S. Mirzayev, O. Imomov, D. Inomjonov, I. Usmonaliyev, A. Najimov


-jadval O’quvchilar oromgohlari kun tartibi



Download 0,71 Mb.
bet11/18
Sana14.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#551598
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
jis tar amaliy mash

20-jadval
O’quvchilar oromgohlari kun tartibi



Tadbirlar

Soatlarda

1.

Uyg’onish

7:30

2.

Ertalabki badantarbiya

7:35-7:50

3.

O’rinni yig’ishtirish, suv muolajalari

7:50-8:20

4.

Ertalabki yig’in

8:20-8:30

5.

Nonushta

8:30-9:00

6.

O’quvchilarning jamoat ishlari (dorivor o’tlar, yovvoyi mevalarni yig’ish, yordamchi xo’jaliklar, poliz va gulxo-nalarda ishlash, oromgohni jihozlash va bezash)

9:00-10:40

7.

Sog’lomlashtiruvchi gigiyenik muolajalar (quyosh va suv vannalari, cho’milish, suvdagi o’yinlar)

10:40-12:00

8.

Bo’sh vaqt (yengil o’yinlar, kitob o’qish va boshqalar)

12:00-13:00

9.

Tushlik

13:00-14:00

10.

Dam olish

14:00-16:00

11.

Choy ichish

16:00-16:30

12.

Jismoniy tarbiya, klub, to’garak ishlari, otryadlar yig’ilish-lari, ekskursiya, sayr va o’yinlar

16:30-18:30

13.

Kechki ovqat

19:00-20:00

14.

Ommaviy ishlar (kino, havaskorlik kechalari)

20:00-21:30

15.

Kechki yig’in

21:30-21:45

16.

Uyquga tayyorgarlik

21:45-22:00

17.

Uyqu

22:00-7:30

O’quvchilar oromgohlari kun tartibida tarbiyaviy tadbirlarga katt o’rin ajratiladi. Ularning mazmuni va formasi jihatlari bilan bolalarning yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak. Shuningdek, bolalarning mehnat faoliyati ham kundalik tartibda belgilanishi lozim. O’quvchilar oromgohlarida ovqatlanish tartibi va tegishli gigiyena qoidalariga amal qilish majburiydir. O’quvchilar sutkasiga 2800-3000 kkal (100gr oqsil, 100 gr yog’, 400 gr ugle-vodlar, vitaminlar, shuningdek yetarli miqdorda mineral tuzlar) olishi kerak. O’quvchilar 4 mahal (nonushta, tushlik, tushdan keyingi va kechki) ovqatlanadilar. Ayrim hollarda tushdan keyingi choy kechki ovqatga qo’shib beriladi, bu holat gigiyena qoidalariga to’g’ri kelmay-di, barchasini o’z vaqtida berish talab etiladi.


Oromgohlarda ovqatdan zaxarlanish hollri ko’p uchraydi. Osqozon-ichak kasalliklarining yuqumli kasalliklari xalq orasida, ayniqsa bolalar o’rtasida tarqalishi jihatidan gripp va nafas yo’llarining yallig’lanish kasalliklari hamda bolalarning yuqumli kasalliklari (qizamiq, suvchechak, tepki) dan keyingi o’rinni egallaydi. O’tkir oshqozon-ichak kasalliklari ularni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlar (bakteriya va viruslar) turiga, biologik xususiyatiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. Shulardan eng keng tarqalgani va xavflilari ovqatdan zaxarlanish salmonelyoz va eskirgan konserva hamda kolbasa mahsulotlaridan zaxarlanish-botulizm hisoblanadi. Bulardan tashqari ichburuq, qorin tifi (terlama), xolera (vabo) kasalliklar ham juda xavfli hisoblanadi. Ovqatdan zaxarlanish-salmonelyoz ayniqsa buzilgan va eskirgan ovqatlarni iste’mol qilish natijasida vujudga keladi. Eskirgan ovqatni iste’mol qilgandan 2 soat o’tib ( ba’zida 1,5 kun o’tib) qorinda og’riq paydo bo’ladi, ko’ngil ayniydi, ketma-ket qusa boshlaydi. Og’ir formalarida tana harorati 40º va undan ham ko’tariladi, qal-tirash hamda rang oqarishi, oyoq-qo’l qaqshab og’rishi, ba’zan xushini yo’qotish holatlari kuzatiladi. Botulizm –bu ham ovqatdan zaxarlanish kasalligi bo’lib, ko’pincha konserva-langan baliq, karam, pomidor, bodring, qo’ziqorin yeganda, shuningdek eskirgan kolbasa mahsulotlarini iste’molqilganda yuzaga keladi. Cunki bu mahsulotlarni tayyorlash vaqtida konserva ichiga kislorodsiz muhitda ko’payib, o’zidan zaxarli moddalar ajratuvchi mikrob-lar tushib qolgan bo’lishi mumkin. Bu mikroblar uzoq vaqt saqlangan sho’r baliq, kolbasa va qazida ham uchrashi mumkin. Bu mikroblar o’zidan gaz ajratib chiqarishi natijasida konser-va bankalarining qopqog’i ko’tarilib qoladi, eski kolbasalarning ustidagi plyonkasi shishib qoladi. Shulardan ham eski va yaroqsiz mahsulotlarni bilib olsa bo’ladi. Botulizmga chalingan kishida kasallik alomatlari 2 soatdan keyin (ba’zan xatto 10 kundan keyin) qorinda og’riq paydo bo’ladi, ko’ngil aynishi, qusish holatlari kuzatiladi. Shuningdek, ich suyuqla-shadi, lekin ko’p ketmaydi, qorin dam bo’ladi, og’iz quriydi, ovoz bo’g’iladi, ko’z qovoqlari osilib qoladi.
Xolera (vabo) ni qo’zg’atuvchi bakteriyalar (vibrionlar) ham aynigan ovqat, ayniqsa ariq, quduq, hovuzning ifloslangan suvidaan, bemorning idish-tovoqlaridan, qo’lidan yuqadi. Uning belgilari bemorning ichi ketadi, qusadi, qorinda og’riq paydo bo’ladi, g’ijimlanish, g’uldirash paydo bo’ladi, holsizlanish va rang oqarish kuzatiladi.
Ichburuq (dizenteriya) mikroblari ham ovqatdan, suvdan, bemorning idish-tovoqlaridan yuqadi. Bemorning qornida og’riq paydo bo’ladi, ich ketishi tezlashadi (sutkasiga 10-15 marta). Bu kasallikni tarqalishida uy passhasi muhim rol o’ynaydi. Bitta pashsha tanasida 6 million, ichagida esa 28 millionga yaqin turli kasallik tarqatuvchi mikroblar bo’lishi aniqlan-gan.
O’tkir oshqozon-ichak kasalliklari bilan og’rigan darhol shifokorni chaqirish yoki bemor-ni shifoxonaga olib borish kerak. Bemor albatta shifoxonada davolanmog’i lozim. Bemorning kiyim-kechaklari, idish-tovoqlari maxsus dorilar va qaynatish usullari bilan za-rarsizlantiriladi. Bemor bilan ovqatlangan kishilarning axlati laboratoriyada analiz qilinadi, ularda kasallikni oldini olish uchun maxsus dorilar (bakteriofos) ichiriladi.
Bemorga shifokor yetib kelgunicha uy sharitida birinchi yordam ko’rsatish mumkin. Buning uchun tezlik bilan qaynatib sovutilgan yoki mineral suvga biroz soda qo’shib oshqo-zon yuviladi. Yuvish 3-4 marta takrorlanadi, to oshqozondan chiqadigan yuvindi suvda ovqat qoldiqlari qolmaguncha yuviladi. So’ngra issiq shirin choy yoki mineral suv ichiriladi, oyoq- qo’llari isitiladi.
Kundalik tartibda bolalarni chiniqtirishga katta ahamiyat beriladi. Chiniqtirish muhitning turli noqulay ta’sirlariga qarshi organizmda chidamlilik va bardoshlilikni oshirishga qaratil-gan bo’ladi. Maktab o’quvchilarini chiniqtirish butun yil davomida olib borilishi kerak. Chiniqtirishning eng yaxshi vositalari havo, suv va quyosh nurlari hisoblanadi. Oromgoh-larda havo temperaturasi +20º bo’lganda havo vannasi o’tkazish juda o’rinli (pastroq temperaturada shifokor ko’rsatmasi bilan). Dastlab havo vannasiga 15 minut ajratiladi, keyinchalik esa 1 soatgacha uzaytirilishi mumkin. Chiniqtirishning asosiy vositasi cho’milishdir. Uni suv harorati 20-22º bo’lganda dastlab 3-4 minut davom ettiriladi, keyin vaqtni 10 minutgacha, yuqori sinf o’quvchilari uchun 15 minutgacha uzaytirish lozim. Agar biror sabab bilan cho’milishni iloji bo’lmasa artinishni qo’llash mumkin. Dastlab artinish xonada havo harorati 30-32º bo’lganda o’tkaziladi, 5-8 o’tgach suv harorati 1-2º ga pasaytirilishi, keyinroq 16º gacha yetkazilishi mumkin. Havo harorati, shuningdek asta- sekin pasaytirilishi mumkin, ammo o’quvchilarga +15º dan past temperaturada artinish tavsiya etilmaydi. Cho’milayotganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, oldindan cho’mi- lish havza-si tekshirilishi va chomilish mumkinligi aniqlanishi shart. So’ngrs cho’milish zonasi belgilanadi va qutqarish vositalari bilan ta’minlanadi. Cho’milish tarbiyachi va yetakchilar nazorati ostida o’tkaziladi. Bunda bir vaqtda bitta yetakchi nazoratida ko’pi bilan 15 ta o’quv chi bo’lishi lozim.
Chiniqish uchun quyosh nurlari ham samaralidir,ammo u organizmga juda kuchli ta’sir etadi. Shuning uchun oldindan shifokor bilan maslahatlashib, chiniqtirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Quyosh vannasi dastlab 5-8 minut davom etishi, keyi har 2-3 kunda o’quvchilarni holatiga qarab 2-3 minutga uzaytirilishi mumkin. Kichik yoshdagi o’quvchilari uchun quyosh vannasining yuqori vaqti 20-30 minut, katta yoshdagi o’quvchilar uchun esa 30-40 minut qilib belgilanadi. Odatda quyosh vannalari havo holatiga qarab ertalabki soat 9-12 lar oralig’ida o’tkaziladi. Tabbiy omillardan to’g’ri foydalanish maktab o’quvchilariga nafaqat oromgohda balki butun o’quv yili davomida ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Sayohat va ekskursiyalar ham organizmni chiniqtirishda katta ahamiyatga ega. Sayohatlarning yo’nalishi va kun tartibi shifokor ishtirikida tuzib chiqiladi. Shifokor o’quvchilardan kimlar sayohatga qatnashishini belgilab beradi. Issiq vaqtlarda bir kunlik, ikki kunlik va uch kunlik turistik sayohatlar o’tkazish mumkin. Turistik sayohatlarga chi- qish uchun 5-sinfdan boshlab ruxsat etiladi. Qatnashuvchilarning kiyim va poyabzallari sayohat sharoitlariga yil fasliga mos bo’lishi kerak. Yoz vaqtida sayohat erta tongdan boshlanib, soat 12 da katta dam olish vaqtini tashkil etish lozim. Sayohatni ikkinchi qismini issiq pasay-ganda soat 16-17 larda davom ettiriladi. Qishda esa sayohat ertalab 8-9 da boshlanib, kech boo’lmasdan soat 16 da tamomlagan maqul. Buning uchun kunduzgi dam olish vaqti 1-1,5 soatga qisqartiriladi. Kechki uyquning davomiyligi ko’p kunlik sayohatlarda 12 soatdan kam bo’lmasligi kerak. Sayohatga olinadigan oziq-ovqatlar yuqori kaloriyali, tez tayyorlanadigan bolishi lozim. Sayohat vaqtida o’quvchilar uch mahal ( ertalab, katta dam olish vaqtida va kechqurun) ovqatlanadilar. O’quvchilarga eskirgan, tez buziladigan ovqatlardan hamda yo’ldan uchragan suvdan iste’mol qilish taqiqlanadi. 9-10 yoshdagi bolalar uchun har 2 km yo’l yurgandan keyin, 11-12 yoshli bolalar uchun 2-3 km, 13-15 yoshli bolalar uchun 3-4 km yo’l yurgandan keyin qisqa vaqt (5-10 minut) dam beriladi. Bundan tashqari bolalar yuki-ning og’irligiga ham gigiyenik ahamiyat beriladi. 9-10 yoshli bolalar uchun 2,5 kg, 11-12 yoshli bolalar uchun 3,5 kg va 13-15 yoshli bolalar uchun
4-5 kg og’irlikdagi yuk xaltalari belgilanadi. Bolalarning piyoda sayohati va ekskursiyalari haqidagi ba’zi bir ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish