Ona tili va bolalar adabiyoti
Mazkur fan dasturi umumiy tilshunoslik fani haqida qisqacha ma’lumot, o‘zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasi, leksikografiyasi, hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at tarkibi, fonetik tizimi, grafikasi, orfografiyasi, orfoeipiyasi, grammatik qurilishi, morfologiyasi, sintaksisi, putnktuatsiyasi, o‘zbek tili uslublari, bolalar adabiyoti haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan.
Ona tili fanini chuqur o‘rganish uchun falsafa, tarix, etnografiya, adabiyotshunoslik fanlaridan xabardor bo‘lish talab etiladi. Tilning rivojlanish tarixi millat tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tilning lug‘at boyligida yuz beradigan o‘zgarishlar jamiyat, xalq tarixida yuz bergan o‘zgarishlar asosida amalga oshadi.
Badiiy adabiyot adabiy tilni yangiliklar bilan boyitish uchun juda katta ahamiyatga egadir, shuning uchun talabalarni til muammolarini hal qilishda badiiy adabiyotgatayanishga o‘rgatish lozim.
Ona tili fanining amaliy ahamiyati quyidagilar bilan xarakterlanadi:
Har bir inson, aytiqsa, ziyoli inson o‘z ona tilining imkoniyatlaridan mumkin qadar unumli foydalani bilishi kerak;
On tili har bir millat sifatida farqlantiradigan, shakllantiradigan buyuk ne’mat eaknligini tushuntirishimiz kerak;
Ona tili fani milliy til va uning tarkibiga kiruvchi adabiy tilning an’anaviy vazifalaridan tashqari, kompyuter lingvistikasining keng imkoniyatlarini hayotga tatbiq etishda katta rol o‘ynaydi.
Fanning asosiy maqsadi – bo‘lajak o‘qituvchilarga ona tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz meyorlari, lug‘at boyligi, imlo qoidalariva grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillshatirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir [25; 3-b.].
Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi
Mustaqil respublikamizda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy
va madaniy o‘zgarishlar Xalq ta’limi tizimida ham o‘z aksini topmoqda.
0 ‘zbekistonda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizitnini takomillashtirish, shu asosda ta’lim
sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazish ta’lim sistemasining eng dolzarb
vazifasiga aylandi. Oliy ta’Iimning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar,
ob’ektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan
boMib, yuqori malakaii mutaxassislarni tarbiyalashda asos sifatida qabul qilingan.
Davlat ta’iim standartlari tayyorlanayotgan kadrlaming malaka va ko‘nikmalariga
yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu taiablar zamonaviy sharoitiardan bevosita keiib
chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual
elitani shakllantirishdan iborat. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash
sifatini oshirishni taqozo etadi. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan DTS
talablari ichida matematika faniga doir taiablar alohida o‘rin tutadi.
Mazkur dastur 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish ta’lim
yo‘nalishi uchun qabul qilingan davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida
matematika kursining nazariy asoslari bo‘yicha tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |