YUMB eritmalarining turg‘unligi
Ma’lum sharoitda YuMB eritmalarida zollarga о‘hshab zarrachalarni yiriklashishi - koagullanish kuzatiladi. Lekin zollardan farqli ravishda YuMBlarning yashirin koagullanish jarayoni sekin va uzoq о‘tadi. Ba’zida aniq koagullanishga о‘tmasdan ham tuzlanish va jele holatiga о‘tish boshlanadi.
Tuzlanish – erigan moddani oz miqdorda qо‘shilgan neytral tuzlar ta’sirida chо‘kishi. Kolloidlarni chо‘ktirish uchun juda oz miqdorda elektrolit kerak bо‘lsa (mmol/l), YUMB ni chо‘ktirish uchun deyarli tо‘yingan elektrolit eritmasi kerak bо‘ladi. YUMB eritmasidan tuzlanish yо‘li bilan moddani chо‘ktirish zollarni koagullanishidan katta farq qiladi.
Tuzlanishning sababi YUMB makromolekulalari va erituvchi о‘rtasidagi solvat bog‘lar uzilishi bilan bog‘liq. Bu jarayon desolvatlanish deb nomlanadi. Bu YUMB ning eruvchanligi sekin asta pasayishi va oxirigi oqibat chо‘kishga olib keladi. Elektrolitning tuzlantirish ta’siri uning ionlarini solvatlanish darajasi bilan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri bog‘liq. YUMB ning koagullanishini eletrolitning ikkala ioni ham chaqiradi. Tuzlanishga nafaqat elektrolit ionlari, balki har qanday erituvchi va YUMB ning eruvchanligini kamaytiruvchi moddalar olib keladi. Masalan, atseton va spirt jelatinni suvli eritmasidan osonlik bilan chо‘ktiradi, chunki ular suv bilan osonlikcha bog‘lanib jelatin zarrachalarini suvsizlantiradi. Tuzlantirish qobiliyati bо‘yicha elektrolitlar liotrop qatorga joylashtiriladi:
Anionlar qatori:
C2O42-> SO42->CH3COO-> CI-> Br -> I-> CNS-
Kationlar qatori:
Li+> Na+> K+> Rb+> Cs+> Mg2+> Ca2+> Sr2+> Ba2+
Ionlarni tuzlantirish xususiyati keltirilgan qatorlarda chapdan о‘ngga kamayib boradi. Ba’zida YuMB ni uni eritish xususiyati kamroq bо‘lgan suyuqlik quyib ham chо‘ktirishadi. Bitta polimerning eruvchanligi makromolekulalari uzunligiga bog‘liq. U qanchalik uzun bо‘lsa, eruvchanligi shuncha kam bо‘lib, chо‘kishi shuncha oson bо‘ladi. Polimerlarning shu xususiyatini polidispers sistemalarni tahlilida ishlatishadi. Kо‘pincha YuMB ning aniq koagullanishi jele hosil bо‘lishi bilan boradi. Bunda chо‘kma hosil bо‘lmay butun sistema bor hajmida jele holatiga о‘tadi.
Jele va jele hosil bо‘lish jarayoni atrof muhitni о‘rganishda katta ahamiyatga ega. Gо‘sht, tvorog, qatiq, kisel, marmelad jele holatidagi oziq-ovqatlardir. Harorat, pH о‘zgarishi, tuzlar ta’sirida koagullanishning yana о‘ziga xos turi koatservatlar hosil bо‘lishi yuz beradi.
Koatservatlanishning tuzlanishdan farqi shundan iboratki, chо‘kma hosil bо‘lmasdan, sistema ikki fazaga bо‘linadi. Bu fazalarning biri YuMB ning erituvchidagi eritmasi bо‘lsa, ikkinchisi erituvchining YuMB dagi eritmasidir. YuMB miqdori kо‘proq bо‘lgan eritma tomchilarga aylanib, yiriklashib boradi. Koatservatlanishning ahamiyati mikrokapsulalar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan keng rivojlana boshladi. Masalan, farmatsevtikada dori moddalarni atrofdagi ta’sirlardan chegaralash uchun ishlatishadi. Dorining qobig‘i uning ustida adsorblangan koatservatlangan polimer tomchilaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |