Saitxodjayev


§. Milliy madaniy qadriyatlar – jamiyatimiz ma’naviy poklanishining zaminidir



Download 441,4 Kb.
bet79/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

§. Milliy madaniy qadriyatlar – jamiyatimiz ma’naviy poklanishining zaminidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek,

«mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar davomida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi»1. (Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T., 1997. – B.137-138). Natijada xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo‘lga kiritgach, o‘z taqdirining chinakam egasi, o‘z taqdirining ijodkori, o‘ziga xos milliy madaniyatning sohibiga aylandi.

Mustaqillik sharofati bilan tiklanib, qaddini rostlayotgan, to‘xtovsiz rivojlanib borayotgan milliy madaniyatimizning jamiyatimiz taraq- qiyotini tezlashtirish, insonni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kamol toptirishda o‘rni benihoya kattadir.

Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ma’naviy yuksalish, insonning axloqiy, g‘oyaviy, siyosiy kamoloti mamlakatimizda amalga oshirilayot- gan milliy uyg‘onish jarayonlari bilan uzviy aloqadorlikdadir. Insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti nihoyatda keng, ko‘p qirrali, mazmun mohiyati jihatdan chuqur bo‘lib, o‘z ichiga juda ko‘plab sohalarni qamrab oladi. Shularning ichida markaziy o‘rinni dunyoqarash masalasi egallaydi.

Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat va ilmiy kashfiyotlar jamiyatimizning oliy qadriyati bo‘lgan – insonning dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Inson ma’naviy kamolotining eng muhim ko‘rinishi va zarur shartlaridan biri siyosiy madaniyatning o‘sib borishidir. Siyosiy madaniyat o‘zida halollik va poklikni, ishchanlik va uzoqni ko‘zlab ish

tuta bilish fazilatlarini mujassam etgan odamlarning g‘oyaviy-siyosiy yetukligi, nazariy bilimlarni istiqbolni yorqin tasavvur etgan holda amalda qo‘llay bilish, kun tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy muammolarni keng miqyosda hal etish mahorati demakdir. Siyosiy madaniyat aytilganlardan tashqari, insondagi faollik va tashabbuskorlikni, yuksak axloqiylik, qat’iy irodalik, xushmuomalalik, ziyraklik, uzoqni ko‘ra bilishni ham o‘z ichiga oladi.

Sharq mutafakkirlari jamiyatni ilmiy asosda boshqarish masalalariga katta e’tibor berib kelganlar. Jumladan, Forobiy, Beruniy, Amir Temur, Ulug‘bek, Navoiy va boshqalarning asarlarida davlatning tuzilishi, uning ichki va tashqi siyosatining asosiy tamoyillari, davlat rahbarlarining xususiyatlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berilgan. Ularni sinchiklab o‘rganib, hayotga ijobiy tatbiq etish mustaqil davlatimizning siyosiy asosini yanada baquvvat qilishda katta zamin bo‘lishi shak-shubhasizdir.

Ta’lim – tarbiya oldida turgan asosiy maqsad yosh avlodga ajdodlarimizning dono tajribalarini singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish vatan va millat oldidagi burch va mas’uliyatni his qilishga o‘rgatish, qonunlarga rioya etish xislatini qaror toptirishdan iboratdir. Bu borada Sharq falsafasi va islom ta’limotidan unumli foydalanmog‘imiz lozim, chunki ajdodlarimiz tomonidan qonunga rioya qilish, unga bo‘ysunish kabi masalalar chuqur va atroflicha ishlab chiqilgan. Bunga islom ta’limotining durdonasi hisoblangan «Shariat» va «Hidoya», Amir Temur «Tuzuklari» va boshqa manbalar, huquq masalasiga oid fikr – mulohazalar misol bo‘la oladi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki milliy qadriyatlarimiz jamiyatimiz ma’naviy poklanishiga zamin bo‘lib xizmat qilayotgan ekan o‘z navbatida hozirgi davrdagi milliy tiklanish jarayonlari ham qadriyatlarga munosabatlarni o‘zgarishiga ham olib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimizni mohiyatini yangicha falsafiy anglash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Milliy qadriyatlarimizda transformatsiya yuz bermoqda va ularni umuminsoniylik va milliylik nuqtai-nazaridan qarab chiqmog‘imiz lozim. Bir tomondan shuni unutmasligimiz zarurki, har qanday jamiyatning qadriyatlar tizimi – fan, falsafa, adabiyot, san’at – faqat milliy urf-odatlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu ayniqsa hozirgi yuqori darajada rivojlanayotgan informatizatsiya, kompyuterizatsiya, aloqa vositalarining rivojlanishi jarayonidagi olamga xosdir. Fan, madaniyat xodimlari va siyosatdonlar esdan chiqarmasliklari lozimki, inson faqat biologik mavjudot emas, balki u ijtimoiy mavjudot hamdir. Barcha

mohiyatli munosabatlarda insonlarning qiziqish, manfaatlari birdir. Bu nuqtai-nazardan barcha kontinentlarning asosiy muammolari bir xildir. Umuminsoniy muammolar umuminsoniy qadriyatlar tizimini vujudga kelishini taqozo qiladi.

Boshqa tomondan, yoshlarda milliy urf-odatlarga, rasm-rusumlarga, milliy til va san’atga shakllantir zarur. Ko‘pgina milliy qadriyatlar tizimimiz saqlanib qolishiga qaramasdan uning ko‘pgina elementlari trasformatsiyaga uchrayapti. Ba’zi urf-odatlar o‘zining mohiyatini o‘zgartirgan, ba’zilari umuman yo‘q bo‘lgan. Markaziy Osiyo xalqlarining tilida o‘zgarishlar yuz bermoqda, masalan o‘zbek tilida. Bir necha bor o‘zbek alfaviti o‘zgardi. Leksikamizda eski turmush tarzimizga xos bo‘lgan ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi, yangi so‘zlar paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda o‘zbeklarga xos qadriyatlar tizimi qadim- qadimdan shakllanib kelgan. Uning asosida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan dunyoqarash yotadi. O‘zbeklarning urf-odatlarga mos xatti-harakati etnik va diniy ong shakllari bilan bog‘liqdir. Mehmonnavozlik o‘zbek xalqi hayotining asosiy xususiyatlaridan biridir. Har bir oilada mehmon aziz inson hisoblanadi. Shunga muvofiq mehmon qabul qilish rituali amalga oshiriladi. Bu ritual to‘laligicha mehmon hurmati bilan uning mehmonda bo‘lish vaqti yoqimli bo‘lishi bilan sug‘orilgan. O‘zbek oilalarida doimo atrofdagilarni fikrlari, ularni hurmati bilan hisoblashish qabul qilingan. O‘zining xatti-harakatlari umumqabul qilingan xatti-harakatlar bilan muvofiqligi hisobga olinadi. Bu o‘zbek mentalitetining asosiy komponentidir. O‘zbek xalqining ko‘pgina a’zolari atrofdagilar bilan maslahatlashmay kamdan-kam hollarda o‘zicha qaror qabul qiladi.
5-bob. GLOBAL MUAMMOLAR FALSAFASI


Download 441,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish