2
millionga yaqin turi, 500 ming o‘simlik turi, 100 mingdan ortiq zamburug‘
turi va 40 mingdan
ortiq sodda hayvonlar turi qayd qilingan. Bu raqamlar doimiy
emas, chunki har yili yangi turlar kashf etiladi.
Xilma-xillik nafaqat tirik mavjudotlarda, balki ekotizimlar va biomlarda ham
uchraydi. Shunday qilib, biologik xilma-xillik deganda tirik organizmlarning
xilma-xilligi, shuningdek ekotizimlar, ekologik komplekslar va ular mavjud
bo‘lgan bo‘g‘inlar tushuniladi.
Mutaxassislarning taxminiy fikriga ko‘ra,
tabiatda hayot kechiruvchi barcha organizmlarning soni 30-70 million,
deb
hisoblanadi.
Biologik xilma-xillikni bir necha jihatlar bo‘yicha tavsiflash mumkin:
1)
Genetik xilma-xillik
2)
Turlar xilma-xilligi
3)
Ekotizimlar xilma-xilligi.
Genetik xilma-xillik bitta tur organizmlari o‘rtasidagi genotiplarning turli-
tumanligini nazarda tutadi. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan har bir tur yig‘ilgan
genetik axborotni o‘zida mujassamlaydi, bu esa turning atrof-muhit o‘zgarishlariga
188
va tabiatda o‘z o‘rnini topishi uchun takomillashishi va moslashishiga yordam
beradi.
Yerda yashovchi hamma turlardagi genotiplar xilma-xilligi genofondni
tashkil etadi. Genofond planetamizdagi mavjudlikni zaruriy shartlar bilan
kelgusiga saqlab berishni amalga oshiradi.
Populyasiyaning mavjud bo‘lishi uchun uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri atrof-
muhitga moslanishi zarur bo‘ladi. Ushbu sharoitlarda uning mavjudligi genotip va
fenotiplarga ega bo‘lishi bilan ta’minlanadi. Populyasiya kelajakda mavjud bo‘lishi
uchun muhitga o‘zining moslanishini saqlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak,
ya’ni muhitning muqarrar o‘zgarishlarida o‘zining genetik strukturasini
o‘zgartiradi (L.Mettler, T.Gregg, 1972). Bu populyasiyada o‘zgaruvchan
sharoitlarga moslanuvchi yangi genotip va fenotiplarning paydo bo‘lishi va takror
ishlab chiqarilishi demakdir. Populyasiyaga adaptiv siljishni amalga oshirishga
imkoniyat beruvchi genetik mutanosiblik turli organizmlarda turli yo‘llar bilan
erishiladi. Mikroorganizmlarda uning ko‘p sonli populyasiyasining katta tezlikda
ko‘payishi bilan har bir vaqt birligida to‘liq yetarli yangi mutantlarning soniga
erishiladi, shu bilan birga ular orasida odatda yangi sharoitlarga moslanuvchanlari
topiladi; bu mutantlarning tez ko‘payishi populyasiyani saqlashni ta’minlaydi.
Populyasiya miqdori (o‘lchami) va ko‘payish tezligi ko‘p hujayrali ayrim jinsli
organizmlarda odatda ancha kichik. Bu organizmlarda genetik mutanosiblik
yashirin genetik o‘zgaruvchanlik hisobiga ta’minlanadi.
Tur xilma-xilligi - bu qandaydir organizmlar jamoasi, ekotizimlar, regionlar
(mintaqalar) ichidagi har xil turlar sonidir. Agar ekotizimda qanchalik tur xilma-
xilligi yuqori bo‘lsa, har xil noqulay sharoitlarda uning barqarorligi shuncha yuqori
bo‘ladi.
Ekotizimlar xilma-xilligi (landshaftlar xilma-xilligi) yashash joy xilma-
xilligi, biosferadagi biotik jamoalar va ekologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar nafaqat umumiy kelib chiqish jihatdan
bog‘langan, balki bir zum ham to‘xtamaydigan o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bilan
tiriklikni saqlab qolishda ishtirok etishadi. Har bir tur o‘zining maxsus funksiyasini
189
bajaradi va boshqasining o‘rnida bo‘la olmaydi. Turli-tuman turlarning barcha
majmui Yer yuzasida tiriklikni ta’minlab turish uchun xizmat qiladi.
Biologik xilma-xillik muammolari ancha keng va murakkab. Biologik
xilma-xillikni o‘rganishning asosiy
maqsadi
bu genofondni saqlab qolishdir.
Masalan, funksional jihatdan o‘simlik genofondini o‘rganish va saqlash bo‘yicha 3
ta asosiy qarash mavjud:
1)
tur chegarasida shakliy xilma-xillikni, ya’ni polimorf turlarni, qaysiki
turning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi geografik va ekologik areallarning
kengayishini baholash orqali o‘rganish; polimorf turlar past ixtisoslashgan,
ularning funksiyasi beqaror, ular ancha kengroq ekologik diapazonda rivojlanishga
moslanishgan, shuningdek seleksiya uchun donor sifatida istiqbollidir.
2)
Genom xilma-xilligini, allel chegarasidagi xilma-xillikni, ularning
mutatsiyalarini aniqlab beradigan xromosom apparatini o‘rganish. Xususan,
genofondni evolyusionistlar aniqlashicha, bu populyasiyadagi genlar xilma-
xilligidir (Seversev, 1987). Poliploid turlar shakl va tur hosil bo‘lishi uchun
potensial sanaladi.
3)
Tabiiy va antropogen sharoitlar o‘zgarishiga turlarning hulqiy javobini
bashorat qiluvchi adaptiv reaksiyalarni o‘rganish.
Ma’lumki, Yer planetasida hayot 3 milliard yildan ortiq vaqt ichida paydo
bo‘lgan; bu vaqt ichida to‘xtovsiz evolyusiya jarayonida organik formalar g‘aroyib
xilma-xillikka erishgan. Naturalist va sistematiklar tomonidan XIX va XX
asrlardan hayvonlarning milliondan ortiq formalari va chorak milliondan ortiq
o‘simlik turlari mavjudligini aniqlangan. Taxminlarga ko‘ra, Yer yuzida organizm
turlarining doimo mavjud bo‘lib turishi bo‘yicha ularning umumiy soni
milliarddan oshadi. Ulardan 415 milliondan kam bo‘lmagan turi hozirgi vaqtda
yerda hayot kechiradi. Har bir tur o‘z populyasiyasiga ega. Genetik jihatdan tahlil
qiladigan bo‘lsak, populyasiya-bu bir tur organizmlari o‘rtasida chatishuvchi
makon va zamon birligidagi guruhdir. Populyasiya soni organizmlarning
populyasiyaga migratsiyasi, shuningdek tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlarini
o‘zgarishi natijasida o‘sishi yoki kamayishi mumkin. Populyasiya boshqa
190
populyasiyalar bilan qo‘shilishi mumkin yoki uning barcha a’zolari emmigratsiya
qilishi yoki ommaviy halokat natijasida yo‘qolishi mumkin. Erkin chatishuvchi
organizmlar guruhi o‘rtasida taqsimlangan butun genetik informatsiyaning jamini
Do'stlaringiz bilan baham: |