Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   189
Bog'liq
ekologiya

XII-BOB. BIOLOGIK XILMA-XILLIK 
Yer  kurrasining  biosfera  qobig‘ida  yashovchi  o‘simlik  va  hayvonot 
dunyosining  turli  shakllari,  ko‘rinishlari  va  turlari  ekotizimlarda  rang-barangligi 
hamda  xilma-xilligi  bilan  ajralib  turadi.  Ekologik  tizimlarda  organizmlar  nafaqat 
rang-barangligi,  balki  katta-kichikligi,  ma’lum  bir  ishlarni,  funksiyalarni  bajara 
olishi, muayyan tabiiy jarayonlarda qatnashishi bilan ham ishtirok etadi. Ularning 
har biri, rangidan qat’iy nazar, biosferada ma’lum bir ekologik funksiyani bajaradi. 
Hech qachon tuproqda azotli birikmalarni (nitratlarni) parchalovchi mikroorganizm 
–  bakteriyalarning  funksiyasini  tuproqda  yashovchi  boshqa  mikroorganizmlar 
bajara olmaydi. Shu singari o‘txo‘r hayvonlarning ozuqa zanjirdagi o‘rnini yirtqich 
hayvonlar bosa olmaydilar.  
Yer  kurrasida  500  mingdan  ortiq  o‘simlik  turlari  mavjud  bo‘lib,  insonlar 
kundalik  hayotiy  faoliyatlarida  ularning  6000  turidan  foydalanadilar,  xolos. 


183 
 
O‘simliklarning  1500  turi  dorivor  o‘simliklar  turkumiga  kiradi.  O‘zbekistonda 
4500 ga yaqin o‘simlik dunyosi turidan 577 tasi dorivor, 103 tasi bo‘yoqdor va 560 
tasi  efir  moylidir.  O‘rmonlar  respublikamiz  umumiy  maydonining  3,7  foizini 
tashkil etadi, lekin ularning er yuzini qoplaganlik darajasi 0,3- 0,4 foizga tengdir. 
Keyingi  20  yil  ichida  ekologik  vaziyatning  yomonlashuvi  sababi  O‘zbekiston 
Respublikasi Qizil kitobiga o‘simlik dunyosining 324 turi kiritildi.  
Yer  kurrasida  hayvonot  dunyosining  1,7  -  2  milliondan  ortiq  turi  mavjud 
bo‘lib, ularning har birini ekotizimlarda o‘z o‘rni va foydali ekologik xususiyatlari 
bor.  Yer  yuzida  yashovchi  va  o‘suvchi  noyob  va  yo‘qolib  ketayotgan  tirik 
organizmlarning  kuniga  bir  turi  mamlakatlar  yoki  dunyo  Qizil  Kitoblariga 
kiritilmoqda.  Shuning  uchun  ham  insonlar  ularning  xilma-  xilligini  saqlab 
qolishlari zarur.  
Garchi,  atrof-muhit  holati  borasida  xavotirlik  tarixan  mavjud  bo‘lsada, 
faqatgina o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab ekologik degradatsiya va turlarning 
hamda  ekotizmlarning  yo‘qolib  ketishiga  aloqador  xavotirlik  xalqaro  kuchli 
birlashuviga olib keldi. Atrof-muhitni  muhofaza qilishga tegishli xalqaro huquqiy 
hujjatlar  qatorida  asosiy  o‘ringa  ega  bo‘lgan  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining 
Bosh Assambleya (BMT BA) rezolyusiyasi hisoblanadi. 1962 yilning 18 dekabrida 
BMT BA tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat 
masalalari bo‘yicha (YUNESKO) tashkiloti tashabbusi va tavsiyanomalari asosida 
“Iqtisodiy rivojlanish va tabiatni qo‘riqlash” bo‘yicha rezolyusiyani qabul qildi.  
Bu  rezolyusiya  birinchi  bor  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  rivojlanishga 
aloqador uchta asosiy nizomni ajratib berdi: 
1)  atrof-muhit  majmuini,  flora  va  faunaning  tabiiy  resurslarini  yaxlit 
mushohada va muhokama qilish;  
2)  “tabiatni  muhofaza  qilish”  terminini  bundan  ham  kengroq,  ya’ni  “atrof-
muhitni muhofaza qilish” terminiga integratsiya qilish;  
3)  tabiatni  muhofaza  qilish  va  iqtisodiy  rivojlanish  manfaatlarini  uyg’un 
mujassamlashtirish konsepsiyasi.  


184 
 
Keyinroq, 1968  yilning 3 dekabrida  BMT  BA  qabul qilgan rezolyusiyasida 
atrof-muhitning qulay sharoiti inson huquqlarini himoya qilish va iqtisodiy hamda 
ijtimoiy rivojlanish uchun muhim rol o‘ynashi qayd etib o‘tiladi. 
Insoniyatni  o‘rab  turgan  atrof-muhit  bo‘yicha  Stokgolmda  1972  yil  5-6 
iyunda 
bo‘lib 
o‘tgan  BMT  konferensiyasida  atrof-muhit  degradatsiya 
muammolarini yechish uchun tezkor choralar qabul qilish zarurligi bildirildi.  
Aynan shu tabiatni saqlashning umumiy muammolariga dunyo hamjamiyati 
e’tiborini jalb qilishga nufuzli qadam bo‘ldi. Yaponiya va Senegal delegatsiyalari 
taklifiga ko‘ra 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish