Samarqand 2021 Dangasaliging bilan maslahat qilishdan avval 1-avgust bilan kengash. MorfemikaDA


SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI MORFEMALAR



Download 59,76 Kb.
bet5/5
Sana19.05.2022
Hajmi59,76 Kb.
#604615
1   2   3   4   5
Bog'liq
Morfemika

SINTAKTIK SHAKL YASOVCHI MORFEMALAR
Topshiriq. Kitobim, kitobni so‘zlarida kitob so‘ziga qo‘shilgan –im va ni morfemalari o‘zi qo‘shilgan so‘zni boshqa so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi.
So‘zga qo‘shilib, uni ma‘lum morfologik shaklini ko‘rsatuvchi va boshqa so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi shakl yasovchi morfemalarga sintaktik shakl yasovchi morfemalar deyiladi. Ularning 2-nomi munosabat shakllari ham deyiladi.
Egalik, kelishik, shaxs-son, zamon, mayl, bog‘lama morfemalari sintaktik shakl yasovchi morfemalardir. Ular:
EGALIK QO‘SHIMCHALARI



Birlik

Ko‘plik

Misollar

I. Shaxs

-im

-imiz

Kitobim

II. Shaxs

-ing

-ingiz

kiyimingiz

III. Shaxs

-si

-(lar)i

kitobi


KELISHIK QO‘SHIMCHALARI

Bosh kelishik

- qo‘shimchasi yo‘q

Qaratqich kelishik

-ning, kitobning

Tushum kelishik

-ni, kitobni

Jo‘nalish kelishik

-ga(-ka,-qa), kitobga

O‘rin-payt kelishik

-da, kitobda

Chiqish kelishik

-dan, kitobdan


MAYL QO‘SHIMCHALARI (buyruq-istak, shart, maqsad mayllari)



Birlik

Ko‘plik

Misollar

I. Shaxs

-ay, -ayin

-aylik, -ylik

ketaylik

II. Shaxs

-gin(-kin,-qin),-(i)ng

-ingiz

ketgin

III. Shaxs

-sin

-sinlar

ketsin


SHAXS-SON QO‘SHIMCHALARI



Birlik

Ko‘plik

I. Shaxs

-m,-man taradim, kiyaman

-(i)k,-miz taradik, kiyamiz

II. Shaxs

-(i)ng,-san tarading, kiyasan

-ingiz,-siz taradingiz, kiyasiz

III. Shaxs

-dir, di

-di (lar) kiyibdi(lar)


FE’L ZAMONLARI

O‘tgan zamon:

-di,-(i)b,-gan

Taradi, kirdi, quvondi

Hozirgi zamon:

-yapti,-moqda,-(a)yotir,-(a)yotib

Tarayapti, kirmoqda

Kelasi zamon:

-a,-y,-(a)r,-jak,-ur,-gusi

Kiyadi, taraydi


BOG‘LAMALAR: -man, -san, -dir (-dir-fe’lga bog‘lansa bog‘lama)
ESLATMA: kechasi, ertasi so‘zlarida egalik yo‘q. Bu qo‘shimchalar qotib qolgan.
Bundan tashqari so‘z yasovchi morfemalar qo‘llanish o‘rniga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1.Old qo‘shimchalar;
2.Ort qo‘shimchalar.
OLD QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Ba‘zi hollarda asosdan oldin ham qo‘shimcha qo‘shilishi mumkin. M: bexabar, nodavlat, serhashamat, bama‘ni.
Bunday qo‘shimchalar old qo‘shimchalar sanaladi. Bular, asosan, sifat so‘z turkumida uchraydi
O‘zbek tili asrlar davomida arab, fors-tojik hamda rus tillari bilan o‘zaro aloqada yashab keldi. Buning natijasida tilimizga o‘sha tillarga xos bo‘lgan yasalmalar va so‘z yasalish qolipi ham o‘zlashadi. Shulardan biri old qo‘shimchali so‘zlar va old qo‘shimchalar sanaladi. Flektiv tillarga xos. Bular quyidagilar:
-ba: batafsil, badavlat, bahaybat;
-be: bexavotir, beg‘ubor, befarosat;
-no: noumid, noqulay, norozi;
-ser: serzavq, sergap, serhosil
Shuningdek kam qo‘llanuvchi
-bad: badfe’l, badjahl, badnafs
-bar: barvaqt…
Eslatma: Belgiga ega emaslikni bildiruvchi –no, -siz, -be qo‘shimchalari belgiga egalikni bildiruvchi –mand qo‘shimchasi bilan zidlik hosil qila olmaydi.
ORT QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Ort tomondan qo‘shiladigan qo‘shimchalar ort qo‘shimchalar sanaladi.
-ma, -siz, -dosh M: tortma, davlatmand
O‘zbek tilida asosiy qo‘shimchalar ort qo‘shimchalar hisoblanadi.
-ba, –ser qo‘shimchalari, asosan, otga qo‘shilib, asosdan anglashilgan belgi-xususiyatning me’yordan ortiq, ko‘p ekanligini bildirsa, -be,-no qo‘shimchalari xuddi shu narsalarga ega emaslikni anglatadi. Solishtiring: serma‘no, beibo, behayo, noo‘rin, nomard, badavlat, baquvvat, serfarzand, serqatnov.
Mazkur qo‘shimchalar –li, -siz, -dor qo‘shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo‘la oladi.
M: badavlat-davlatli, beqiyos-qiyossiz, noo‘rin-o‘rinsiz, sertashvish-tashvishli.
Demak, old va ort qo‘shimchalari o‘zaro sinonim bo‘la oladi.


MASHQ. Quyidagi so‘zlarni morfemik tahlil qilib, jadvalni to‘ldiring.

So‘zlar

Yetakchi morfema (asos)

So‘z yasovchi morfema
Old q: Ort q

Lug‘aviy shakl yasovchi morfema

Sintaktik shakl yasovchi morfema

Ma‘rifatlilarni

Ma‘rifat




-li

-lar

-ni

Saodatdan
















Bilimdonning
















Kitobxondan
















Chamanzorlarda
















Yeyilganmas
















Talabalikkagina
















Nimanidir
















Beshtacha
















Bormoqchiman
















To‘lishibsiz
















Beodobligingizdan
















Tuyg‘usini
















Qizg‘ish
















Uychadagi
















Buncha



















1 6-sinf


Download 59,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish