7 - j a d v a 1 O'zbekistonda jamoa xo'jaliklariniBg o'rtacha yer maydonlari (2000 y), mln ga
Viloyatlar
|
Umumiy
|
Qishloq xo'jalik
|
Haydalma
|
|
maydoni
|
yerlari
|
yerlar
|
Qoraqolpog'iston Respublikasi
|
18590,9
|
11977,9
|
2857,4
|
Andijon
|
1844,2
|
1222,3
|
1293,6
|
Buxoro
|
19060,0
|
14341,4
|
1361,5
|
Jizzax
|
7843,0
|
6387,5
|
1615,2
|
Navoiy
|
89233,2
|
83917,5
|
1240,0
|
Namangan
|
4345,8
|
2548,9
|
1743,1
|
Samarqand
|
4727,2
|
3833,6
|
1123,0
|
Sirdaryo
|
3333,4
|
2537,6
|
2522,9
|
Surxandaryo
|
10073,4
|
7125,7
|
2051,4
|
Toshkent
|
3232,2
|
2215,9
|
1417,5
|
Farg'ona
|
3217,3
|
1696,4
|
1893,9
|
Xorazm
|
3202,2
|
2061,4
|
1575,5
|
Qashqadaryo
|
11202,2
|
9338,7
|
2197,4
|
Qishloq xo'jaligi ilmiy-tekshirish muassasalari va o'quv yurtlari o'z egaliklari va foydalanishlarida eksperimental o'quv va boshqa maqsadlar uchun yerlarga ega. Harakatdagi yer qonunchiligi bo'yicha yer egaliklarining butunligi yer islohotida saqlanadi.
Yordamchi qishloq xo'jalik yerlari sanoat va boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yonida tashkil etiladi. Ular qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, ishchi va xizmatchilarni oziq-ovqat bilan ta'minlashni yaxshilash uchun mo'ljallanadi. Bunday korxo-nalarni tashkil etish usullari har xil; aholisi kam mintaqalarda o'zlashtirish uchun yaroqliroq yer massivlari tanlanadi, aholi zich joylashgan mintaqalarda esa ular foydalanilmaydigan yerlari bor xo'-jaliklar hududida hamda zahira va o'rmon fondi yerlarida joylashtiriladi.
Jamoa bog'dorchiligi va polizchiligi qishloq xo'jaligi yer egaligi va yerdan foydalanishining birlamchi yoki ikkilamchi shakllari ko'ri-nishida bo'ladi. Yer bog'dorchilik uchun ishchi va xizmatchilarga meros qilib qoidiriladigan umrbod egalik. qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga beriladi.
Jamoa bog'dorcMigi va polizchiligini tashkil etish uchun foqarolar bog'dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlariga birlashadilar. Bog'dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatining har bir a'zosiga 0,06 gektargacha va polizchilik shirkatining har bir a'zosiga 0,08 gektargacha o'lchamda yer uchastkalari beriladi, yo'ilarni, sug'orish tapmoqlarini joylashtirish, umumiy foydalanish mintaqalari uchun zarur yer maydonlari ajratiladi.
Shaxsiy yerdan foydalanish O'zbekistonda qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish tugatilishigacha asosiy o'rinni egallab turdi. Keyinchalik u tomorqa yerlari va xizmat chek yerlari bilan cheklanib qoldi. Qishloqlarda mustaqil dehqon xo'jaliklari umuman qolmadi.
Tomorqa yer oldin korxonalarning yerlari bo'lib, ular kolxoz-chilarga, ishchi va xizmatchilarga, nogironlarga, pensioneriarga shaxsiy yordamchi xo'jalik uchun ikkilamchi foydalanishga berilgan edi. Hozir ular qishloqlar ma'muriyati ixtiyoriga berilgan. Res-publikamiz mustaqillikka erishganidan keyin tomorqa yerlarining umumiy maydoni keskin kengaytirildi, ular meros qilib qoidiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan beriladi.
Transport va o'rmon xo'jaligi ishchilarining ayrim toifalariga kar-toshka, sabzavot va boshqa mahsulotlarni yetishtirish uchun xizmat chek yerlari ajratiladi.
50
Tomorqa yerlarining ishchilar, xizmatchHar va boshqa fuqarolar xizmat chek yerlari biian birgalikdagi umumiy maydoni 2000 yil 642,9 ming ga ga teng bo'ldi. Shu jumladan sug'oriladigan yerlar 481,9 ga. Shaxsiy yerdan foydalanuvcMlar kichik yerlarga ega bo'lishiga qaramasdan hamma vaqt oziq-ovqat jamg'armasiga ko'p miqdorda kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari, meva, sut, go'sht yetkazib berib turdi. Shuning uchun ham shaxsiy tomorqa xo'jaliklari maydoni res-publikamiz mustaqillikka erishganidan keyin kengaytirildi.
O'zbekistonda keng hududlarda va har xil tabiiy-iqtisodiy sha-
roitlarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi yer egaliklari va yerdan
foydalanuvchilarning har xil shakllariga, ularning oqilona
tarkibiga muhtoj. :,,;
Do'stlaringiz bilan baham: |