Saitxodjayev


-§. Ma’naviyat, uning individual va ijtimoiy-falsafiy mohiyati



Download 441,4 Kb.
bet74/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

1-§. Ma’naviyat, uning individual va ijtimoiy-falsafiy mohiyati

«Ma’naviyat» so‘zi arabcha bo‘lib, «ma’nolar majmui» degan tushunchani bildiradi. Shunga ko‘ra, uni ko‘pincha, sodda holda,

«Ma’naviyat insonning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuidir» deb ta’riflaydilar.

Lekin bu ta’rif ma’naviyatning bir tomonini, ya’ni individual mazmunini ifodalaydi. Uning ijtimoiy-falsafiy mohiyati esa kengroq mazmunni anglatadi. Unga ko‘ra ma’naviyat har qanday jamiyatning zaruriy va muhim tarkibiy qismi sifatida inson ichki ruhiy holatini ifodalaydi va uning ongi, aqli, tafakkuri, qobiliyati, imkoniyatlari, hayotiy mavqeining uyg‘unlashgan mazmunini tashkil etadi.

Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillarida ma’naviyat haqida: «Ma’naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi» – degan edi. Yana fikrini davom ettirib, «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida:

«Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman», – deydi.

Ma’naviyat aniq shakllarda namoyon bo‘ladigan ijtimoiy hodisadir. U faqat insonga xos xususiyatdir. Inson ma’naviyat bilan tirik. Ma’naviyat insonga insoniy mazmun baxsh etadi. Ya’ni, odam farzandi ma’naviyat sohibi bo‘lganligi, aql-idrok va tafakkurga, imon va e’tiqodga, odob-axloqqa, sharm hayo va or-nomus singari fazilatlarga ega bo‘lgani uchun inson degan sharafli nomga sazovordir.

Ma’naviyat – inson butun ruhiy olamini yaxlit tizim sifatida ifoda etuvchi ijtimoiy kategoriya. Ma’naviyat insonda o‘z-o‘zidan paydo

bo‘lmaydi, balki uning o‘qib izlanishi, mehnati natijasida vujudga keladi. Zero, Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Ma’naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalbdan va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak. Bu xazina insonga hayotda barqarorlik bag‘ishlaydi, uning qarashlari shunchaki boylik orttirish yo‘lida kun ko‘rishga yo‘l qo‘ymaydi...» (Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li // O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. – T., 1996. – B.81) Ma’naviyat insonlarning o‘zaro munosabatlarida, uning hayotiy tajribalari davomida shakllanadi va rivojlanadi. Har bir inson o‘z ma’naviyatini o‘zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, to umrining oxirigacha shakllantirib va rivojlantirib boradi. Inson ma’naviyatini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji cheksiz jarayondir.

Ma’naviyat mafkura orqali amaliyotga tatbiq etilgandagina moddiy kuchga aylanadi. Chunki ma’naviyat amaliyotda moddiylashadi. Haqiqatga, ma’naviy yuksaklikka intilishdan, komil insonni tarbiya- lashdan asosiy maqsad – olamni go‘zallikka burkash, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdir.

Ma’naviyat individual va ijtimoiy-falsafiy mohiyatlarga egadir. Uning individual xususiyatlari har bir individ – har bir inson ichki dunyosi mazmunini anglatadi. Ijtimoiy ma’naviyat esa jamiyat ma’naviy hayotining umumiy mazmunini tashkil etib, insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir. U yo‘q joyda bama’ni turmush, baxt-saodat bo‘lmaydi.

Ma’naviyat, shuningdek, milliy, mintaqaviy va xalqaro ma’no- mazmunlarga ham ega. Uning milliyligi millat va elatlar psixologik (ruhiy) alomatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, mintaqaviy va xalqaro mazmunlari mintaqaviy hamda umumjahon mushtarak ma’naviy hayot tarzi xususiyatlari bilan bog‘liqdir.

Milliy ma’naviyat muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bo‘lgan g‘oyat qimmatli ma’naviy boyliklardir.

Mintaqaviy ma’naviyat – muayyan jug‘rofiy mintaqa xalqlariga xos, ular uchun umumiy bo‘lgan ma’naviy boyliklardir. Masalan, O‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviyatidagi yoki yanada kengroq doirada oladigan bo‘lsak, Sharq va G‘arb ma’naviyatidagi mushtaraklik, o‘xshashlik.

Mintaqaviy ma’naviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yaqinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jihatlar namoyon bo‘ladi.

Umuminsoniy ma’naviyat – butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy – axloqiy boyliklardir.

Ma’naviyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, rivojlanmaydi. U insonning hayotiy tajribasi asosida shakllanib boradi. Ayni vaqtda inson hayoti va faoliyatini yo‘naltiradi, xalqning tarixi va madaniyatini chuqur anglashga yordam beradi.

Ma’naviyatning shakllanishi va takomillashuvida ijtimoiy hayot nafasi, unda ustuvor bo‘lgan ijtimoiy g‘oyalar, ma’rifat va mafkura muhim ahamiyatga egadir. Shu ma’noda, Prezidentimiz I.Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanilayotgan milliy g‘oya va mafkura mustaqillik sharoitida fuqarolarimiz, xususan yoshlarimiz ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, shakllangan hamda takomil topgan ma’naviyat ham mustaqillikni yanada mustahkamlashga, yurtni obod, xalqni farovon bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Respublikamizda mustaqillik qo‘lga kiritilgach ma’naviyatga juda katta e’tibor berilayotganligini isboti sifatida Prezident I.Karimov tomonidan 1994-yil 23-aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat» respublika jamoatchilik markazini tuzish haqidagi farmonini keltirish mumkin. 1996-yil 9-sentabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida yana bir farmon e’lon qilindi. 1999-yilning 3-sentabrida bu markaz Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga aylantirildi.

Ma’naviyat haqida «Ma’naviyat asoslari» fanida yana chuqurroq to‘xtalamiz.




Download 441,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish