S. Mirzayev, O. Imomov, D. Inomjonov, I. Usmonaliyev, A. Najimov


I. Umumiy gigiyenadan amaliy mashg’ulotlar



Download 0,71 Mb.
bet2/18
Sana14.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#551598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
jis tar amaliy mash

I. Umumiy gigiyenadan amaliy mashg’ulotlar


1-AMALIY MASHG’ULOT.
Havo gigiyenasi.
Ishning maqsadi: talabalarni olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash,ya’ni havo temperaturasi, nisbiy namligi, harakatini aniqlash usullari bilan tanishtirish.
a) Havo temperaturasini aniqlash. Havo temperaturasini selsiy graduslarida darajalarga bo’lingan spirtli yoki simobli termometr bilan o’lchanadi. Ochiq joyga qo’yiladigan termometrlar shkalasi – 50 dan +50˚C gacha bo’ladi. Chet ellarda bu birlikdan tashqari Reomer va Farengeyt birliklari ham q’ollaniladi. I Ц = 5/4 ˚P yoki 9/5 ˚ф , I˚P=5/4 ˚C yoki 9/4 ˚ф: I˚ф = 5/9 ˚C yoki 4/9˚P.
Temperaturani o’lchash uchun termometrni shtativ yoki shnurga erkin osib qo’ying. Asbobni o’natilgandan 10 minut keyin ko’rsatkichni yozib oling. Tashqaridagi havo temperaturasini aniqlashda termometr quyosh nuridan karton yoki fanerdan yasalgan to’siq bilan himoya qilinishi kerak, to’siq quyosh radiatsiyasini ushlab qoladigan va termometr atrofida havo harakatiga to’sqinlik qilmaydigan qilib o’rnatilishi kerak.
b) Havoning nisbiy namligini aniqlash.
Havoning namligi quyidagicha ifodalanadi: absolyut, maksimal va nisbiy namlik.
Absolyut namlik- berilgan vaqt va temperaturada 1 m havodagi suv bug’larining grammlar bilan ifodalanganidir.
Maksimal namlik- berilgan temperaturada 1 m havoni to’yintirish uchun ketadigan suv bug’larining grammlar bilan ifodalanganidir.
Nisbiy namlik-kuzatilayotgan vaqtdagi suv bug’larining to’yinish protsentidir yoki absolyut namlikni maksimal namlikka nisbatidir. Havoning nisbiy namligini stansion yoki aspiratsion psixrometr bilan aniqlanadi. Aspiratsion psixrometr ixcham bo’lib, ancha aniq natijalar beradi. Asbob shtativ yoki ochiq g’ilofga yonma-yon o’rnatilgan ikkita bir xil simobli yoki spirtli termometrdan tashkil topgan. Termometrlardan birining nem deb ataladigan rezervuariga bir bo’lak gazlama (batist) o’ralgan bo’lib, uning uchiga jgut o’rab qo’yilgan va termometrdan 3-4 sm pastga qo’yib ichigam distillangan suv solingan kosachaga tushirilgan.
Psixrometrning ishlash prinsipi quyidagicha. Termometr rezervuariga o’rab qo’yilgan ho’l gazlama sirtidan bug’ chiqadi, shunda nam termometr rezervuari quruq termometr rezervuariga qaraganda ko’p issiqlik yo’qotadi va nam termometr ko’rsatkichi quruq termometr ko’rsatkichiga qaraganda past bo’ladi. Suvning buglanish darajasi havoning namligiga bog’liq bo’lganligi uchun havo qanchalik quruq bo’lsa, quruq va nam termomerlar ko’rsatkichi o’rtasidagi farq shunchalik katta bo’ladi.
Havoning nisbiy namligini aniqlash uchun stansion psixrometrni tekshiriladigan joyga qo’ying. Kosachani suv bilan to’ldiring va u bilan batistni ho’llang. 15 minutdan keyin ikkala termometr ko’rsatkichini darhol yozib oling (bunda termometrlarga qarab nafas chiqarmaslik kerak. Nisbiy namlikni 1-jadval bo’yichatoping.Masalan,quruq termometrning ko’rsatkichi 19,7̊ , nam temperaturaniki esa 15,7. Jadvalning birinchi vertikal ustunchasidan quruq termometrning ko’rsatkichi 19,7 ̊ ni qidirib topamiz. Jadvalda bunday raqam yo’qligi uchun unga yaqin raqam 20 ̊ da to’xtaymiz. Endi 20 ̊ dan boshlanadigan gorizontal qatordan termometr ko’rsatkichini – 15,7 ̊ ni qidiramiz. Bunday raqam ham yo’q, shuninmg uchun unga juda yaqin 15,6 ̊ ni tanlaymiz. 15,6 ̊ dan boshlanadigan vertikal ustuncha tagidan noma’lum nisbiy namlik kattaligini – 55 % ni topamiz.
Aspiratsion psixrometrda ikkala termometr rezervuari metall naychalarga tushirilgan bo’lib, ular orqali ventilyator yordamida bir xil 2 m/s tezlikda so’rib olinadi. Metall naychalar termometrlarni nur issiqligidan saqlab turadi. Shu sababli namlikni aspiratsion psixrometr bilan aniqlashda havo harorati tezligining o’zgarishi natijasida yoki nur issiqligi ta’sirida kelib chiqqan xatoliklar manbai bartaraf etiladi.
Namlikni aspiratsion psixrometr bilan aniqlash uchun nam termometr rezervuarini batist bilan, uning uchi chiqib qolmaydigan qilib o’rang. Gazlamani probirka qo’shib beriladigan alohida tomizgich ( pipetka) yordamida distillangan suv bilan ho’llang. Asbobni silkitib, batistdagi ortiqcha suvni yo’qoting. Asbobni namlik aniqlanadigan joyga o’rnating. Ventilyatorni ishlatish va 4 minutdan keyin ikkala termonetr ko’rsatkichini hisoblang. Agar kuzatuv past havo temperaturasida olib borilayotgan bo’lsa, uni so’rib olish muddatini 15-20 minutga oshirish kerak.
Nisbiy namlikni hisoblash uchun 2-jadvaldan foydalaning. Jadval bo’yicha nisbiy namlik gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishgan nuqtalaridan topiladi. Bu chiziqlar quruq va nam termometrlar ko’rsatkichiga muvofiq keladigan sonlarni birlashtiradi.
v) Havo harakati tezligini aniqlash. Havo harakati tezligi anemometr bilan aniqlanadi. Anemometrlar qanotli va kosachali bo’ladi. Ularning ishlash prinsipi shundan iboratki, havo harakatlanganda anemometrning harakatlanadigan qanoti yoki kosachasiga bosim bilan ta’sir qiladi, shunda ular aylana boshlaydi. Havo harakatining tezligi qanchalik yuqori bo’lsa qanot yoki kosacha orqali strelkalarni harakatga keltiradi, strelkalar sonlar bo’yicha yurib, hisob qilishga imkon beradi. Kosachani anemometrda faqat katta tezlikdagi- sekundiga 1 m dan to 20 m gacha tezlikdagi havoni o’lchash mumkin. Qanotli anemometr ancha sezuvchan, unda sekundiga 0,4 dan 12 m gacha tezlikdagi havo harakatini o;lchash mumkin. Shu boisdan qanotli anemometr ko’pgina gigienik maqsadlar uchun qo’l keladi.
Havo harakati tezligini aniqlashni anemometr strelkalarining ko’rsatkichlarini yozib olishdan boshlang. Keyin pribor strelkasini to’xtatib, o’lchanadigan joy ro’parasiga va iloji boricha havo oqimiga qat’iy perpendikular holda o’rnating. Qanotlar (kosalar) bir me’yorda boshlamaguncha biroz vaqt kutib turing, so’ngra knopka (richag) ni bosib strelkani yurgizib yuboring va shu zahoti sekundomerda yoki sekundli soat strelkasidan vaqtni belgilab qo’ying. 2-3 minutdan keyin richagni bosib, strelkani to’xtating. Vaqt va strelkalar ko’rsatkichlarini belgilang. Strelkalarning ikkinchi ko’rsatkichi bilan birinchi ko’rsatkichi o’rtasidagi farqni o’lchash olib boriladigan sekundlar soniga bo’ling,shundan keyin priborga qo’shib berilgan grafik bo’yicha havo harakati tezligini m/s da toping.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish