KOLLOID SISTEMALARNING ELEKTR XOSSALARI
Talabalar ushbu bobni o’rganib, quyidagilarni bilishi shart:
Qo’sh elektr qavat tuzilish nazariyalarining asosiy holatlarini;
Elektrkinetik hodisalarni;
Qo’sh elektr qavatning tuzilishiga va dzeta-potensialning kattaligiga elektrolitlarning ta’sirini
Talabalar o’zlashtirishlari shart:
Liofob zollarning misellarining formulalarini tuzishni;
Elektrolitlar ta’sirida qo’sh elektr qavatning va ζ – potensialning o’zgarishini aytib bera olishi.
Elektroforez va elektroosmos. Elektrokinetik hodisalarning ahamiyati
Kolloid zarrachalar ma’lum bir zaryadga ega bo’lganligi uchun kolloid eritmaga tashqaridan elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon harakat qiladi: manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha manfiy elektrodga tomon boradi. Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta’sirida harakat qilish hodisasi elektroforez yoki katoforez deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |