36
Bunda shartli ravishda yirik to‘ldiruvchilar orasidagi bo‘shliq
mayda
to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilishini nazarda tutiladi. Lekin amaliyotda yirik
to‘ldiruvchi donalari bir-biriga yaqin joylashganda qum o‘tishi qiyinlashadi va
bo‘shliq hosil bo‘ladi.
Beton uchun to‘ldiruvchini tanlashda odatda uning beton qorishmasi
xususiyatlariga va betonga umumiy ta’sirini inobatga olishga to‘g‘ri keladi.
Betonda shag‘al yoki chaqiq toshni maksimal imkoniyat
darajasidagi yiriklikda
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, bu holda to‘ldiruvchi eng kam solishtirma
yuzaga ega bo‘lgani uchun konstruksiyani betonlash shartlari bajariladi. Talab
darajasidagi
beton
qorishmasini
quyish
va
zichlashtirish
maqsadida
konstruksiyaning minimal o‘lchamlaridan shag‘al yoki chaqiq tosh ¼ barobardan
yirik bo‘lishi mumkin emas va bu o‘z navbatida temir
-beton konstruksiyasida
armatura sterjenlari orasidagi minimal o‘lchamlardan kichikroq bo‘lishi talab
etiladi. Plitalar, pollar va yopmalarni betonlashda shag‘al yoki chaqiq toshning
maksimal yirikligi plita qalinligiga nisbatan ½ nisbatida bo‘lishi kerak.
Yirik to‘ldiruvchining bo‘shligini
kamaytirish maqsadida, agarda chegaraviy
mumkin bo‘lgan yiriklik imkoniyati mavjud hollarda bir necha fraksiyalardan
iborat qorishmalardan foydalaniladi va bo‘shliqlikning minimal darajada bo‘lishi
uchun ular orasidagi o‘zaro ma’qul nisbat tanlanadi.
Beton uchun yirik donali qumdan foydalanish yaxshi natija beradi. Biroq,
qum tarkibida yirik zarralarning uchrashi bo‘shliqlikni oshishiga sabab bo‘lishi
mumkin (40 % gacha) va bu bo‘shliqlarni sement hamiri bilan to‘ldirishga to‘g‘ri
keladi. Buning natijasida sement sarfi va betonning tannarxi ko‘payib ketadi.
SHuning uchun eng yaxshi natijalarni tarkibida o‘zaro optimal nisbatdagi yirik,
o‘rtacha va mayda zarralari bo‘lgan qum beradi
va bunday nisbatdagi qum
minimal bo‘shliqni ta’minlaydi. Sifati yuqori bo‘lgan qumda bo‘shlilik 38% dan
oshmasligi kerak. Optimal donadorlik tarkibda bu ko‘rsatkich 30 % gacha
kamayadi.
37
Agar beton yoki qorishmada qum donalari orasidagi bo‘shliqlarni faqat
sement hamiri bilan to‘ldirilsa, kam harakatlanuvchan, quyilishi og‘ir
kechadigan
bikir qorishma yuzaga keladi.
Qum donalarini bir biridan ajratish va ularni sement qobig‘i bilan o‘rab olish
zarur va bu qobiq qorishma yoqi beton qorishmasining harakatchanligini
ta’minlaydi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa donalar solishtirma yuzasi kamayib, qobiq
hosil qilish uchun ketadigan sement sarfi iqtisod qilinadi. Biroq, yuqorida
ta’kidlanganidek faqat yirik donalardan iborat bo‘lgan qum katta miqdordagi
bo‘shliqlarga ega bo‘lib uni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Beton tayyorlash uchun tarkibida mayda va o‘rtacha
yiriklikdagi zarralari
bo‘lgan yirik qum tanlanishi tavsiya etiladi. Bunday aralash holdagi donalarda
bo‘shliqlar kamayib, donalar yuzasi katta bo‘lmaydi. Bunday ijobiy qum tarkibi
O‘zRST tavsiyasiga mos tushadi.
Notekis yuzaga ega bo‘lgan qumdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib,
bunday qum sement toshi bilan yaxshi bog‘lanadi va betonning mustahkamligini
oshishiga olib keladi. Qumni yuvish jarayoni murakkab va qimmat bo‘lganligi
sababli olinayotgan qum imkon darajasida toza bo‘lishi tavsiya etiladi.
Odatda
daryo qumi afzal deb bilinadi.
Qumning zichligi uning xaqiqiy zichligiga, bo‘shliqligiga va namligiga
bog‘liq bo‘lib, quruq va sochiluvchan holatda aniqlanadi. Suvga to‘yingan holda
muzlash ehtimoli bo‘lgan konstruksiyalardagi betonlar yoki M200 va undan ortiq
markadagi betonlar uchun tayinlangan qum 1550 kg/m
3
zichlikka ega bo‘lishi
kerak. Boshqa hollarda - 1400 kg/m
3
dan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Siltash
jarayonida qum zichlashib uning zichligi 1600-1700 kg/m
3
ga etishi mumkin. Eng
katta hajmni 5-7 % namlanganlik
holatidagi qum egallaydi; namlikning ortishi
yoki kamayishi bilan qumning hajmi kamayadi (rasm-6.3). Bu xususiyatni qumni
qabul qilish va miqdorlash jarayonida (hajm bo‘yicha), shuningdek beton
tayyorlashda inobatga olish kerak.
Beton uchun to‘ldiruvchilarni to‘g‘ri tanlash, ularni me’yorida qo‘llash –
beton texnologiyasida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Beton uchun
38
mo‘ljallangan to‘ldiruvchilarga beton tarkibiga ta’sir etuvchi xususiyatlardan kelib
chiqib tegishli talablar qo‘yiladi. Betonning xususiyatiga to‘ldiruvchining:
donadorlik tarkibi;
mustahkamligi va sovuqqa chidamliligi;
tozaligi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: