S. M. Masharipov X. S. Tadjiyeva tibbiy kimyodan amaliy mashg’ulotlar uchun darslik



Download 8,51 Mb.
bet61/68
Sana26.03.2022
Hajmi8,51 Mb.
#511663
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68
Bog'liq
5.Тиббий киме дарслик

Shulse - Gardi qoidasi. Ionlarning koagullash ta’siri ularning zaryadi kattalashishi bilan progressiya ravishda oshib boradi. Bu progressiya taxmin qilib olinganda ionlar zaryadlari qiymatining oltinchi darajasida olinadi: 1 : 26: 36 va hoqazo. 1 litr kolloid eritmani aniq koagullanishini chaqirish uchun qo’shish lozum bo’lgan eliktrolit miqdoriga koagullanish bo’sag’asi deb aytiladi. Shunday qilib, koagullanishga granula zaryadiga qarama-qarshi zaryadli ionlar olib keladi. Koagullovchi ion zaryadi qiymati qancha yuqori bo’lsa uning koagullovchi ta’siri shuncha yuqori va koagullanish bo’sag’asi shuncha kichik bo’ladi.
Elektrolit aralashmalari bilan koagullash. Ikki yoki bundan ortiq elektrolitlar aralashmasi bilan kolloid eritmaga birga ta’sir ettirishning uch xili bo‘lishi mumkin:
1) elektrolitlarning jami koagullovchi ta’siri (additivlik);
2) bir elektrolit ikkinchisining ta’sirini susaytiradi (antagonizm);
3) bir elektrolit ikkin­chisining ta’sirini kuchaytiradi (sinergizm).
Additivlik holda konsentratsiya 100% dan kam bo‘lgan elektrolit bilan koagullashga harakat qilinsa, ma’lum miqdor ikkinchi elektrolitdan qo‘shishga to‘g‘ri keladi, masalan, biridan koagullovchi konsentratsiyasi 70% olinsa, ikkinchisidan 30% qo‘shishga (jami 100%) to‘g‘ri keladi va hokazo. Elektrolitlarning bunday aralashmasi additiv ta’sir ko’rsatadi.
Antagonizmda elektrolitlar ta’sirida bir elektrolitning 70% konsentratsiyasiga ikkinchisining koagullash konsentratsiyasi 30% emas, balki ko‘proq, masalan 55% kerak bo‘lib chiqadi. Shunday qilib, ular jami konsentratsiyalari 100% dan ortiq bo‘ladi.
Nihoyat sinergizmda zolning tez koagulyasiyasi uchun bir elektrolitning koagullovchi konsentratsiyasining 70% i, ikkinchi elektrolitning koagullovchi konsentratsiyasidan 15% ini qo‘shish kifoya qiladi (jami 100% dan kam).
Zollarni elektrolitlar aralashmasi bilan koagullashda odatda sinergizm yoki antagonizm kuzatiladi: additivlik esa kam uchraydigan hodisadir. Sinergizm hodisasiga qo‘shilgan elektrolitlardan hosil bo`ladigan kuchli koagullash ta’siriga ega bo‘lgan ko‘p zaryadli kompleks ionlar sabab bo‘lishi mumkin (Shulse-Gardi qoidasi).
Ba’zan kolloid zarrachalar qo‘shilgan elektrolit bilan reaksiyaga kirishib peptizatorlar hosil qiladi. Masalan, Fe(OH)3 zoliga HCl tez qo‘shilganda u koagullanadi. HCl sekin qo‘shilganda esa koagullanish bo‘lmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, xlorid kislota asta-sekin qo‘shilganda peptizator hosil bo‘lishga ulguradi.
Bunday hodisa zollarning ko‘nikishi deyiladi.
Qo‘zg‘almas va qo‘zgaluvchan ionlar qavati o‘rtasida yuzaga keladigan potensialga elektrkinetik yoki dzeta ζ-potensial deb aytiladi. Bu potensial qiymatini kamayishi grafikini quyidagicha ifodalashimiz mumkin. Ya’ni qattiq faza sirtidan uzoqlashgan sari ζ qiymati kamayib boradi. Qarama-qarshi ionlarning diffuzion qavatda tugaydigan chegarasida ζ=0 bo‘ladi.
Elektrkinetik potensial ζ qiymati quidagi omillarga bog’liq:
1.Temperatura
2. Qarama-qarshi ionlar konsentratsiyasi
3. Qarama-qarshi ionlarning zaryadi.
Harorat ortishi bilan kinetik energiyaning ortishi natijasida qarama-qarshi ionlarning adsorbsion va diffuzion qavat orasidagi muvozanati desorbsiya tomonga siljiydi, buning natijasida ζ qiymati ortadi.
Qarama-qarshi ionlarning eritmadagi konsentratsiyasi ortishi bilan adsorbsion muvozanat adsorbsiya tomonga siljiydi. Natijada ζ kamayadi.

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish