Harakatni idrok etish usullari
Ushbu usullar bolalarning faol harakatli faoliyatiga asoslanadi. Jismoniy mashqlarni bajarish sharoitlarini tartibga solish darajasiga qarab, bu usullar ikki guruhga bo`linadi: qat`iy tartibga solingan mashq usullari va qisman tartibga solingan mashq usullari. Bu farqlar nisbiydir. Har ikki usulning ham o`ziga yarasha qonuniyatlari mavjud. Faqat tartibga solish darajasi va mazmuni farq qiladi. Muayyan sharoitlarda turli guruhlarning ikkita usulini birlashtirish mumkin: bir xil harakat bir vaqtning o`zida o`rganilishi mumkin.
Masalan, qismlarga bo`lib o`rganish va yaxlit o`rgatish usuli bilan chambarchas bog`liq.
Qattiq tartibga solingan mashqlar usullari harakatlarning shaklini, yuklamaning hajmini, uning kattalashishini, dam olish bilan almashinishini va hokazolarni qat`iy tartibga solish bilan harakatni (yoki uning qismlarini) takroriy bajarish bilan tavsiflanadi, natijada ulardan zarur harakatlarni izchil shakllantiradigan individual harakatlarni tanlab olish mumkin bo`ladi.
Qattiq tartibga solinadigan mashqlar usullari harakat qobilyatlarini o`rgatishda (umumiy va qismlarga) va jismoniy sifatlarlarni rivojlantirishda (bir xil, o`zgaruvchan, takroriy) foydalanish mumkin.
Harakatlarni qismlarga bo`lib o`rganish uslubi harakatlarning alohida qismlariga ajratib o`rganishni, so`ngra ularni kerakli yaxlitlikka birlashtirishni nazarda tutadi.
Yaxlit o`rgatish usuli umuman olganda, harakatni o`rganishning yakuniy vazifasi sifatida taqdim etiladigan shaklda o`rganishni nazarda tutadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan mashg`ulotlarda oddiy mashqlarni o`zlashtirish uchun ko`pincha taqlid usuli qo`llaniladi. Bolalarga jismoniy mashqlarni o`rgatishda hayvonlar, qushlar, hasharotlar, tabiat hodisalari va ijtimoiy hayotni taqlid qilish muhim o`rin tutadi. Masalan, quyon, ayiqpolvon kabi hayvonlarning harakatlariga taqlid qilib, bolalar obrazga kirib, zavq bilan mashqlarni bajaradilar. Umuman olganda, harakatni o`zlashtirish va yetakchi mashqlarning asosini tizimlashtirish qiyin bo`lgan holatlarga murojaat qilish mumkin. Jihoz-uskunalar jismoniy mashqlarni o`rganish uchun foydalaniladi, ammo maktabgacha tashkilotlarida ko`pincha jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun foydalaniladi. Eshitish va ko`rish ko`rsatmalaridan foydalanish usullari ko`pincha ko`rish va eshitish usullarini birgalikda qo`llash uslubiyati deb nomlanadi. Shunga qaramay, asosiy xususiyat-bolaning jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida amaliy o`rgatish uslubiyatlariga bevosita murojaat qiladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlari va yurish, yugurish va hokazolarni bajarishda obrazlarga kirish uslubi keng qo`llaniladi, barcha yosh guruhlarida obrazlardan foydalanish yanada yaxshiroq samara beradi. Ammo ko`pincha u kichik yosh guruhdagi bolalar bilan ishlashda qo`llaniladi.
Yaqqol eshitish usullaridan foydalanish ko`pincha tovush, ovozni idrok qilish orqali amalga oshiriladi. Eshitish bo`yicha usullar ritmni egallash va harakat sur`atlarini boshqarish uchun, shuningdek, mashqni to`g`ri bajarish uchun amalga oshiriladi: qo`ng`iroq bog`langan arqon ostidan engashib yurish, (bola unga tegmaslik uchun egilib) harakatni boshlash va tugatish uchun signal sifatida ishlatiladi. Musiqiy ohang ovozi, baraban va nog`ora chalinishi, qarsak chalish va hk.
Yordam Jismoniy mashqlarni o`qitishda bolalarni xavfli holatlardan himoyalash, tananing individual qismlarining jismoniy rivojlanish holatini aniqlash, mushaklarning sezgirligini rivojlantirish, mushaklarda «ijobiy xotira» ni takomillashtirish uchun zarur.
Hayotning birinchi yilida tananing alohida qismlari va bolalarning umumiy gavda harakati birinchi navbatda kattalar tomonidan «boshqariladi», keyinchalik biroz yordam bilan, masalan, emaklashni o`rganayotganda ilk qadamlarini tashlayotganda himoya zarur. Mutaxassis katta guruhdagi bolalarga mashqlar vaqtida qaddi qomatlarini to`g`ri tutib yurishiga, skameykada yurganda, bolaning qo`lini ushlab turish; muvozanatini yo`qotib yiqilishini oldini oladi.
Gimnastika devoriga ko`tarilishda va uzunlikka sakrashda mutaxassis bolalarga himoya qilish va yordam berish kabi vazifalarni bajaradi.
Doimiylik usul shundan iboratki, uni qo`llashdan maqsad, bolalar jismoniy mashqlarni doimiy ravishda, doimiy intensivlikda, tembrda, ritmda, harakat miqdori va harakat oralig`ida ushlab turishga intiladilar.
Doimiylik usul asosan siklik tabiatda mashq qilishda (yugurish, chang`i sporti, suzish), sport zalda, tabiiy sharoitda, kislorodga boy joylarda (o`rmon, park, daryo bo`yida) qo`llaniladi. Ushbu usul chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan va mashqlarni o`rtacha intensivlik bilan bajarishni o`z ichiga oladi. O`pkaning tiriklik sig`imini oshishiga, nafas olish tizimining chiniqishiga yordam beradi.
Almashinish usul doimiy mashqlar paytida yukning ketma-ket almashinishi, harakat tezligini, sur`atni, davomiylikni, ritmni, harakatlarning amplitudasini, harakatning kattaligini, harakatlar texnikasini o`zgartirish bilan tavsiflanadi. Bu mutaxassisga bolaning tezkorlik, chaqqonlik qobiliyatlarini va chidamliligini, harakatlarni muvofiqlashtirishini rivojlantirish, va irodalilik fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Almashinish usulida tsiklik va asiklik mashqlar almashinadi (tezlashtirish bilan yugurish, to`xtash, harakatlanish boshqa tezlikda mashq bajarish va boshqalar).
Takrorlash usulni o`rgatish samarasi to`liq tiklanish tartibida intensiv mashqlarni takroran bajarish natijasida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |