Saitxodjayev


§. «Qadriyat» kategoriyasi, uning mohiyati va turlari



Download 441,4 Kb.
bet77/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

§. «Qadriyat» kategoriyasi, uning mohiyati va turlari


Jamiyatning rivojlanishida asrlar davomida xalq tomonidan yaratilgan qadriyatlardan oqilona foydalanishning ahamiyati ulkandir. Uning ahamiyati Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimizga e’tibor va qiziqish kuchaydi. Endilikda o‘zbek

xalqining bir necha ming yillik tarixiga oid ko‘pgina kitoblar davlat tili maqomi berilgan o‘zbek tilida chop etilmoqda, Muqanna, Temur Malik, Manguberdi singari milliy qahramonlarimiz nomi yanada ulug‘landi. Xalqimizning asrlardan asrlarga meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ularning o‘tmishi 3 ming yildan ortiq davrni o‘zida mujassamlashtirgan Markaziy Osiyo sivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz shu sivilizatsiyaga xos jihatlar: tug‘ilgan makon va ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, muomilada mulozamat, hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham tavsiflanadi.

«Qadriyat» iborasi o‘z ma’nosida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng keng qo‘llanila boshlandi» – deb ta’kidlaydilar yuridik fanlar doktori, professor X.T.Odilqoriyev va yuridik fanlar nomzodi SH.U.Yakubov (Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – T., 2010. – B.117).

Qadriyatlar o‘zi nima degan savolga javob berishda turli xil qarash va tushunishlar mavjuddir. Masalan, 1970-yilda Moskvada nashr qilingan 5 tomli «Filosofskaya ensiklopediya» to‘plamining 5-tomida ta’riflanishicha, «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qiymatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko‘ra obyektiv (ashyoviy) va subyektiv (ong) qadriyatlari bir-biridan farqlanadi»1.

Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari (bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi), mehnat mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv va reaksion ahamiyati; hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon bo‘luvchi moziyning madaniy merosi; ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati; kishilarning ifodalanuvchi axloqiy yaxshilik va yomonlik; tabiiy va ijtimoiy obyektlarning hamda san’at asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi; diniy ibodat buyumlari va boshqa ashyoviy qadriyatlarga kiradi.

Ko‘rinib turibdiki, mazkur ta’rifda «qadriyat» tushunchasiga kishilar tomonidan yo ijobiy, yo salbiy baholanadigan, ularning moddiy va ma’naviy hayotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan.







1 Филocoфcкaя эhциклoпeдия. – M., 1970. – C.462

O‘zbek Sovet ensiklopediyasida «qadriyat – voqelikni muayyan hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’rifiy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lib, ularning mazmuni va xarakteriga ko‘ra progressiv va reaksion turlarga ajratish mumkin» deyilgan1.

Yoki «Falsafa» qomusiy lug‘atida «qadriyat – voqelikdagi muayyan» hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy- ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha» deb ta’riflanadi2.

Qadriyatlar haqida keltirilgan turlicha ta’riflarni Respublikamizning J.Tulenov, Q.Nazarov, Q.Xonazarov, X.Shayxova, T.Abdullayev, G.Tulenova kabi bir qator yirik olimlari ishlarida ko‘rishimiz mumkin. Shu o‘rinda o‘zbek falsafiy maktabi rivojiga katta hissa qo‘shgan yirik olimlardan biri J.Tulenovning «Qadriyatlar falsafasi» kitobida mazkur masala bo‘yicha berilgan bir qator tahlillarni misol o‘rnida keltirishimiz mumkin. Mazkur manbada3 misol tariqasida, rus olimi V.P.Tugarinov- ning quyidagi ta’rifi keltiriladi:-»qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab



  • kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar. Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidadir, madaniy qadriyatlaridir»4.

Bu ta’rifda V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tushunchalarini farqlashni taklif qiladi. Qadriyat real yoki orzudagi hodisadir, baho esa shu hodisaga bildirilgan munosabatdir. U yoki bu narsani qadriyatlarga mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga – ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq.




1 Yз6eк Cobet Эhциклoпeдияcи. T.14. – T., 1980. – Б.7.

2 Фaлcaфa: Ԕoмycий лyfat. – T., 2004. – Б.476.

3 Tyzaнoв M. Ԕaдpияtлap фaлcaфacи. – T., 1998. – Б.11.

4 Tysapuнoв B.П. O цehhoctяx жизhи и кyльtypы. – Л., 1960. – C.3.

Qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufayli belgilanadi. Baholash esa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ma’lumki, jamiyat a’zolarining ehtiyojlari, manfaatlari, qiziqishlari turli-tuman bo‘lib, ko‘pincha ular bir-biriga zid kelishi mumkin. Shuning uchun muayyan ijtimoiy guruhlar, millat va sinflar uchun oliy qadriyat bo‘lib hisoblanib kelingan tabiat va jamiyat hodisalari boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi ham mumkin va aksincha. Demak, tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat turkumiga kiritish, yoki kiritmaslik kishilarning ehtiyoj, manfaat maqsad qiziqishlari bilan belgilanar ekan deyishimiz mumkin.

Modomiki shunday ekan, u holda qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmui tushunilmog‘i lozim bo‘ladi.

Bu esa, o‘z navbatida, G.Tulenovaning «Barkamol yosh avlod – istiqlol tayanchi» deb nomlangan kitobida to‘g‘ri ta’kidlaganidek, bu ta’riflarni hammasini umumlashtirgan holda «qadriyat – inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, ayrim xalq, millat, elat yoki ijtimoiy guruhlarning o‘zlarining tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan o‘z manfaatlari va maqsadlari yo‘lida xizmat qiladigan barcha qimmat- dorliklar majmuini ifodalovchi tushuncha»1 sifatida ta’rif berishimizga asos bo‘la oladi.

Yuqorida qadriyatlarga berilgan ta’riflarni umumlashtirish maqsa- dida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovni ta’rifini keltirish o‘rinli deb hisoblayman. I.Karimov o‘zbekona milliy qadriyatlarni asrab- avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish xususida fikr bildirar ekan,

«qadriyat» so‘zining ma’nosini ochib beradi: «Biz tarix sinovlaridan o‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‘la javob beradigan, yillar o‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz»2

Qadriyatlar sermazmun va ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga tabiiy, ijtimoiy siyosiy, huquqiy, moddiy, ma’naviy, axloqiy, estetik va shu kabilarni oladilar. Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning atrof-muhitga nisbatan bo‘lgan munosabatining ifodasidir3.

1 Tyzeнoвa F. Бapкaмoл ëш abлoд – иctиԕлoл taяhчи. – T., 2004. – Б.45.

2 Papuмoв И.A. Юкcaк мaъhabияt – ehгилмac кyч. – T., 2008. – Б.82.

3 Haзapoв Θ. Ԕaдpияtлap tизимиhиhг 6apԕapopлиги ba yзгapишлapи. – T., 1992; Xaŭpyzzaeв M. Coциaльhoe paзbиtиe и дyxobhый пpoцecc. – T.,1986.

Qadriyat jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining zaruriy mahsulidir. Har bir qadriyat muayyan bir davr sharoit va ehtiyojining mahsuli bo‘lishi bilan birga, uning ko‘zgusi hamdir.

Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida paydo bo‘ladilar va rivojlanadilar. Inson yo‘q joyda biron narsaning qadr-qimmati bo‘lmaydi. Qadriyatlar insonning turli sohadagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan va foyda keltiradigan narsalar, hodisalar majmui bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.

Qadriyatlar ichida eng oliysi bu inson va uning hayotidir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil qiladi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarning, islohotlarning barchasi insonlar hayoti to‘q, boy, go‘zal bo‘lishi, inson o‘zini chinakam erkini his etishi, o‘z mehnati natijasining, o‘z taqdirining, o‘z mamlakatining egasi bo‘lishini ta’minlashga qaratilgandir.

Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy qadriyatlarga yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o‘rmonlar, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi. Tabiiy resurslar, ya’ni yonilg‘i, har xil metallar, rudalar, havo, suv, o‘simliklar, hayvonot dunyosi bo‘lmasa insoniyat yashay olmaydi. Tabiat biz uchun moddiy ne’matlarning bosh manbai sifatida ham, sog‘liq, shodlik, turmushga mehr-muhabbatning va har bir kishidagi ma’naviy boyliklarning bitmas tuganmas omili sifatida ham o‘zining g‘oyat zo‘r ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. O‘zbekiston yerlari turli foydali qazilmalarga boy. Qariyib 90 turdagi mineral xom ashyo borligi aniqlangan. Oltin, mis, qo‘rg‘oshin, ruh, volfram, radioaktiv elementlar, tabiiy gaz, neft va boshqa qazilmalar miqdori bo‘yicha ko‘pgina davlatlar orasida yetakchi o‘rinda turadi. Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida ochilgan (Kakaydi, Lalmikor, Ko‘kdumaloq, Muborak, Namanganda Mingbuloq kabi) neft konlari boy zaxiraga ega ekanligi aniqlangan. O‘zbekiston hududida Uchqur, O‘rtabuloq, Chaqmoqli, Qorovulbozor, Setyalantepa kabi gaz konlari faoliyat ko‘rsatishmoqda. Angren, Sharg‘un va Boysun kabi yirik va bir qancha mayda ko‘mir konlari mavjud. Ko‘mir konlarining zaxiralari boy bo‘lib, Angren qo‘ng‘ir ko‘mirining miqdori 2 mlrd tonnaga yaqindir. Agar yiliga 10 mln tonnadan qazib olinishini nazarda tutilsa, Angren ko‘miri 200 yilga yetadi. Shuningdek, O‘zbekiston yerining qo‘rg‘oshin, ruh va

nodir metall rudalari konlari, mineral tuzlar, shifobaxsh mineral suvlar kabi yana bir qancha tabiiy boyliklari mavjud.

Rang-barang tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan ona yerimiz biz uchun g‘oyat darajada muhim va zarur bo‘lgan hayot manbaidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida yozib qo‘yilganidek, – «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik, va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».1

Inson mehnati, xatti-harakati, aql-zakovati bilan yaratilgan turli tuman moddiy boyliklar, me’moriy obidalar, inshootlar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob- uskunalar, turar-joy, mol-mulk, noz-ne’mat va shu kabilar moddiy qadriyatlarga kiradi.

Moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatning moddiy-texnika bazasi tashkil qiladi. Har bir konkret-tarixiy davrda insoniyat muayyan ishlab chiqarish usuliga ega bo‘lgan va uning rivojlanish darajasiga asosan ishlab chiqarish rivojlangan. Boshqacha qilib aytganda taraqqiyot uchun nima ishlab chiqarish emas, balki uni qanday ishlab chiqarish doimo muhimroq bo‘lgan va shunga ko‘ra bu jamiyatning taraqqiyot darajasi belgilangan.

Moddiy qadriyatlar haqida gap ketganda mulkiy munosabatlarning to‘liq qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda islohotlarning maqsadi haqida Prezidentimiz I.Karimov gapirib, mulk mulkdor uchun xizmat qilishiga erishishimiz kerak deydi. Bu esa o‘z navbatida mulkdorga ertangi kunga ishonchni shakllantiradi.

Qadriyatlar ichida ma’naviy qadriyatlar ham inson ijtimoiy mohiyatini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviy qadriyat- larga yuksak axloq, imon, e’tiqod, insof-diyonat, yaxshi xulq-atvorni targ‘ibot qiluvchi boy ma’naviy merosimiz, urf-odatlarimiz, an’ana- larimiz kiradi.

Xalqimizning eng aziz qadriyatlaridan biri – axloqiy qadriyatlardir. Bu qadriyatlar kishilarning bir-birlariga, Vatanga, jamiyatga nisbatan tarixan tarkib topgan insoniy olijanob munosabatlarini ifodalab, xulq- atvor, odob, tartibli xatti-harakat, insoniy muomala qoidalari va tamoyillari majmuidir. Aynan ana shu sifatlarning turmushda qo‘llanilish jarayonlarida axloqning o‘ziga xos tarkibiy o‘lchamlari ro‘yobga chiqadi. Bular: yaxshilik, burch, vijdon, or-nomus, sabr, farosat, kamtarlik, andisha kabilardir.







1 Yз6eкиctoh Pecпy6ликacиhиhг Kohctиtyцияcи. – T., 2011. – Б.19.

Shuningdek, normativ shakldagi tushunchalar: yuqori baholangan voqea-hodisalar, «taqiq»lar, maqsadlar, loyihalarda o‘z aksini topuvchi subyektiv qadriyatlar ham mavjuddir.

Bundan tashqari, qadriyatlarni umumiylik darajasiga ko‘ra individual, jinsiy, yoshga oid, milliy, mintaqaviy, umuminsoniy kabi turlariga bo‘linadi. Milliy qadriyatlar muayyan millat yoki elat ma’naviyati va turmush tarziga xos bo‘lgan ijtimoiy tushuncha yoki hodisa bo‘lsa, mintaqaviy qadriyatlar muayyan mintaqa hududida yashovchi ruhiy-psixik hamda kasb-kori jihatidan bir-biriga yaqin millatlar, elatlar yoki kishilar guruhining turmush tarzi bilan bog‘liq hodisadir. Umuminsoniy qadriyatlar esa yer yuzi xalqlarining umumiy ideallari, turmush tarzini ifodalaydi.


Download 441,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish