanchadan-qancha fikriy-emotsional intilishlari, qanchadan-qancha muallif nutqining asosiy xususiyatlari ochib beriladi. Mana, masalan, Karamzinning bir qissasida dehqon qizi shunday deydi: “Bechora Liza”: “Salom, qadrli cho’pon bola! Qayerlarga chopqillab ketyapsan? Qo’ylaring uchun bu yerda ham o’t-o’lanlar o’sadi, va bu yerda ham shlyapang uchun gulchambar to’qish uchun izlayotgan gullaring o’smoqda”. Hissiy jihatdan, leksik birliklarning tanlanishi jihatidan, ohang jihatdan - bu qahramonning xarakterini sentimental tarzda ideallashtirish vositasi sifatida yaqqol ko’ringan muallifning o’z nutqi sanaladi.
Badiiy asarda so’zni muhokama qilishdagi umumiy qoida - bu nutqiy elementning kontekstini tushunib yetishdir. Mashhur adabiyot nazariyotchisi L.I.Timofeyev kontekstlarning turli xilligiga misol qilib Pushkin matnlaridan biridan bir so’zni olib ko’rsatadi. “To’xta”, - deydi Salyeri zahar bilan vino ichayotgan Motsartga qarab. “To’xta”, - deb pichirlaydi yosh lo’li ayol Zemfiraga qarab. “To’xta”, - deb qichqiradi bolakay Aleko, uni hanjar bilan urib. Har bir vaqtda bir so’z har xil eshitiladi; asarda uning barcha sodir bo’layotgan narsalar bilan sistemali bog’liqliklarini topish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |