№
|
Zamonaviy darslikning asosiy funksiyalari
|
Zamonaviy darslikning asosiy funksiyalarining mazmuni
|
1.
|
Axborotni uzutish funksiyasi
|
Bu funksiya talaba muayyan fan bo‘yicha egallashi majburiy bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar mazmunini qamrab olinishini ta’minlaydi
|
2.
|
Muvofiqlashtiruvchi funksiya
|
Darslikning bu funksiyasi o‘quv materialini loyihalash jarayonida boshqa o‘quv manbalarida keltirilgan materiallarni o‘rganish, ular orasidagi uzviylikni ta’minlash, talabalarga axborot oqimini tez o‘zlashtirish va olgan bilimlarni chuqurlashtirish hamda amaliy faoliyat jarayonida qo‘llash yo‘llarini topishni qamrab oladi
|
3.
|
Tizimlovchi funksiya
|
O‘quv fani mazmunini tizimlangan shaklda qat’iy ketma – ketlikda oddiydan murakkabga qarab bayon qilinishini ta’minlaydi. Darslikning ushbu funksiyasi, birinchidan, o‘quv materiali kasbiy faoliyatga bog‘liq bo‘lgan asosiy nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zida qamrab olishi; ikkinchidan, darislikda biron – bir faoliyatni bajarish ketma-ketligining ta’minlanishi; uchinchidan, darslikda alohida arakatlar va jarayonlarni bajarishga talabalarning individual ehtiyojlariga yo‘naltirilgan amaliy topshiriqlar berilishi; to‘rtinchidan, o‘quv materiallari o‘zida reproduktiv faoliyat usullarini va unga mos holda produktiv jihatlarni o‘zida qamrob olishi; beshinchidan, tushunchalar va terminlar aniq bir tartibda saqlanishini ta’minlashi kerak
|
4.
|
Mutaxassislikka yo‘naltirilganlik funksiyasi
|
Darslikning mazmuni talabaning mutaxassislik bo‘yicha ishlab chiqarish va mehnat jarayonlari, obektlari, texnika va texnologiyalari to‘g‘risidagi asosiy fundamental tushuncha va bilimga ega bo‘lishini ta’minlashi hamda kelajakda ularga tayanib yangi ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilish va o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilishi kerak
|
5.
|
Didaktik funksiyasi
|
Talabalarning qobiliyati va ehtiyojiga mos ravishda o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishga hamda asosiy mazmunini ajratish, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosalash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi
|
6.
|
O‘zlashtirgan bilimlarni mustahkamlash va o‘z – o‘zini nazorat qilish funksiyasi
|
Talabaning o‘qituvchi rahbarligida yoki mustaqil tarzda darslikdagi nazorat savollari, test materiallaridan foydalanib, o‘z bilimini tekshirishi hamda ularga tayangan holda amaliy mashg‘ulotlarni bajara olish kabi faoliyatlarga ko‘maklashishdan iborat
|
7.
|
Mustaqil bilim olishga qiziqtirish va ijodkorlikka undovchi funksiyasi
|
Ushbu funksiya talabalarga mustaqil tarzda ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoq, ehtiyoj va zaruriyatni uyg‘otishi, qiziqtirishi, yetishmaydigan bilimlarni mustaqil tarzda to‘ldirishga yordam berishga yo‘naltirilgan
|
8.
|
Rivojlantiruvchi – tarbiyalovchi funksiya
|
Ushbu funksiya o‘quv materiallari asosida shaxsning vatani va xalqiga e’tiqodi, ma’naviy – insoniy xislatlar: Vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning faol shakllanishiga ko‘mak berishdan iborat
|
4.5-rasmdagi zamonaviy darslik modeliga muvofiq darslik ikki qismdan iborat bo‘ladi va quyidagii asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi: