S. M. Masharipov X. S. Tadjiyeva tibbiy kimyodan amaliy mashg’ulotlar uchun darslik


Liozollarning kinetik va agregativ turg‘unligi



Download 8,51 Mb.
bet62/68
Sana26.03.2022
Hajmi8,51 Mb.
#511663
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68
Bog'liq
5.Тиббий киме дарслик

Liozollarning kinetik va agregativ turg‘unligi. N.P. Peskov 1922 yilda kolloid sistemalar bilan shug’ulanuvchi fanga kinetik va agregativ turg‘unlik degan iborani kiritdi. Kinetik turg‘unlik bu dispers sistemaning og‘irlik kuchiga nisbatan turg‘unligini bildiradi. Turg‘unlikning bunday turi Broun harakatning mavjudligi bilan tushuntiriladi. Ana shu harakat tufayli maydalangan zarrachalar og‘irlik kuchi ta’siriga qarshilik qiladi. Kolloidlar va suspenziyalarining kinetik turq’unliklarining omillari Broun harakatidan tashqari, maydalanganlik darajasi va dispers muhitning qovushqoqligidir. Kinetik turg‘unlik maydalanganlik darajasi ortishi va qovushqoqlik ortishi bilan ortadi.
Agregativ turg‘unlik deb sistemaning maydalanganlik darajasini saqlash qobiliyatiga aytiladi. Bunday turg‘unlikni kolloid zarrachalarda bir xil zaryadlarning borligi va kolloid zarracha atrofida ular bilan bog‘langan erituvchi molekulalaridan xosil bo‘ladigan solvat qavati bilan tushintirishimiz mumkin.
Demak kinetik va agregativ turg‘unlik omili bir-biridan farqlanar ekan.
Bu farqni kuyidagi misolda ko‘ramiz. Agar harakatni ortishi zarrachalarning cho‘kishiga qarshilik qilsa ularni yiriklashishiga ya’ni agregatlashishiga olib keladi. Agarda Broun harakitining tezlanishi cho‘qishga qarshiik qilsa zarrachalarning to‘qnashishi ( Broun harakati tufayli) ularning yiriklashishiga olib keladi.
O‘zaro koagullanish. Zarrachalari manfiy zaryadlangan zollarga zarrachalari musbat zaryadlangan zollar qo‘shilsa, ularning o‘zaro koagullanishi yuz beradi. Ko‘pgina suv tozalovchi stansiyalarda manfiy zaryadlangan organik aralashmalari bo‘lgan suvga musbat zaryadlangan alyuminiy yoki temir gidroksid zollari qo‘shiladi. O‘zaro koagulyasiyadan keyin hosil bo‘lgan iviq cho‘kma qum filtrlarda oson filtrlanadi.
Kolloidlarni ximoyalash. Kolloid zarrachalarning elektrolitlar ta’siridagi koagullanishga bo‘lgan barqarorligini SFM yordamida oshirish «kolloid ximoya» deb ataladi. «Kolloid ximoya»- ning miqdoriy belgisi sifatida zolni «ximoyalash soni» tushunchasi kiritilgan bo‘lib, oltin zoli uchun «oltin son», temir zoli uchun «temir son», kumush zoli uchun «kumush son» va h. k. deyiladi. Masalan, oltin son tushunchasi quyidagi ta’rifga ega: 10 ml oltin zolini 1 ml 10 % li NaCl eritmasining koagullovchi ta’siridan (zol rangini qizildan ko‘kka o‘zgartirishidan) saqlab qoladigan moddaning milligramm miqdori «oltin son» deb ataladi. Uzoq muddat saqlash kerak bo'lgan zollarni olishda kolloid himoya keng qo'llaniladi. Ko'p dori-darmonlar shunday zollar qatoriga kiradi. Burunga tomiziladigan kollargol va protargollarni tayyorlashda jelatinadan himoyalovchi modda sifatida foydalaniladi. Kolloid himoya hodisasi juda katta fiziologik ahamiyatga ega. Ko‘p gidrofob kolloidlar va qon zarrachalari biologik suyuqliklarda koagullanishdan oqsillar bilan himoyalangan. Masalan, qon oqsillari yog' tomchilarini, xolesterin va boshqa gidrofob moddalarni himoya qiladi. Himoyalash darajasining pasayishi xolesterin va kalsiyning tomir devoriarida yig'ilishiga olib keladi. Bundan ateroskleroz va kalsinoz kasalliklari kelib chiqadi. Qonda oqsillar va boshqa gidrofil birikmalarni himoyalash xossasining kamayishi, siydik kislotaning tuzlari cho'kmaga tushishiga, ya’ni buyrakda, jigarda va o’t pufagida toshlar hosil bo'lishiga olib keladi.
Koagullanishning biologik ahamiyati. Koagullanish va peptizatsiya jarayonlari organizmlarning hayot faoliyati uchun katta axamiyatga ega, chunki hujayra va biologik suyuqliklar kolloidlari ham elektrolitlar ta’sirida koagullanadi. Shulse-Gardi qoidasiga binoan, organizmda fizik-kimyoviy sharoitlarni doimiy bir tarzda saqlash uchun va in vitro eksperimentlarida elektrolitlarning konsentratsiyalarinigina emas, balki ularning sifat tarkibining ham doimiy bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Haqiqatan ham, izotonik eritmani NaCl dan emas, balki teng konsentratsiyadagi birorta boshqa ko‘p zaryadli ionlardan, masalan MgS04 dan tayyorlansa ikki zaryadli ionlar kolloidlarga NaCl ga nisbatan ancha kuchli koagullovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Elektrolitlardagi antagonizm va sinergizm hodisalari biologik ob’ektlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, 0,12 M NaCl va CaC12 eritmalari bug‘doy ildizlarining o‘sishini to‘xtatib qo`yadi. Lekin bu eritmalarning ma’lum nisbatlari olinganda elektrolitlar aralashmasining salbiy ta’siri bartaraf etiladi.
Hozirgi vaqtga kelib tibbiyotda davolashning fizioterapiya usullari keng qo‘llanilmoqda. Ular boshqa usullarga nisbatan arzon va qo‘shimcha reaksiyalarni organizmda chaqirmaydi. Fizioterapiya usullari ichida asosiy o‘rinni dorilar yordamida davolash elektroforezi egallaydi. U tibbiyot va biologiyada asosan quyidagi holatlarda ishlatiladi:
- moddalarni preparativ ajratish
- elektr maydonida hujayra va boshqa zarrachalarning harakatchanigini o‘rganish
- to‘qima va ularning sirtlarini elektrokinetik o‘rganish
Tibbiyotda ko‘proq axamiyatga ega bo`lgani bu davolash va kasallikni oldini olishda ishlatiladigan dorivor-davolash elektroforezidir. Dorivor-davolash elektroforezi bu elektrofarmakologik usul bo`lib, uning asosida doimiy tok yordamida organizmga kiritiladigan dorivor moddaning organizmga kompleks ta’siri yotadi.

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish