Ilk Temir davrida O’rta Osiyo Xalqlarining ijtimoiy – iqtisodiy madaniy hayoti
Reja:
Temir davrining boshlanishi
O’zbekiston xududidagi so’nggi bronza ilk temir davri yodgorliklari.
Yevropa va Sibirdagi ilk temir davri yodgorliklari.
Temirning kashf etilishi o’sha zamonning moddiy madaniyatini o’zgartiribgina qolmay, balki o’sha davr va keyingi davrlardagi barcha sotsial-iqtisodiy o’zgarishlarning asosi bo’ldi.
Umuman, odamlar sof temir bilan eneolit davridayoq tanish bo’lganlar, lekin uning amaliy axamiyatini bilmaganlar. Tabiatda sof temir, faqat meteoritlarda uchraydi. Osmondan tushgan buyum esa, ibtidoiy odamlar uchun muqaddas buyum sanalgan. Temirdan ishlangan taqinchoqlar, munchoqlar qadimgi SHarqda iste’qomat qilgan qabilalarning qabrlaridan topilgan. Temir to mil.av. 1 ming yillikgacha aholi uchun noyob zeb-ziynat bo’lib kelgan. Mil.av. XIV asrlarga oid Misr, Mesopotomiya va Egey dengizi atrofida temirdan ishlangan buyumlar xozirgacha saqlanib qolgan. Bunday buyumlar Italiyada mil.avv. XII asrda, Germaniya, Skandinaviya va Rossiya xududlarida X asrlarda paydo bo’lgan.
Temirning ommaviy ravishda qo’llanilishi esa, mil.av. IX asrga to’g’ri keladi. O’rta Osiyo va Rossiya xududida ilk temir buyumlari mil.av. VIII asrlarga oiddir.
Temir tabiatda ruda xolida juda ko’p uchraydi, deyarli ibtidoiy qabilalar yashagan barcha xududlarda mavjud bo’lgan. Lekin qalay va mis ayrim xududlardagina mavjud bo’lib, bu qabilalarga o’zlariga yetarli xom-ashyo olishda qiyinchiliklarni tug’dirgan.
Bronzaga ishlov berish, temirga ishlov berishdan ko’ra, ibtidoiy odam uchun oson edi, chunki bronza 700-800 Sda, mis 1084S da erigan, temir esa 1530Sda erigan. SHu sabab dastlab temirni eritmasdan ishlov berganlar va u sarg’ish va bo’sh metall shaklida bo’lgan. Ibtidoiy davrda rudadan temirni ajratib olish jarayonining kashf etilishi esa, eng buyuk kashfiyot bo’lgan. Bu kashfiyot asosida esa, temir rudasiga dam berish bilan (900S da rudaga dam berilgan va uglerod oksidi temir oksidini tiklagan.) u quyuq xolda ajratib olingan. (Dam berish usulidan ba’zi joylarda bronza davridayoq foydalanila boshlangan.)
R udadan bevosita temir ajratiladigan bosqonli qo’ra toshdan yasalgan va loy bilan suvalgan qozonsimon o’choq bo’lgan. O’choq ba’zan guvala va loydan yasalgan. Dam berish uchun uning ikki tomonida kichikroq teshik ochilgan. Bu teshiklarga naycha o’rnatilgan, naychalarga esa teri damlar biriktirilgan dastani bosib dam berilgan. Ko’raga temir va ruda taxlangan. Unga faqat pista ko’mir yoqilgan va ko’pincha botqoq rudasi ishlatilgan. Tiklangan temir zarralari pishib, sof temir bo’laklari xosil bo’lgan. Rudadagi boshqa aralashmalar toshqolga chiqqan. Temir bo’laklari bolta bilan urilib jipslashtirilgan va kerakli shakl berilgan. Bolta bronza davrida toshdan yasalgan bo’lsa, temir davriga kelib u temirdan ishlangan.
Rudadan bevosita temir olish usulida sof temirning yarmidan ko’pi toshqolga chiqib ketgan. Bu protsess kam maxsul bo’lganligi sababli odamlar o’rta asr oxirlarida rudadan bevosita temir olish usulidan cho’yandan temir olish usuliga o’tganlar.
Temirchilar o’zlarining ishlash uslublarini odamlardan sir tutganlar va ustaxonalarini axoli yashaydigan joylardan uzoqroqda qurib, unga hech kimni kiritishmagan. SHu sabab odamlar orasida temirchilar xaqida turli xil tuchunchalar paydo bo’lgan. Ularning ko’plari iloxiylashtirilgan va xar bir xalqda o’zining temirchi xudolari shakllangan. Masalan, greklarda Gefest, rimda Vulkan, nemislarda Viland, ruslarda Svarog, o’rta osiyoliklarda Dovud xisoblanib, odamlar ularning sharafiga turli marosimlar o’tkazgan va sig’inishgan.
Temir qurollarga o’tish ko’pchilik mamlakatlarda uzil-kesil dehqonchilikka o’tish uchun zarur sharoit yaratib bergan. Yevropada o’rmonzorlarda ekin maydoni tashkil etish imkoniyatini kengaytirgan. SHuningdek, yerlarni xaydash sifatini xam oshirgan. Unda so’qa va omochdan keng foydalanilgan. So’qa yordamida yerlar chuqur va sifatli haydalgan. Omoch yordamida esa, egatlar xosil qilingan va toshloq, qattiq yerlarga ishlov berish oson bo’lgan. Temir so’qa tishlar mil.av. VIII asrlarga oid Osur podsholari saroyidan topilgan. Boshqa joylarda esa, ilk temir davrida yog’ochdan yasalgan omoch va so’qalarga temir tish kiydirilgan.
Ilk temir davrida ko’pgina yangi mehnat qurollari yaratilgan. Egovning paydo bo’lishi temirni qizitilgan holda ishlash bilan birga dastlab u sovuq holda ishlangan deyishga imkon beradi. Eng qadimgi greklar, rimliklar, galliyaliklarning egovlari ham xuddi hozirgidek maqsadlarga ishlatilgan va uning kesiklari bir qator bo’lgan. Egov skanja bilan birgalikda ishlatilgan. Har xil nozik temir buyumlar, birinchi navbatda qulf va kalitlar egovlab yasalgan. Ilgarigi davrlarda kulf va kalitlar qadimgi SHarqda bo’lib, u yogochdan ishlangan.
Ilk temir davrida temir o’roq randalar chaqmoqtosh o’roq randalarni siqib chiqargan. Temir o’roq randa yoysimon o’tkir yupqa temirdan iborat bo’lib, ikki uchiga dasta o’rnatilgan. U g’o’la po’stini shilish va yog’och randalash uchun ishlatilgan.
Harbiy qurol aslahalarning asosiy turlari: qilich, xanjar, nayza, cho’qmor, jang boltalari bronza davridayoq ishlatilgan bo’lsada, temir davriga kelib, uning faqat metalli o’zgargan. Bu davrda yoy o’qlarini yasashda temir kam ishlatilgan, asosan bronzadan ishlangan.
O ddiy temir harbiy va mehnat qurollari uchun yumshoqlik qilgan. Grek tarixshunosi Polibiy mil.av. III asrda galliyalik jangchilar qilich bilan bir urgandan keyin uni oyog’i bilan to’g’rilab olishga majbur bo’lganligini yozib qoldirgan.
Biroq ko’pchilik davlatlarda ilk temir davridayoq po’lat ishlatila boshlangan. Temirni o’choqda bir necha marta qizitib po’lat xosil qilingan va uni bir necha marta sovuq suvga solib toblantirilgan.
Temirdan foydalanish natijasida jamiyatning sotsial hayotida xam o’zgarishlarga olib keldi. Ikkinchi yirik mehnat taqsimoti sodir bo’ldi. Hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Bu o’z navbatida mexnat unumdorligining oshirishiga, tovar ayirboshlashning jonlanishiga, xususiy mulkning va sinfiy jamiyatning rivojlanishiga, davlat mustaxkamlanishiga sabab bo’ldi.
Temir davri boshlarida Osiyo va Yevropaning hamma joylarida istehkomlar qurilgan, shaxarlar rivojlangan.
Temir davri xronologik jihatdan 2 bosqichga bo’linadi: 1–bosqich– bronza asridan temir davriga o’tish mil.avv. X–VIII asrlar, 2–bosqich - ilk temir davri mil.avv. VII–VI asrlarni o’z ichiga oladi.
Qadimgi SHarq tsivilizatsiyasi bilan o’zaro aloqalar natijasida bronza davridan boshlab O’zbekistonning janubiy xududlarida, ya’ni qadimgi Baqtriya xududida o’troq dehqonchilik madaniyatlari shakllandi. So’nggi bronza va ilk temir davriga kelib, bu jarayon O’zbekistonning barcha xududlarini qamradi. Zarafshon va Qashqadaryo xududida Sug’diyona, Amudaryoning quyi oqimida Xorazm, Sirdaryoning yuqori havzasida qadimgi Farg’ona va uning o’rta oqimida CHoch dehqonchilik madaniyatlari markazlari shakllandi.
Амударё ва Зарафшон дарёлари ҳавзаларида таркиб топган ҳар бир деҳқончилик вохаларининг ўтроқ аҳолиси Авестода Бахди, Гава Сўғда, Хваризам, Сирдарё хавзаларида шаклланган деҳқончилик ўлкаларини эса, Чоч ва Фраганик номлари билан эслатиб ўтилади
Qadimgi Baqtiriyada o’troq dehqonchilik madaniyati bronza davridanoq shakllana boshlagan. Bu madaniyat Sopollitepa, Jarqo’ton, Kuchuktepa, Qiziltepa, Bandixon–1, Tallashkan, Jondavlattepa kabi qadimgi dehqonchilik madaniyati yodgorliklari asosida o’rganilgan.
Q
Do'stlaringiz bilan baham: |