2.3. Badiiy nutqning boshqa nutqiy faoliyat turlari bilan o’zaro aloqalari
Og’zaki va yozma badiiy asarlarning nutqi o’zi uchun intensiv ravishda ham og’zaki, ham yozmada, nutqiy faoliyatning eng turli-tuman shakllarini tanlaydi. Ko’p asrlar mobaynida, yozuvchilar va shoirlarga notiqlik san’ati va notiqlik
prinsiplari faol tarzda ta’sir qilib kelgan. Aristotel ritorikani “har bir predmetga nisbatan mumkin bo’lgan ishontirish usulini topish” qobiliyati sifatida belgilab o’tadi. Dastlab (Qadimgi Yunonistonda) ritorika (notiqlik) - notiq tomonidan qo’llangan gapga chechanlik, qoidalar majmui nazariyasi hisoblangan. Keyinchalik (o’rta asrlarda) notiqlik qonun-qoidasi diniy va’z va maktublar yozishda, shuningdek, badiiy she’riyatda ham keng tarqalgan. Bu soha bilimlarining vazifasi “ma’lum bir janrlar matnini yaratish san’atini o’rganish”dan iborat bo’lgan. Bu ilmning predmeti – “foydali muloqot shartlari va shakllari”.
Ritorika adabiyot uchun boy ozuqa berdi. Bir necha asrlar mobaynida nutqning shakllanishi (asosan epopeya, tragediya, qasida kabi yuqori janrlar doirasida) xalq, notiqlik nutqi, ritorikaning tobe tavsiyalari va qoidalariga o’z maqsadini qaratgan. Bejizdan “romantikkacha” bo’lgan davr (antik davrdan klassisizmgacha bo’lgan davr) ritorik madaniyatning pallasi sifatida xarakterlanmaydi.
Romantizm davriga kelib (va undan keyin) adabiyot uchun ritorika va uning ahamiyati ishonchsizlik va shubha uyg’ota boshlaydi. V.G.Belinskiy 1840-yillarning ikkinchi yarmida maqolalaridan birida yozishicha, yozuvchilar ijodiyotida ritorik omil tabiiylikning zamonaviyligi uchun tirishqoqlik bilan qarama-qarshi turdi. Ritorika ostida u “voqelikning ixtiyoriy yoki noixtiyoriy maktubosi, hayotning soxta ideallashtirilishi”ni nazarda tutgan. O’sha vaqtlarga kelib adabiyotda sezilarli darajada o’zining ilgarigi notiqlik san’ati bilan bo’gliq bo’lgan aloqalari zaiflashadi (to’liq yo’qolmagan bo’lsa-da)
Yu.M.Lotmanning fikriga qaraganda XVII-XIX asrlar mobaynida Yevropa madaniyati qoida va normalarga rioya qilishga yo’naltirilganlikdan rivojlandi, ya’ni ritorik murakkablikdan stilistik oddiylikka qarab. Og’zaki va yozma adabiyot san’atining old sahnasida barcha qat’iyliklar ritorika yo’nalishlari tomonidan aytilmagan erkin-so’zlashuv nutqiga qarab boradi. A.S.Pushkinning ijodi shu munosabat bilan huddi xorijda ikki nutqiy madaniyat an’anasida joylashgandek tuyuladi. Uning asarlari ko’pincha ritorik va so’zlashuv nutqidan iborat bo’ladi. “Stansiya nazoratchisi” qissasiga bo’lgan notiqlik kirish qismidagi parodiya,
keyingi oddiy qissanavislikdan farq qiluvchi ohangdoshlik, «Suvoriy» (qayg’uli bezaksiz Yevgeniya taqdiri haqidagi hikoya va qasidaviy kirish) dagi stilistik xilma-xillik; “Motsart va Salyeri” dagi qahramonlarning nutqiy odatlari xilma-xilligi yaqqol sezilib turadi va muhim ahamiyatga ega.
Suhbat so’zlashuv nutqiga olib boruvchi kishilarning eng muhim muloqot turi sifatida o’zbek va rus klassik adabiyotida keng ko’lamda aks etadi. “Musibat”, “Yevgeniy Onegin”, N.A.Nekrasov she’rlari, N.S.Leskov qissa va hikoyalari, A.N.Ostrovskiy va A.P.Chexov pyesalari shular jumlasidan. Aytish mumkinki, XIX asr yozuvchilari deklamatsion-notiqlik, ritorika-she’riy formulalardan iste’moldagi, erkin, suhbat nutqiga o’z diqqatini qaratadi. L.Ya.Ginzburg so’ziga qaraganda, Pushkin she’rlarida “odatiy so’zning poetik (she’riy) so’zga mo’jiza bilan aylanishi” sodir bo’ladi.
Shunisi ahamiyatliki, XIX-XX asrlarda adabiyot butunligicha yozuvchilar va olimlar tomonidan muallif bilan o’quvchining o’ziga xos suhbati shakli ekanligini tushunib yetadi. Ingliz romannavisi R.Stivenson so’zlariga qaraganda, “adabiyot o’zining barcha ko’rinishlarida iliq suhbatning soyasi sifatida yuzaga chiqadi” A.A.Uxtomskiy fikricha, har qanday badiiy ijodning eng asosini suhbatdosh yuragidan hisni izlab topishga bo’lgan qondirib bo’lmaydigan va hech to’ymaydigan ishtiyoq tashkil etadi.
Ko’ringanidek, badiiy asarlarning so’z orqali ifodalangan mazmuni og’zaki nutq bilan chuqur bog’langan va uni faollik bilan rag’batlantirib turadi. Shuningdek, badiiy nutq ko’pincha nobadiiy nutqning (maktubiy shaklda yozilgan ko’pgina roman va qissalar, kundalik shaklidagi she’riy doston va memuarlar) yozma shakllarini amalga oshiradi. So’z san’atining yozma san’at bilan bog’liqligini zamonaviy shunday olimlar mutlaqlashtiradiki, natijada muallif tomonidan yaratilgan matn “maktub ishlab chiqarish jarayoni” deb izohlanadi. (R.Bart) “Maktub aynan nutq tugagan vaqtda paydo bo’ladi, va biz kim gapirayotganini aniqlay olmaymiz, faqatgina bu yerda nimadir gapirilayotganini qayd qilishimiz mumkin”.
O’zida badiiy nutqdan tashqari shakllarni singdirib, adabiyot osonlik bilan va shiddatli tarzda til normalaridan og’ishiga yo’l qo’yadi va nutqiy faoliyat sohasida yangilikni amalga oshiradi. Yozuvchilar va shoirlar til yaratguvchilari sifatida sahnaga chiqishadi, buning yaqqol namunasi sifatida B.Xlebnikovani keltirishimiz mumkin. Badiiy nutq, nafaqat milliy tillarning boyligiga diqqatini qaratadi, balki ularni yaratadi va mustahkamlaydi. Aynan so’z san’atida badiiy til shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |