Stilistik figuralar - fikrning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun qo’llaniladigan o’ziga xos belgilangan nutqning oborotlar stilistikasidir. Asosiy stilistik figuralar - bular anafora, epifora, gradatsiya, parallellik, antiteza, inversiya, ritorik so’roq, ritorik xitob, ritorik murojaat, oksyumoron.
Anafora - har bir parallel qatorning boshida bir-biriga o’xshash tovush, so’z yoki so’z guruhlarining takrorlanishidan, ya’ni nutqning mustaqil bo’laklariga
nisbatan ikki yoki undan ortiq boshlang’ich qismining takrorlanishidan iborat bo’lgan figura.
Epifora - nutqning yonma-yon bo’laklari so’nggida bir so’zning qaytarilishidan iborat bo’lgan figura.
Gradatsiya - bir necha (odatda uchta) bir xildagi gap bo’laklarining ketma-ket ishlatilishi. Bunda ko’pincha oldingi so’zning ma’nosini kuchaytirishga xizmat qiluvchi sinonimlar ishlatiladi.
Parallellik - qo’shni gaplar yoki nutq bo’laklarining bir xil sintaktik qurilishi.
Antiteza (qarshilantirish) - bir tushunchaninig zid ma’nosining qarama-qarshi qo’yilishi.
Inversiya - gap bo’laklarining noodatiy tartibda joylashuvi. Bunda muallif muhimroq nuqtalarga, so’zlarga diqqatni qaratadi.
Ritorik so’roq - javobi oldindan ma’lum bo’lgan savol yoki so’rovchining o’zi javobini beruvchi savol ifodalovchi figura sanaladi.
Ritorik xitob - hissiyotning eng yuqori nuqtasi. Ritorik xitob turli xil muallifning hissiyotlarini beradi: hayratlanish, xursandchilik, qayg’u va boshqa. Xatda ritorik xitob odatda undov belgisi bilan tugallanuvchi gapdan iborat bo’ladi. Ritorik xitobni o’qishda undov ohang bilan beriladi.
Ritorik murojaat - shartli xarakterga ega murojaat. Unda asosiy rolni matn emas, balki murojaat ohangi o’ynaydi. Ritorik murojaat ko’pincha monologlarda uchraydi.
Oksyumoron - bir-biriga mos kelmaydigan, qarama-qarshi tushunchalarning kutilmagan bog’lanishi (“Pomeshchik qizi-dehqon ayol” A.S.Pushkinning dostoni nomi)
Nutqning leksik ifoda vositalari bo’lmish metafora, metanimiya, sinekdoxa, epitet, qiyoslash, jonlantirish, mubolag’a, litota va boshqalarni troplar (ko’chma ma’nodagi so’z, obrazli ifoda) deb ataymiz. Trop yunon tilidan tarjima qilinganda “oborot, gap tuzilishi” ma’nosini anglatadi. Bu termin orqali ko’chma ma’noda qo’llangan so’zni nazarda tutamiz. Badiiy nutq oddiy nutqdan shunisi bilan
farqlanadiki, unda nutqni bezovchi va uni ifodaliroq, chiroyliroq qilishga harakat qiluvchi so’zlarning alohida oborotlari ishtirok etadi. Ushbu sohani o’rganishdagi asosiy o’rinni badiiy adabiyot uslublari egallaydi, nutqning turli uslublarda ifoda vositalari o’zgarib boradi. Badiiy nutq uchun “ifodalilik” tushunchasida muhim narsa - bu badiiy asarning (matnning) o’quvchida emotsional, estetik ta’sir o’tkazish va yorqin obrazlar va poetik tasvirlar yaratish qobiliyati sanaladi.
Biz tovushlar dunyosida yashaymiz. Tovushlarning o’zi ijobiy hissiyot uyg’otishi mumkin, boshqalari esa bezovta qiladi, havotirlantiradi, vahima hissini uyg’otadi yoki tinchlantiradi. Tovushlar obrazlarni chaqiradi. Tovushlar kombinatsiyasi yordamida kishiga emotsional ta’sir o’tkazishi mumkin, biz ularni badiiy adabiyot asarlarini o’qiyotib qabul qilamiz.
K.D.Balmont nutq tovushlariga obrazli xarakteristika bergan: tovush bamisoli “kichik jodulovchi gnom”, sehrgarlik.
Ma’lum bir tartibda ma’lum bir tovushlarning nutq ifodasining badiiy usuli kabi obraz yaratish uchun ishlatilishi jarangdorlik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |