Saitxodjayev


§. Huquq falsafasi – fan sifatida



Download 441,4 Kb.
bet73/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

§. Huquq falsafasi – fan sifatida


Huquq falsafasi yangi fanlardan biri hisoblanadi. Huquq falsafasi huquq to‘g‘risidagi haqiqatni, odamlar ijtimoiy borlig‘ining maxsus shakli va ijtimoiy tartibga solishning alohida turi bo‘lgan huquq haqidagi haqiqiy bilimlarni izlash va aniqlash bilan shug‘ullanadi. Huquq obyekt

sifatida turli fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Ularning har biri huquqni o‘ziga xos tushunishi va mazkur obyektni o‘rganishning o‘z usullari, o‘zining maxsus predmeti va metodi nuqtai nazaridan qarab chiqadi. Huquq falsafasida umuman huquq muayyan universal yaxlitlik sifatidagi huquq, butun huquqiy universum, huquqning butun olami, huquqning mohiyati tadqiq etiladi. Eng umumiy tarzda huquq falsafasining predmeti



  • huquqdir. Huquq falsafasining predmetini yanada chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak aytish mumkinki, bu o‘zaro farqlanadigan,o‘zaro nisbatda bo‘lgan va izlanayotgan birlik bo‘lgan huquq va qonun. Huquq falsafasining predmetini aniqlashtirish huquq falsafasining u yoki bu aniq konsepsiyasi asosida yotgan huquq mohiyatini tushunishga bog‘liqdir.

Huquq falsafasining predmeti – bu rasman tenglik va uning namoyon bo‘lish shaklidir. Ijtimoiy sohadagi har qanday tenglik – aynan rasman tenglik bo‘lgani uchun yuqoridagi ta’rifni qisqaroq shaklda: huquq falsafasining predmeti – bu tenglik va uning namoyon bo‘lishi prinsipidir.

Huquqiy hodisalarga rasman tenglik prinsipiga muvofiq keluvchi, mazkur prinsip talablarining zohiriy ifodasi va amalga oshirilishi shakllaridan iborat bo‘lgan real hodisalar (rasman o‘rnatilgan qonun, amalda mavjud bo‘lgan davlat, ijtimoiy turmushning turli subyektlari xulq-atvori, ularning o‘zaro munosabati va hokazolar) tegishlidir.

Huquq falsafasi predmetiga boshqa huquqiy hodisalar bilan birga, davlat ham alohida huquqiy hodisa sifatida kiradi.

Huquq falsafasi – bu huquqni falsafiy anglash va asoslashgina emas, balki ayni vaqtda aksilhuquq (o‘zboshimchalik)ni uning barcha nazariy va amaliy ko‘rinishlarida – aksilhuquqiy qonun, aksilhuquqiy hokimiyat, munosabatlarning aksilhuquqiy shakllari va hokazolar sifatidagi ko‘rinishlarini falsafiy fosh etish, tanqid qilish va inkor qilishdir. Biz huquqni ham mohiyat ham hodisa sifatida qarab chiqyapmiz. Huquqning mohiyati – bu uning tashqi va ichki birligidir. Huquqning mohiyati – bu uning o‘zgarishlari qonunlarining tizimidir. Huquqning mohiyati – bu uning universalligidadir. Huquqning mohiyati – bu uning konkretligi- dadir. Huquq shu bilan birga nazariy izlanish predmetidir.

Huquq falsafasi ijtimoiy falsafaning tarkibiy qismidir.

Huquq falsafasi harakatdagi huquq tizimining nazariy dasturidir.

Huquq – bu ijtimoiy va ma’naviy borliqning shaklidir, ya’ni ijtimoiy hayotni tashkil qilish shakli hisoblanadi.

Huquq – bu ijtimoiy va individual borliqning universal tavsifidir. Huquq – bu konkret-tarixiy va madaniy o‘ziga xos hodisadir.

Huquq – bu hayotni estetik ifodalash shaklidir.

Huquq falsafasi – huquqning mohiyati, vujudga kelishi, huquqiy qoidalarning axloqiy normalar bilan mutanosibligi va shu kabi boshqa muammolarning falsafiy talqini. Huquq falsafasi huquqni mantiqiy gnoseologik, psixologik, sotsiologik va axloqiy nuqtai nazardan tadqiq etadi. Huquq falsafasi uzoq muddat davomida falsafiy ta’limotlarning muhim tarkibiy qismi sifatida shakllanib keldi. Antik falsafa namoyandalari (Suqrot, Platon, Aristotel) huquq falsafasining qator muammolariga qo‘l urgandilar. Ular huquq va adolat, huquq va qonun, huquq va kuch-qudrat o‘rtasidagi munosabatlarni huquqni ijtimoiy qadriyatlar iyerarxiyasidagi o‘rnini aniqlashga intildilar. Huquq falsafasi, ayniqsa, ma’rifatparvarlik falsafasida (tabiiy huquqiy nazariyasi), nemis klassik falsafasida (masalan, Gegelning «Huquq falsafasi» asari) katta o‘rinni egalladi. XX asrning ikkinchi yarmida huquq falsafasi bilan Gusserl, Sheler, Gartman va qator ekzistensializm namoyandalari shug‘ullandilar. Mazkur mutafakkirlar huquq ontologiyasini yaratishga intildilar. Ularning fikricha, huquqning o‘ziga xos borlig‘i mavjud, huquqshunos esa turli huquqiy tushunchalar, me’yorlar va qadriyatlarni kashf etib boradi. Bugungi kunda G‘arbda Huquq falsafasining tarixiy huquqiy maktab avinyi) va neokantchilik (R.Shtamler) kabi yo‘nalishlari obro‘ qozongan.

Huquq falsafasi qadimiy va boy tarixga egadir. Falsafiy – huquqiy muammolar qadimgi davrda va o‘rta asrlarda umumiyroq mavzuning bo‘lagi va bir jihati sifatida, XVIII asrdan boshlab esa alohida ilmiy fan sifatida ishlab chiqildi.

«Huquq falsafasi» atamasi dastlab yuridik fanda paydo bo‘ldi. Taniqli nemis huquqshunosi, huquqning tarixiy maktabi asoschisi G.Gugo o‘zi «huquq to‘g‘risidagi ta’limotning falsafiy qismi» sifatida ishlab chiqishga intilgan «pozitiv huquq falsafasi»ni lo‘nda tushuntirish uchun ushbu atamadan foydalangan. Gugoning fikricha, huquqshunoslik (yurisprudensiya) uch qismdan: yuridik dogmatika, huquq falsafasi (pozitiv huquq falsafasi) va huquq tarixidan iborat. Uning fikricha, amalda bo‘lgan (pozitiv) huquq bilan shug‘ullanuvchi va o‘zida «yuridik hunar»ni ifodalovchi yuridik dogmatika uchun empirik bilim yetarlidir. Huquq falsafasi va huquq tarixi tegishli ravishda «huquqni ilmiy bilishning oqilona asosini» tashkil etadi va «ilmiy, liberal yurispru- densiyani» («bashang» yurisprudensiyani) hosil qiladi. «Huquq

falsafasi» atamasining keng yoyilishi Gegelning «Huquq falsafasi» (1820) bilan bog‘liqdir. Gegelning fikricha, huquq falsafasi tabiiy huquq (yoki falsafiy huquq) to‘g‘risidagi chinakam falsafiy ta’limotdir. Shuni ham aytish lozimki Gegelning «Huquq falsafasi» deb qabul qilingan asari aslida «Tabiiy huquq va davlat to‘g‘risida fan ocherklari. Huquq falsafasi asoslari» degan ikkita nom bilan chop etilgan. Gegelning ta’kidlashicha, huquq falsafasi Gugoda bo‘lgani singari, yuridik fan emas, balki falsafiy fandir. «Huquq to‘g‘risidagi fan, – deydi u, – falsafaning bir qismidir». Shunga muvofiq Gegel huquq falsafasi predmetini quyidagicha ifodalaydi: «Huquq to‘g‘risidagi falsafiy fan predmeti huquq g‘oyasi – huquq tushunchasi va uning amalga oshirilishidir». Gegelga ko‘ra, huquq falsafasining vazifasi huquq asosida yotuvchi fikrni anglab yetishdan iborat. Bunga esa faqat to‘g‘ri fikr yuritish, huquqni falsafiy bilib olish yordamida erishish mumkin.

«Huquqda, – deb qayd etadi Gegel, – inson o‘z aqlini topishi, binobarin, huquqning oqilona ekanligini ko‘rib chiqishi kerak va bu bilan faqat ziddiyatlar ila ish ko‘radigan pozitiv yurisprudensiyadan ko‘ra ko‘proq bizning fanimiz shug‘ullanadi». XIX-XX asrlarda huquq falsafasini fan sifatida xususiyatini ta’riflashga Gugo va Gegelning ikki xil yondashuvi yanada rivojlantirildi.

Maxsus falsafiy fan sifatidagi huquq falsafasida (tabiat falsafasi, din falsafasi, axloq falsafasi va shu kabi maxsus falsafiy fanlar bilan birgalikda) bilish bilan bog‘liq qiziqish va tadqiqot e’tibori asosan ishning falsafiy jihatiga, huquqning alohida sohasida falsafa konsepsiyasini aniqlashda bilish imkoniyatlarini va evristik salohiyatni namoyish qilishga qaratilgan. Bunda mazkur obyekt (huquq)ning xususiyatlariga tatbiqan tegishli konsepsiyani mazmunli aniqlashtirishga, uni anglab olishga, ushbu konsepsiyani uning metodologiyasi, gnoseolo- giyasi va aksiologiyasi oqimida tushunarli izohlash va o‘zlashtirishga jiddiy ahamiyat beriladi. Huquqshunoslik (yurisprudensiya) nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan huquq falsafasi konsepsiyalarida esa, ular qanchalik farq qilishiga qaramay, odatda, tadqiqotning huquqiy motivlari, yo‘nalishlari va mo‘ljallari ustunlik qiladi. Uning falsafiy ixtisosi falsafiy asosga ega emas, balki falsafiy anglashda uni huquqiy soha ehtiyoji taqozo qiladigan olam, inson to‘g‘risidagi, ijtimoiy turmush shakllari va normalari, bilishning yo‘llari va metodlari, qadriyatlar tizimi to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot tizimida huquq va huquqiy tafakkurning mazmuni, o‘rni va ahamiyati kabi falsafiy dunyoqarash nuqtai nazaridan, muammolarga ustun darajadagi qiziqish shu tufaylidir. Yuridik fanda

falsafiy-huquqiy muammolarga, garchi yetarli darajada bo‘lmasa ham, an’anaviy ravishda katta e’tibor beriladi. Huquq falsafasi huquqshunoslikning falsafa va boshqa bir qancha gumanitar fanlar bilan fanlararo aloqalari jihatidan ham, yuridik fanlar tizimining o‘zidagi aloqalar jihatidan ham bir qancha muhim metodologik, gnoseologik va aksiologik tusdagi umumilmiy funksiyalarni bajarishga da’vat etilgan.




  1. bob. MA’NAVIYAT VA MADANIYAT FALSAFASI. HUQUQIY MADANIYAT MADANIYATNING BIR TURI




Download 441,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish