“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”
gi Farmoni qabul qilindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ustuvor vazifalardan
kelib chiqib ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakat strategiyasida muhim
vazifalar o‘z ifodasini topgan. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish,
sud-huquq,
ijtimoiy
sohalarni
rivojlantirish, iqtisodiyotni yanada isloh etish, diniy bag‘rikenglik, millatlararo
totuvlik muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar qamrab olingan.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assableyasining 72-
sessiyasidagi “Ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, qa’tiy
islohatlarni amalga oshirmoqdamiz” nomli nutqilarida, “Mintaqaning umumiy suv
zahiralaridan oqilona foydalanish” borasida,
“Markaziy Osiyoda xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz,
mintaqaning umumiy suv zahiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani
chetlab o‘ta olmaymiz. BMT Bosh kotibining "suv, tinchlik va xavfsizlik
muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq", degan pozistiyasini to‘la qo‘llab-
quvvatlaymiz. Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa
4
mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li
yo‘q. O‘zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi
tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan
foydalanish to‘g‘risidagi konvenstiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bugungi
kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokatiga yana bir bor
e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mana, mening qo‘limda – Orol fojiasi aks
ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunda ortiqcha izohga hojat yo‘q. Dengizning
qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-
harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda. Biz BMT tomonidan Orol
fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shu yil qabul
qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz” deb Orol
muammosiga alohida to‘xtaldilar.
Ekologik ahvolni sog‘lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillarga bog‘liq. Ular orasida ekologik ta’lim va
tarbiyaning ahamiyati kattadir.
Kasbi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar Inson atrofini o‘rab turgan tabiiy
muhitning har bir bo‘lagida kechayotgan o‘zgarishlar, bunda insonning qanchalik
ishtiroki, tabiiy muvozanatni qayta tiklash, uning sifatini saqlab qolish uchun
qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish kabi masalalarni yechish uchun ekologiya
fanini chuqur o‘rganishi zarur.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |