molekulyar eritma
zol
YUMB (YUMB)m
YuMB eritmalarining xossalari. Oddiy sharoitda YuMB lar eritmalari, о‘zining xususiyatlariga kо‘ra kolloid eritmalarga yaqinlashadi va ularni termodinamik barqaror liofil kolloid sistemalar sifatida kо‘rish mumkin. Ularning zarrachalari kattaligi kolloidlarning disperslik darajasiga (10-6-10-7sm) tо‘g‘ri keladi. Bu zarrachalar zol zarrachasiga о‘xshab dializda yarimо‘tkazgich membrana bilan ushlanib qoladi, diffuziya tezligi past, ba’zi tashqi ta’sirlar ostida koagullanib ham qoladi. Erish jarayoni esa chin eritmalar hosil bо‘lish mexanizmi bо‘yicha borib termodinamik barqaror sistema hosil bо‘ladi. Shuning uchun, yuqorimolekulyar moddalarni kolloid va chin eritmalar о‘rtasidaga oraliq holat deb ham ta’riflash mumkin.
Oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar organizmning tuzilish birliklari bо‘lib, yuqorimolekulyar moddalarning barcha xususiyatlariga ega bо‘ladi. Shuning uchun ularni о‘rganishda YuMB larning barcha xossalariga asoslanish zarur. Bu ularning eritma hosil qilishda bо‘kishi, eritmalarining qovushqoqligi, tuzlanishi, jele hosil qilishi, koatservantlar hosil qilishi va boshqalardir.
YuMM eritmalarining qovushqoqligi. Eritmalarning qovushqoqligi – bu eritma molekulalarining ichki ishqalanish kuchini baholovchi kattalikdir. Bu kattalik eritma tarkibini tashkil qiluvchi moddalar bir biriga nisbatan qaysi darajada erkin harakatlanayotganini kо‘rsatadi.
Agregativ barqarorlikka ega suyultirilgan dispers sistemalarda (chin eritmalarda) zarrachalar harakati mutlaqo erkin bо‘ladi, bu degani ular ma’lum strukturaga ega bо‘lmaydi. Umuman qovushqoqlikka ega bо‘lmagan sistemalar bо‘lmaydi. Barcha eritmalar qanchadir darajada bо‘lsa ham qovushqoqlikka egaligini I.Nyuton о‘rgangan va bunday sistemalar Nyuton sistemalari deyiladi. Ularning qovushqoqligi Eynshteyn qonuni bilan tushintiriladi: Dispers sistemaning (zol, suspenziya) qovushqoqligi dispers faza miqdori oshishi bilan ortadi. Strukturalashgan kolloid sistemalar Eynshteyn qonuniga bо‘ysinmaydi. Ularning qovushqoqligi Eynshteyn qonuniga bо‘ysinmasdan, dispers faza zarrachalari ortishidan ilgarilab ketadi. YuMM eritmalari ham Nyuton suyuqliklari qatoriga kirmaydi. Qon ham kolloid eritma boʻlganlligi uchun Nyuton suyuqliklari qatoriga kirmaydi.
Qonning yana bir asosiy kо‘rsatkichlaridan biri – bu uning suyuqlik (oquvchanlik) darajasidir. Suyuqliklarning oquvchanligi bilan bog‘liq xossalarini fizikaning reologiya degan sohasi о‘rganadi.
Reologiya – (grekcha rheos - oqim va logos – о‘rganish) ya’ni moddalar eritmalarida deformatsiyalanish va qovushqoqlikni, shu qatorda ularning elastikligi, plastikligini о‘rganishdir.
Dispers sistemaning tuzilishi va reologik xossalarini о‘rganishdagi asosiy omillar – bu dispers faza zarrachalari konsentratsiyasi va zarrachalar ta’sirlashuvi energiyasi.
Qon – Nyuton suyuqligi emas deb ta’kidladik. U shakliy elementlarning suyuqlikda ya’ni plazmadagi strukturalashtirilgan eritmasi. Shakliy elementlarning asosiy qismi eritrotsitlar bо‘lgani uchun, qon – bu eritrotsitlarning fiziologik eritmadagi suspenziyasidir. Eritrotsitlarning asosiy xususiyatlaridan biri – bu ularning agregatlar hosil qilishga intilishi. Shuning uchun qonning qovushqoqligi ancha yuqori qiymatlarga ega. Yо‘g‘on tomirlarda qonning qovushqoqligi oddiy holatda ηqon = (4.2-6) ∙ ηsuv; anemiyada ηanem = (2-3) ∙ ηsuv; politsitemiyada ηpol = (15-20) ∙ ηsuv. Plazmada ηpl =1.2 ∙ ηsuv. Suv uchun ηsuv = 0,01Puaz (1 Puaz = 0,1 Pa ∙ s). Harorat pasayishi bilan har qanday suyuqlikning qovushqoqligi oshadi. Qonning qovushqoqligi harorat 37o dan 17o gacha pasayganda 10% ga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |