Saitxodjayev


-§. Huquqiy madaniyat madaniyatning bir turi sifatida. Uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi o‘rni



Download 441,4 Kb.
bet76/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

3-§. Huquqiy madaniyat madaniyatning bir turi sifatida. Uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi o‘rni


Prezident I.Karimov huquqiy madaniyat to‘g‘risida shunday deydi:

«Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallash- tirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda».1 Yana fikrini davom ettirib shunday deydi: «Jamiyatning







1Papuмoв И.A. Биз кeлaжaгимизhи yз ԕyлимиз 6илah ԕypaмиз. T.7. – T., 1999.

1 Papuмoв И.A. Maмлaкatимиздa дeмoкpatик иcлoԟotлaphи яhaдa чyԕyp- лaшtиpиш ba фyԕapoлик жaмияtиhи pиboжлahtиpиш кohцeпцияcи. – T., 2010.

– Б.15-16.

demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir»1.

Ko‘rinyaptiki, huquqiy madaniyat bugungi kunning dolzarb muam- molardan biri bo‘lib qolmoqda. Huquqiy madaniyat deganda jamiyatning qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan xalqning xabardorligi darajasi, xalqning huquq normalariga rioya qilishi va huquq normalarini bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lishi tushuniladi.

Huquqiy madaniyat shartli ravishda jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatiga ajratiladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida quriladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini ta’minlash, uning huquqiy himoya etilishi va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyatning huquqiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo‘ladi. Shubhasiz, shaxsning yuksak huquqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi.

Shunday qilib, shaxs va jamiyatning huquqiy madaniyati umu- minsoniy qadriyatlar tushunchalari va insoniyat umumdemokratik yutuq- larining muhim natijasi hisoblanadi. Huquqiy madaniyat – huquqiy davlatning ajralmas qismi.



Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari kuyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • yuridik normalar tizimi bo‘lmish huquq;

  • huquqiy munosabatlar, ya’ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar tizimi;

  • huquqni muhofaza qilish va ta’minlash faoliyati bilan shug‘ul- lanuvchi davlat va jamiyat institutlari tizimi bo‘lmish yuridik muas- sasalar;

  • huquqiy ong, ya’ni huquqiy voqelikni ma’naviy jihatdan aks ettiruvchi tizim;





1 O‘sha manba. – T., 2010. – Б.27.

  • huquqiy xatti-harakat.

Huquqiy madaniyat quyidagilarni belgilaydi:

  • aholi huquqiy ongining rivojlanish darajasini;

  • huquqiy faoliyat darajasining o‘sishini;

  • barcha shakldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mustahkam- lanishini.

Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat quyidagicha tavsiflanadi:

  • jamiyat va davlat tomonidan inson huquqlari va erkinliklarining oliy qadriyat sifatida tan olinishi;

  • fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish mexa- nizmini bilishi, shu bilan bir vaqtda, boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilishi;

  • fuqarolarning huquqiy xatti-harakat qilishga jalb qilinishi;

  • fuqarolarning konstitutsiya va boshqa muhim qonunlarni bilishi;

  • fuqarolarning huquq sohasidagi jarayonlardan keng doirada xabardorligi;

  • sudga ijobiy munosabatda bo‘lishi.

Yuqori darajadagi huquqiy madaniyatga erishish quyidagilarni talab qiladi:

  • kuchli huquqiy ta’limning mavjudligi;

  • huquqshunoslarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida huquq fanidan sifatli o‘qitishni tashkil qilish;

  • huquqqa oid masalalarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash;

  • qonun ijodkorligi jarayonida yuqori darajadagi kasbiy mahorat va sifatga e’tibor qaratish;

  • huquq ijodkorligi jarayonida demokratik va yuridik tartibga rioya qilish;

  • rivojlangan va takomillashgan davlat apparatining mavjudligi;

  • davlat apparati tizimida va xalq orasida sudning yuqori darajadagi obro‘ga egaligi;

  • sud hokimiyati mustaqilligining kafolati mavjudligi;

  • odil sudlovning demokratikligi, sudda ishlarni ko‘rib chiqishda inson huquq va erkinliklarining asosiy diqqat e’tiborda bo‘lishi.

O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni talab qiladi. Shuning uchun huquqiy davlatning muhim belgisi – huquqiy madaniyatdir. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun keng

ko‘lamli demokratik islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa fuqaro- larning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqori madaniyatli bo‘lsa, huquq normalarini bilsa, qonunlarni yuridik adabiyotlarni o‘qib, ularga amal qilsa, huquq buzilishi ham shunchalik kam bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirish milliy dasturi» qabul qilindi. Unda mamlakat miqyosida aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, ommabop yuridik adabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning yuridik sohadagi bilimlarini oshirishga katta e’tibor qaratilib, jamiyat huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, huquqiy madaniyati bir qancha funksiyalarni bajaradi. Huquqiy madaniyatning regulyativ (tartibga solish), normativ, sotsiologik, kommunikativ (aloqalar o‘rnatish), prognostik funksiyalari shular jumlasidandir.

III xodimlari doimo fuqarolar bilan ishlaganliklari sababli yuksak huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari lozim. Bu ulardan hamisha huquqni yaxshi bilishlarini, bu bilimlarni amaliy faoliyatlarida namoyon qilishlarini, fuqarolarga qonun talablarini tushuntira olishlarini taqozo qiladi. Shuning uchun III xodimlari doimo uz bilimlarini o‘stirib borishlarini, uz ustida ishlab yurishlarini, qonunlar o‘zgarishlari, yangi qonunlar qabul qilinishidan xabardor bo‘lishlarini talab qiladi. Yuksak huquqiy madaniyatga ega xodim jamiyatimiz taraqqiyotidan darak beradi va uni mamlakatimiz fuqarolari hurmat qiladi.




  1. bob. QADRIYATLAR FALSAFASI. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA QADRIYATLARNING AHAMIYATI

    1. Download 441,4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish