1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM
VAZIRLIGI
SALIMJON BURIYEV, DILDORA MAXKAMOVA,
VAFABAY SHERIMBETOV
EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtlari
talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya qilingan
Toshkent – 2018
2
Mazkur o‘quv qo‘llanmada tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning tadrijiy rivojlanishi, ekologiya va atrof muhit muhofazasi
fanining tushunchasi, predmeti va vazifalari, O‘zbekistondagi ekologik vaziyat,
organizm va muhit, ekotizimlar va ularning xususiyatlari, biosfera, biologik xilma-
xillik, ijtimoiy ekologiya, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atmosfera, suv
va tuproq resurslarini muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlashning
tashkiliy-huquqiy va texnik asoslari, ekologiya va xalqaro hamkorlik, ekologik
ta’lim-tarbiya va barqaror rivojlanishga oid masalalar yoritib berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma 5450200 – suv xo‘jaligi va melioratsiya, 5430100 –
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, 5340700 – Gidrotexnika qurilishi (suv
xo‘jaligida) va boshqa oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarga, mazkur
masala yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga, tabiatni
muhofaza qilish muassasalari xodimlariga, shuningdek, mazkur mavzu doirasidagi
ma’lumotlar bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-sonli buyrug‘iga asosan chop etishga
tavsiya etilgan.
Taqrizchilar:
E.Berdiyev – Tosh DAU Manzarali bog‘dorchilik va ekologiya kafedrasi
mudiri, dotsent, b.f.n.
N.Sabitova – O‘zMU Geografiya kafedrasi professori, g.f.d.
3
KIRISH
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlikni
ta’minlash bo‘yicha muhim huquqiy, tashkiliy va ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar
ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
va ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi
davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, bu yo‘nalishdagi
davlat boshqaruvi va nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek,
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat
dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
Do'stlaringiz bilan baham: |